QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#agroforum #uzbekistаn

TOSHKENTDA TDTGA AʼZO DAVLATLAR VAZIRLARI YIG‘ILISHI DAVOM ETMOQDA.

🔸Yig‘ilish doirasida TDT bosh kotibi Bag‘dod Amreyev, TDTga aʼzo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari Inam Karimov (Ozarbayjon), Yerbol Karashukeyev (Qozog‘iston), Askarbek Janibekov (Qirg‘iziston), Vaxit Kirishchi (Turkiya) so‘zga chiqishdi. Tadbirga mezbon mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev moderatorlik qilmoqda.

“Qishloq xo‘jaligi va agrosanoat TDTga a‘zo davlatlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy aktivi hisoblanadi. TDT platformasidan foydalanish a‘zo davlatlar o‘rtasida samarali muvofiqlashtirish, tajriba va ilg‘or amaliyotlarni almashish, investitsiyalarni ko‘paytirish yo‘llarini topish imkonini beradi”, - deya taʼkidlab o‘tdi Jamshid Xodjayev.

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#agroforum #uzbekistаn #отг

🔸Bugun Toshkentda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida tarixiy tadbir - Agroforum boʻlib oʻtmoqda. Forumda strategik iqtisodiy dasturlar qabul qilindi. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning muhim va ustuvor tarmogʻidir. Biz ishbilarmonlarga qo‘shma korxonalar tashkil etishda yordam beramiz va ularni qoʻllab-quvvatlaymiz, bunday kompaniyalarning ustav kapitalini shakllantirishda faol ishtirok etamiz”, — dedi Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi BAG‘DOD AMREYEV.
-----------
🔹«Сегодня в Ташкенте в рамках Организации Тюркских Государств проходит историческое мероприятие – Агрофорум. На форуме приняты стратегические экономические программы. Сельское хозяйство – важная и приоритетная сфера экономики. Мы будем поддерживать и помогать нашим бизнесменам создавать совместные предприятия и принимать активное участие в формировании Уставного капитала таких компаний», отметил Генеральный секретарь Организации Тюркских Государств БАГДАД АМРЕЕВ.

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#agroforum #uzbekistan

🔸BAHODIR OLIMQULOV, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi bosh mutaxassisi:
“ Biz bu yerda o‘zimizga kerakli bo‘lgan maʼlumotlarga ega bo‘ldik. Muayyan mahsulotlarni qaysi davlatlarga eksport qilish talablari mutaxassislar tomonidan ochiq-oydin aytilyapti. O‘ylaymanki, bu forumdan tadbirkorlar va agrar soha xodimlari o‘zlariga katta manfaat oladi. Kelgusida ushbu forumda ko‘tarilgan masalalar va yechimlar o‘z samarasini beradi".
--------
🔹БАХОДИР ОЛИМКУЛОВ, главный специалист Центра по сортоиспытанию сельскохозяйственных культур при Минсельхозе:
"На форуме мы получили всю необходимую информацию. Специалисты открыто рассказали здесь какая продукция импортируется и экспортируется, и в какие страны. Я думаю, что предприниматели и работники агропромышленного комплекса получили большую пользу от этой встречи. В будущем вопросы и решения, поднятые здесь, принесут свои плоды".

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#agroforum #uzbekistan

🔸 "Bugungi agroforum qishloq xo‘jaligi sohasi, uning joriy holati va kelajagiga bag‘ishlanadi.
Bu masala hozirda dolzarb ahamiyatga ega, chunki bizda iqlim o‘zgarishi, aholi sonining oshishi kabi masalalar mavjud.
Agroforumda oziq-ovqat mahsulotlari va ularni yetishtirish, mana shunday murakkab vaziyatda dunyo mamlakatlarini, jumladan, o‘z davlatlarimizni oziq-ovqat bilan ta’minlash haqida fikr yuritildi" - dedi Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi DYULA KOVACH.
__

🔹 «Сегодняшний агрофорум посвящен агропромышленному комплексу, его нынешнему состоянию и будущему.
Этот вопрос сейчас очень важен, потому что у нас есть такие проблемы, как изменение климата и рост населения.
На агрофоруме обсуждались продукты питания и их выращивание, а также поднимали вопросы обеспечения продовольствием страны мира, в частности, страны ОТГ, в столь сложной ситуации», — сказал Чрезвычайный и Полномочный Посол Венгрии в Узбекистане ДЮЛА КОВАЧ.

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#agroforum #uzbekistan

🔸 “Bugungi tadbirda nafaqat TDT vazirlari, balki bank sektori va biznes vakillari ham ishtirok etmoqda, ular B2B uchrashuvlar o‘tkazishdi. Bugungi forum, eng avvalo, har bir davlat xavfsizligini ta’minlashga jiddiy hissa qo‘shib, davlatlarimiz, ham tarmoq vazirliklari, ham tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘taradi, deb hisoblayman",dedi Qirg‘iziston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vaziri ASQARBEK JANIBEKOV.
_________________________

🔹 «В сегодняшнем мероприятии участвуют не только министры ОТГ, но и представители банковского сектора и бизнеса, которые провели встречи В2В. Я считаю, что сегодняшний форум внесет серьезную лепту, в первую очередь, в безопасность каждого государства ОТГ и выйдет на более высокий уровень сотрудничества наших государств, как отраслевых министерств, так и бизнеса», подчеркнул Министр сельского хозяйства и мелиорации Республики Кыргызстан АСКАРБЕК ЖАНЫБЕКОВ.

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#agriculture #agroforum #uzbekistan #ministry

🔸Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan TDTga aʼzo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining birinchi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, TDTning agrar sohadagi asosiy yo‘nalishlari, xususan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, bilim va tajriba almashinuvi, eng yaxshi amaliyotlarni qo‘llash va ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha ekspertlik ishchi guruhlarini tuzish to‘g‘risidagi rasmiy Bayonnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
#agriculture #agroforum #uzbekistan #ministry

🔹Сегодня по итогам Первого совещания министров сельского хозяйства стран-участников ОТГ, организованного Минсельхозом РУ в Ташкенте, состоялось подписание Коммюнике о создании рабочих экспертных подгрупп по основным направлениям сотрудничества ОТГ в аграрной сфере, включая внедрение современных технологий и инновационных решений, рациональное использование земельно-водных ресурсов, а также обмен опытом и знаниями, применение лучших практик и проведение научных исследований.

👉Подробнее

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
#agroforum

🔰 Avval xabar berganimizdek, joriy yil 4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida Turkiy agroforum bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar tadbirkorlari uchrashuvlar o‘tkazib, dastlabki kelishuvlarga erishdilar.

Ushbu agroforum doirasida Ozarbayjon biznesi vakillari qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash va subsidiyalashda raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida o‘zbekistonlik hamkasblari bilan hamkorlik qilish masalasini kelishishgan edi. 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Ozarbayjon Respublikasining Agrar sug‘urta fondi boshqaruv raisi Fuad Sadigov tashrif buyurib, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Shuhrat Mirzayev va Qahramon Yuldashevlar bilan uchrashdi.

🤝 Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, kelgusida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib olindi.

👉Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
#daydjest #agroinfo

YANGILIKLAR DAYDJESTI / 01-18 IYUL 2022

🌐Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Qishloq xo‘jaligi vazirlarining chiqishi bo‘lib o‘tdi.

💠Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) aʼzo mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirliklari ekspertlaridan iborat ishchi guruhning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🌾Gʻalladan bo‘shagan maydonlarga 4 toifadagi xo‘jaliklar tomonidan takroriy ekinlar ekilmoqda

📈Loyihalarni amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari mablag‘larining o‘rni

🌐IHTga aʼzo davlatlar qishloq xoʻjaligi vazirlarining vii yigʻilishida muhim tashabbuslar muhokamasi

🍉 Tilni yorar qovun va koni foyda tarvuz dasturxonlarda

🥔Kartoshkaning Vengriyadan keltirilgan besh navi O‘zbekiston davlat reestriga kiritilgan

🌱G‘o‘za parvarishida “hosilga hosil qo‘shish” oylarida nimalarga e‘tibor berish kerakligini bilasizmi?

🇰🇿Qozog‘istonlik hamkorlar O‘zbekistondagi urug‘chilik tizimiga qiziqish bildirishdi

💧Suvni tejashda ko‘makchi lazerli yer tekislagichlar

🖥Internship.agro.uz - talabalar va ish beruvchilarni bog‘lovchi qulay platforma

🌿Kalinaning odatda uzunligi necha metrgacha bo‘ladi?

💠O‘zbekistonda tuproq unumdorligini asrashga qaratilgan yangi tizimlar ishga tushmoqda

🌐Agrosanoatni raqamlashtirish markazi va koreya kompaniyasi geоxborot tizimlari bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilishdi

👨‍🎓TDAU talabalari Latviyada tahsil olishlari va Yevropa ittifoqida tan olingan diplomga ega bo‘lishlari mumkin

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘lida innovatsion guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

🌱Paxtachilik klasterlari: tannarxning pasayishi va ko‘proq foyda olish imkoniyati

☀️Havo harorati keskin ko‘tarilganda, qishloq xo‘jaligida nimalarga eʼtibor berish kerak?

🏢2022-yilning 14-iyulida Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi Litva tibbiyot fanlari universitetiga tashrif buyurdi.

🍅 Buxoro viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos pomidor navlarini yetishtirish bo‘yicha tadqiqot olib borilmoqda

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TDT #Samarqand #Biznes_forum #birifing #Agroforum

Tadbirkorlar tomonidan "B2B" va "G2B" formatidagi muzokaralardan so‘ng brifing bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Qahramon Yuldashev so‘zga chiqdi.

U TDTning o‘ziga xosligi uning hamkorlik uchun ko‘p qirrali yo‘nalishlari mavjudligida ifodalanishini ta’kidladi. Xususan, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha aloqalarning jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani alohida ahamiyat kasb etadi.

Joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida ilk bor Turkiy Davlatlar Tashkiloti qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishi hamda uning doirasida Turkiy davlatlar Agroforumi o‘tkazildi. Qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishi doirasida sohani raqamlashtirish, urug‘chilik, organik qishloq xo‘jaligi, agrar ta’lim, chorvachilik, agrosanoatni moliyalashtirish va Sug‘urta fondini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

"Agroforum doirasida o‘tkazilgan “B2B” tarzidagi uchrashuvlar yakuni bilan 8 ta investitsiya bitimi va 49 ta savdo shartnomasi imzolandi", – deya ta’kidladi Qahramon Yuldashev.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM