QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QO‘SHMA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Hindistonning “IPL Biologicals Limited” kompaniyasi Xalqaro biznes boshlig'i Dipak Singal o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “O‘zbekiston Respublikasi hududida bioo‘g‘itlar va biopestitsidlarni ishlab chiqarish va tarqatish zavodini qurish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish”ni amalga oshirish hamda sohada qo‘shma hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Aziz Voitov hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu qo‘shma loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, suhbat davomida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtirilayotgan mahsulotlar uchun bioo‘g‘itlar va biopestitsidlarning afzal tomonlari, foydali xususiyatlari hamda ularni qo‘llashning atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha fikr almashildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #qishloq_xojaligi #bioogitlar #biopestitsidlar #Ozbekiston #Hindiston

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
📈2023-yil 1-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – “Times Higher Education” agentligi tomonidan “THE Impact Rankings” reytingi eʼlon qilingani haqida xabar berildi.

Xabarda qayd etilishicha, “THE Impact Rankings” reytingida Oʻzbekiston Respublikasining 47 ta oliy taʼlim muassasalari joy olgan. Jumladan, mazkur roʻyxatda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 601-800-oʻrin, Toshkent davlat agrar universiteti – 801- 1 000-oʻrin, Toshkent davlat yuridik universiteti – 801-1 000-oʻrinni egallagani haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#OTM #reyting #TDAU

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☀️Quyoshdan rang olib yetildi g‘alla

#kun_fotosi #galla
*****
☀️Поспело зерно цвета яркого солнца

#фото_дня #хлеб

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SOHA EKSPERTLARI OROLBO‘YIDA SHO‘RLANISHGA QARSHI TAVSIYALAR BERDILAR

💧Tavsiyalarga to‘g‘ri va to‘liq rioya etilsa, sho‘rlanishni yengish va Orolbo‘yida barqaror qishloq xo‘jaligini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi, demoqda mutaxassislar.

Avval aytib o‘tganimizdek, Toshkentda tashkil etilgan, sho‘rlangan tuproqlar masalalariga bag‘ishlangan yirik xalqaro tadbirlar yakunida ishtirokchilar Orolbo‘yida bo‘ldilar va tuproq sho‘rlanishiga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi bilan tanishdilar.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti
(FAO) va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan, qator hamkorlar ko‘magida tashkil etilgan tadbir ishtirokchilari – tuproqshunoslik bo‘yicha mahalliy va xorijiy ekspertlar dala ekskursiyasida bo‘ldilar, Orol dengizi basseynida o‘rmonlarni tiklash hududini ko‘rdilar, uzoq yillik qurg‘oqchilik va suv hamda yer unumdorligining keskin qisqarishi sababli yuzaga kelgan sho‘rlanish ko‘lamini baholadilar.

Dala ekskursiyasi qatnashchilari, shuningdek, SATREPS (Barqaror taraqqiyot maqsadlarida ilmiy va texnologik tadqiqotlar bo‘yicha sheriklik) dala uchastkasida sho‘rga chidamli o‘simliklar – galofitlar bilan tanishdilar.

#qishloq_xojaligi #shorlanishga_qarshi_kurashish #SATREPS #Orol_dengizi #tuproqshunoslik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI MUTASADDILARI ITALIYADA BO‘LDILAR

🇮🇹O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va sohadagi bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalar vakillari 22-26-mayda Italiyada bo‘ldi.

Tashrif doirasida mamlakatimiz delegatsiyasi Italiya qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan, xususan, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishlaridagi ishlarni o‘rgandilar. Shuningdek, Italiyada sug‘orish ishlari qanday yo‘lga qo‘yilgani, mamlakatdagi irrigatsiya tizimlari bilan yaqindan tanishdilar.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #safar #delegatsiya #meva_sabzavotchilik #uzumchilik #chorvachilik #baliqchilik #Ozbekiston #Italiya
*****
СПЕЦИАЛИСТЫ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА УЗБЕКИСТАНА ПОБЫВАЛИ В ИТАЛИИ

🇮🇹Италию посетили представители Министерства сельского хозяйства Узбекистана и ряда профильных научно-исследовательских учреждений.

В рамках визита делегация нашей страны ознакомилась с итальянским сельским хозяйством, в частности, в центре внимания были методы ведения бизнеса в сферах плодоовощеводства, виноградарства, животноводства и рыболовства. Также наши специалисты познакомились с функционированием ирригационных системам страны на Аппенинском полуострове.

#международное_сотрудничество #сельское_хозяйство #визит #делегация #плодоовощеводство #виноградарство #животноводство #рыболовство #Узбекистан #Италия

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FARG‘ONADA G‘ALLA O‘RIM-YIG‘IM MAVSUMIGA START BERILDI

🌾Yurtimizning voha viloyatlarida g‘alla o‘rimi boshlangani haqida xabar bergan edik. Bugun vodiy viloyatlari, xususan, Farg‘ona viloyatida ham g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi. Mavsum oldidan Yozyovon tumanida viloyat sektorlari rahbarlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab “Xonobod” MMTP hududida joylashgan “Xonobod g‘alabasi” fermer xo‘jaligi dala maydonida pishib yetilgan boshoqli don hosili ko‘zdan kechirishdi. Paxtachilik-g‘allachilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan mazkur fermer xo‘jaligining 54 gektar yer maydoniga g‘alla ekilgan.

Seminarda qayd etilshicha, 2023-yil hosili uchun jami 95 ming 720 gektar maydonlarda g‘alla parvarishlangan. Quvasoy shahri va barcha tumanlarda 340 ta o‘rim otryadlari tashkil etilib, ularga 340 dona yuqori unumli don o‘rish kombaynlari 1 ming 825 dona don tashish texnikalari, 153 ta ko‘chma ustaxonalar va 173 dona yoqilg‘i tashish texnikalari biriktirilgan.

#yigim_terim #galla #boshoqli_don #Fargona
*****
В ФЕРГАНЕ НАЧАЛАСЬ УБОРКА ЗЕРНОВЫХ

🌾Мы уже сообщали о том, что в областях нашей страны началась зерновая страда. Сегодня в регионах долины, в том числе и в Ферганской области, началась уборка зерновых. В преддверии сезона в Язяванском районе было проведено мероприятие с участием руководителей секторов.

Здесь участникам представили созревший урожай на поле фермерского хозяйства «Хонобад Галабаси», расположенного на территории махалли «Хонобод». Зерновые засеяны на 54 га хозяйства, которое также занимается хлопководством.

Было отмечено, что зерновые были засеяны в общей сложности на 95 720 га. В городе Кувасай и во всех районах создано 340 отрядов, за которыми закреплены 340 высокопроизводительных зерноуборочных комбайнов, 1825 единиц техники по перевозке зерновых, 153 передвижных мастерских и 173 единицы топливно- заправочной техники.

#урожай #зерно #Фергана

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram