QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ipak_qurti #ipakchilik #7_xazina

IPAK QURTI – HIMMATLI JONZOT

🐛Tabiatning 7-xazinasi
bilan tanishtiruvchi ajoyib filmlarimizning namoyishida davom etamiz. Avvalgi filmimizda moʻjizalardan biri — asalari haqida hikoya qilgan bo‘lsak, bu gal ipak qurti va ipakchilikka oid betakror namoyishni sizga ilindik.

🪡Bu olam bir-birini takrorlamas neʼmatlarga boy. Tut barglari orasida ohista g‘imirlayotgan ipak qurtining harakatlarini hech diqqat bilan kuzatganmisiz?
Qanchalik betakror!..

☁️U to‘qigan oppoq va mo‘jaz ipakni qo‘limizga olganimizda yanada hayratlanamiz. Shu mitti jonzotning odamlarga rizq va quvonch, ayollarga go‘zallik hamda nafosat baxsh etayotgani aslida tabiat mo‘jizasidir.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ipak_qurti #ipakchilik #7_xazina

IPAK QURTI – HIMMATLI JONZOT

🐛Tabiatning 7-xazinasi
bilan tanishtiruvchi ajoyib filmlarimizning namoyishida davom etamiz. Avvalgi filmimizda moʻjizalardan biri — asalari haqida hikoya qilgan bo‘lsak, bu gal ipak qurti va ipakchilikka oid betakror namoyishni sizga ilindik.

🪡Bu olam bir-birini takrorlamas neʼmatlarga boy. Tut barglari orasida ohista g‘imirlayotgan ipak qurtining harakatlarini hech diqqat bilan kuzatganmisiz?
Qanchalik betakror!..

☁️U to‘qigan oppoq va mo‘jaz ipakni qo‘limizga olganimizda yanada hayratlanamiz. Shu mitti jonzotning odamlarga rizq va quvonch, ayollarga go‘zallik hamda nafosat baxsh etayotgani aslida tabiat mo‘jizasidir.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PILLACHILIK: KICHIK QURTDAN BETAKROR PILLAGACHA

🐛Pillachilik yurtimiz qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan sanalishi bilan birga, ipak ishlab chiqarish ota-bobolarimizning boy madaniy merosi hamdir. Shu bois, mazkur qadriyatni davom ettirish bugungi davrning muhim masalalaridan sanaladi.

Qisqagina 25 kunlik umri davomida 4 xil ko‘rinishga ega bo‘ladigan jonivor bor – avval tuxum, keyin qurt, g‘umbak va kapalak. Bu – umrida faqat tut bargi yeb, betakror ipak to‘qiydigan ipak qurti. Umuman olganda, ipak qurtlarini parvarish qilishda har bir bosqich uchun talab etiladigan agrotexnika qoidalariga to‘liq rioya etish talab etiladi.

Ipak qurtlari o‘zining 23-25 kundan iborat qurtlik davridan pilla o‘ragunga qadar 4 marotaba po‘st tashlab, 5 yoshdan iborat davrni bosib o‘tadi. Shundan 1,2,3 yoshini ipak qurtining kichik yoshlari, 4-5 yoshini esa katta yoshlari deb ataladi.

#qishloq_xojaligi #Pillachilik #ipak_qurti #pilla

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — www.uza.uz saytida “Pillachilik: islohotlar o‘z samarasini bermoqda” sarlavhasi ostida maqola chop etildi. Unda Navoiy viloyati Karmana tumanida ipak qurti boqish bilan 27 yildan beri shug‘ullanib keladigan pillakorlar oilasi haqida so‘z yuritilgan.

Shuningdek maqolada mamlakatimizda ipakchilik sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga alohida e'tibor qaratilayotgani ham ko‘rsatib o‘tilgan.

#repost #UzA #pillachilik #ipakchilik #ipak_qurti

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"KUMUSH TOLA" MIRISHKORLARI PILLA XIRMONINI KO‘TARMOQDALAR

🐛Ayni paytda pillakorlarimiz hayotida ma‘suliyatli va shu bilan birga zafarli kunlar davom etmoqda. Ipak qurtlarini parvarishlayotgan kumush tola ijodkorlari “g‘alvir”ni suvdan ko‘tarmoqdalar.

Bahorning so‘nggi oyi va yozning ilk oyini g‘animat bilgan pillakorlar o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlash, pilla qurtlarini risoladagidek boqib, “kumush tola” olishga ahd qilishgan. Joriy yilning 14-iyun kuniga qadar respublikamizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlaridagi pillakorlar shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajarib, ko‘zlangan natijaga erishdilar.

Bu yil respublika bo‘yicha 443 560 quti pilla boqildi. Shundan 25 726 tonna pilla hosili olinishi kutilmoqda. Mavsum boshidan to shu kungacha respublika bo‘yicha 25 060 tonna hosil yetishtirildi. Mavsum davom etmoqda. Pillakorlarni esa hali yangi g‘alabalar kutmoqda.

#Pillachilik #statistika #kumush_tola #ipak_qurti

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM