QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.8K photos
2.58K videos
7 files
8.74K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI “TUTTO FOOD” XALQARO KO‘RGAZMASIDA

🔰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari hamda mahalliy tadbirkorlardan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan “TUTTO FOOD” Xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Bu yilgi ko‘rgazmada ham dunyoning 100 ga yaqin davlatidan oziq-ovqat tarmog‘ida faoliyat yurituvchi 2 500 dan ziyod kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi. Shuningdek, davlatimizdagi 21 ta korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 34 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, sharbatlar, sut, qandolat mahsulotlari, tabiiy hamda sublimatsion usulda quritilgan mahsulotlar, dorivor choylar va boshqalar ham ko‘rgazma peshtaxtalaridan o‘rin oldi.

Ko‘rgazma doirasida mamlakatimiz vakillari quyidagi natijalarga erishishdi:

“TUTTO FOOD”
xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida xorijiy yirik tijorat kompaniyalari bilan 2023-2026-yillar davomida 42 million dollarlik eksport kelishuvlari imzolandi;
🟢“SISAI SRL” (Italiya) kompaniyasi prezidenti Flavio Ramella bilan respublikamizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini xorijiy yirik bozorlarga eksport qilish bo‘yicha kelishildi;
🟢“Brevis SRLS” (Italiya) kompaniyasining tijorat masalalari bo‘yicha direktori Davide Vismara bilan Italiya va Kuba davlatlariga O‘zbekistondan qayta ishlangan meva-sabzavotlar, dukkakli, sut-go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi;
🟢“International Italia SRL” (Italiya) kompaniyasining biznes aloqalar menejeri Alessandro Simon bilan O‘rta sharq va Osiyo davlatlariga  eksport qilish bo‘yicha (10 mln AQSh dollar) kelishuvga erishildi.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #xalqaro_oziq_ovqat_korgazmasi #eksport #memorandum #quritilgan_meva #dukkakli_mahsulotlar #meva_sabzavotlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM