QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.3K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
SOHA STATISTIKASINI YURITISHDA XORIJIY TAJRIBA MUHOKAMA QILINDI

👥Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Statistika agentligi axborot tizimlarini integratsiyasini kengaytirish, yangi turdagi ma’lumotlarning almashinuvini yo‘lga qo‘yish, «Agrar va oziq-ovqat sohasidagi vaziyatni baholash» elektron platformasini yaratishda statistik ma’lumotlardan foydalanish masalari va bu borada olib borilgan ishlarning holati ko‘rib chiqildi va kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqining ASK Facility loyihasining ko‘magida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Statistika agentligi mas’ullaridan iborat guruhning Polsha Respublikasiga tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tajribasi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari balansining yuritilishi, qishloq xo‘jaligi bozorining integrasiyalashgan axborot tizimi (IAMIS – Integrated Agricultural Market Information System) to‘g‘risidagi taqdimot va ma’lumotlar muhokama qilindi.

#raqamlashtirish #elektron_platforma #oziq_ovqat #IAMIS

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM