QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.3K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRINING RIM UCHRASHUVLARI

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Rim shahrida o‘tayotgan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning 43-konferensiyasi doirasida bir qator mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
🇺🇿🤝🇨🇳
Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vaziri Tan Jenszyan bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligiga oid hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikka ham to‘xtab o‘tildi. Aziz Voitov ikki vazirlik shafeligida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun qishloq xo‘jaligi kurslarini muntazam tashkil etishni taklif etdi.
🇺🇿🤝🇦🇿
Aziz Voitovning navbatdagi uchrashuvi Ozarbayjon Qishloq xo‘jaligi vaziri Majnun Mamedov bilan bo‘ldi. Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ikki tomonlama aloqalarning bugungi holatiga baho berildi, hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Agrosug‘urta va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish borasida Ozarbayjon tajribasini o‘rganish, paxtachilikda o‘zbek seleksiyasiga mansub g‘o‘za navlarini Ozarbayjonda ommalashtirish, shuningdek ipakchilik va veterinariya sohalarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasida fikr almashildi.
🇺🇿🤝🇪🇪
Estoniya Qishloq xo‘jaligi vaziri Madis Kallas bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi. Ushbu hamkorlikning bosh yo‘nalishi sifatida agrota’lim sohasidagi hamkorlik tilga olindi. Jumladan, ikki mamlakat agrar universitetlari o‘rtasida o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksporti istiqbollari muhokama etildi, jumladan Boltiqbo‘yi mamlakatiga barra qovun, ko‘kat, shuningdek turshak va mayiz yetkazib berish imkoniyatlari yuqori baholandi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #delegatsiya #konferensiya #oziq_ovqat #Ozbekiston #Xitoy #Ozarbayjon #Estoniya #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM