QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.5K photos
2.66K videos
7 files
9.15K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MEHNATI BILAN “TEMIR DAFTAR”DAN CHIQQAN AYOL

🫑Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani “Poloson” qishlog‘i aholisi tomorqadan samarali va unumli foydalanib kelayotgan mirishkorlardan sanaladi. Ular qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishga va mo‘maygina hosil olishga erishishmoqda. Jumladan, polosonlik Tursunoyxon Alimqulova ham yerga bo‘lgan mehri va mehnati ortidan issiqxona barpo etib, qovun, bulg‘or qalampiri ko‘chatlarini yetishtirdi.

Oila a’zolarining tinimsiz mehnatlari o‘z mevasini berdi. O‘tgan yilgi daromad yomon bo‘lmadi: xonadonda chorva mollari soni ortdi. Uch yil oldin “Temir daftar”ga kiritilgan Tursunoyxon opa ishning ko‘zini bilishi, mehnatdan bo‘yin tovlamasligi tufayli ushbu daftardan chiqib ketgan yurtdoshlarimizdan biridir.

#qishloq_xojaligi #tomorqa #qovun #bulgor_qalampiri #hosil #temir_daftar
*****
ЖЕНЩИНА, КОТОРАЯ БЛАГОДАРЯ СВОЕМУ ДЕЛУ ВЫШЛА ИЗ СПИСКА «ЖЕЛЕЗНОЙ ТЕТРАДИ»

🍈Жители села Полосон Алтыарыкского района Ферганской по праву считаются опытными земледельцами, эффективно и продуктивно использующими свои подсобные хозяйства. Они прекрасно возделывают свои угодья и получают хороший урожай. Например, Турсунойхон Алимкулова благодаря своей любви к земле и трудолюбию построила теплицу и вырастила рассаду дынь и болгарского перца.

Турсунойхон опа, три года назад включённая в реестр, нуждающихся в социальной поддержке, одна из тех, кто сумел благодаря своим стараниям и упорству покинуть список в «Железной тетради».

#сельское_хозяйство #теплицы #дыня #болгарский_перец #урожай

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
YERLAR DEGRADATSIYASI MASALASI MUHOKAMA QILINDI

💧Bugun respublikamizda yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.

2023-yil 31-mayda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan tadbirda ham aynan yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish, yagona makonda shakllantirish va foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumki, respublikamizda mavjud yerlar degradatsiya tadbirlari monitoringini yuritish, baholash va zarur chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Yer degradatsiyasi” geoportalining dastlabki tahriri ishlab chiqildi va ishga tushirildi.

Ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ma‘sul vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokidagi tadbirda esa “Yer degradatsiyasi” geoportalini takomillashtirishda fazoviiy ma‘lumotlarni shakllantirish, uning tuzilmasi, idoralararo ma‘lumot uzatish, hisobot shakllari va boshqa masalalarga e‘tibor qaratildi.

Shuningdek, tegishli texnik yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va idoralarda shakllanayotgan ma‘lumotlar almashinuvini kengaytirish bo‘yicha ham o‘zaro kelishib olindi.

#Yer_degradatsiyasi #geoportal #qishloq_xojaligi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Yoshlar” telekanalining informatsion dasturida “Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi” hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan agronomlar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda o‘quv kursi tinlovchilari poytaxtimizdagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida bo‘lishgani va xorijlik professor o‘qituvchilar tomonida tashkil etilgan mahorat darslarida ishtirok etiishgani haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Yoshlar #fermer_xojaligi #dehqon_xojaligi #agronom #IAU

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Yurtimizga pishiqchilik kirib keldi.

Oramizda kim qaysi mevani ko‘proq yoqtiradi?

#sorovnoma #meva #pishiqchilik
В нашем краю созрели фрукты.

Какие фрукты вы предпочитаете?

#опрос #фрукты #созревание
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI pinned «​Yurtimizga pishiqchilik kirib keldi. Oramizda kim qaysi mevani ko‘proq yoqtiradi? #sorovnoma #meva #pishiqchilik»
SIRDARYODA G‘ALLA O‘RIMI BOSHLANDI

🌾Kuni kecha sirdaryoliklar ham g‘alla o‘rimiga kirishdilar. Viloyatning Boyovut, Xovos, Sardoba, Mirzaobod, Oq oltin, Guliston va Sirdaryo tumanlarida 2023-yilgi hosilini nes-nobud qilmay yig‘ib-terib olish ishlariga start berildi.

Joriy yilda sirdaryoliklar 73 ming gektar maydonda boshoqli don parvarishlab, undan 540 ming tonnaga yaqin hosil yig‘ishtirib olishni maqsad qilgan. O‘rim-yig‘im ishlarini uyushqoqlik bilan olib borish maqsadida 280 dan ziyod yuqori unumli don o‘rish kombaynlari va 843 ta tashish texnikalari jalb qilindi.

O‘rim mavsumi arafasida bevosita joylarda rizq-ro‘zimiz bo‘lgan bug‘doyni qisqa muddatlarda, nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olishga oid seminarlar tashkil qilingani mavsumni ko‘tarinki ruhda va samarali o‘tkazishga zamin yaratdi, deydi mutaxassislar.

Darhaqiqat, Sirdaryodagi klasterlar, fermerlar, kombaynchilar va bu jarayonga mas'ul bo‘lgan boshqa mutasaddilar o‘z oldida turgan vazifalarni chuqur his qilgan holda, yig‘im-terim ishini uyushqoqlik bilan boshladilar.

#yigim_terim #galla #boshoqli_don #Sirdaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI 1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI BILAN BARCHA BOLAJONLARNI TABRIKLAYDI!

👶🏻Bolalik...
Bu hali bahor tugamasdan barglar orasidan mo‘ralab turadigan ko‘ksulton-u dovuchchalarning nordon ta'mi, qo‘shnining polizidagi handalaklar tarovati, maktab yonida istiqomat qiluvchi Rahmonqul bobo so‘yib beradigan tarvuzlar toti, darsdan so‘ng uyga qaytishda, yo‘l yoqasidagi uzumzordan qorovul Abduvohid boboning ko‘zini shamg‘alat qilib, ming bir hadik ila olib chiqib sinfdosh qizlarga ilinadiganimiz uzumlar mazasi, endigina tandirdan chiqqan shirmoy nonni suvga oqizoq qilib yeyish rohati bilan yodda qolgan.

👦🏻Bolalik... Hosili yig‘ishtirib olingan dalalardan terilgan kartoshka, sabzi, jo‘xorilarni cho‘g‘da pishirish kabi xotiralar bilan ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Umrning bu pallasi hattoki butun qishloq xo‘jaligi ekinlari yig‘ishtirib olingan yaydoq dalalardan ham xohlaganingizcha zavqlanish imkonini beradigan beg‘ubor davr. Bu bebaho davr inson umrining baxtiyor damlari hisoblanadi.

👧🏻Shunday ekan, barcha bolalarga unutilmas, shirin va quvonchli damlar tilaymiz.

#1_iyun #xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni #tabrik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI SABZAVOT EKINLARINING SELEKSIYASI AVJ PALLADA

🧄Bugungi kunda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy jamoasi sabzavot ekinlarining 40 dan ortiq nav namunalarini yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

Ta’kidlash joizki, ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ko‘p yillik samarali izlanishlari natijasida respublikamizda sarimsoqning yuqori hosilli, ertapishar, transportbop, yangiligicha iste’mol qilishga va qayta ishlashga mos bo‘lgan yangi istiqbolli bo‘lgan “Janub”, “Surxon vohasi” va yangi sabzavot ekin turi bo‘lgan “Rokambol”ning “Baraka” navlari ixtiro qilishga erishildi. Ushbu yangi nav 2022-yilning oktyabr oyida Intellektual Mulk agentligi tomonidan patentlashtirildi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #seleksiya #sarimsoq #Janub #Surxon_vohasi #Rokambol
*****
СЕЛЕКЦИЯ НОВЫХ ОВОЩНЫХ КУЛЬТУР В САМОМ РАЗГАРЕ

🧄Сегодня научный коллектив НИИ овощебахчевых культур и картофеля проводит исследования по созданию более 40 образцов сортов овощных культур.

Отметим, что в результате многолетних исследований учеными НИИ получены высокоурожайные, скороспелые, транспортабельные, пригодные для употребления и переработки сорта чеснока «Жануб», «Сурхон вохаси» и новые сорта «Рокамболь» и «Барака».

#НИИ #селекция #чеснок #Жануб #Сурхон_вохаси #Рокамболь

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
🔧O‘zbekiston Respulikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy veb-sayti "www.agro.uz"da joriy yilning 1-2-iyun kunlari rejadan tashqari profilaktika ishlari amalga oshirilayotganligi bois, ayrim xatolik va uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma'lum qilamiz.

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM