QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QO‘SHMA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Hindistonning “IPL Biologicals Limited” kompaniyasi Xalqaro biznes boshlig'i Dipak Singal o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “O‘zbekiston Respublikasi hududida bioo‘g‘itlar va biopestitsidlarni ishlab chiqarish va tarqatish zavodini qurish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish”ni amalga oshirish hamda sohada qo‘shma hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Aziz Voitov hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu qo‘shma loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, suhbat davomida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtirilayotgan mahsulotlar uchun bioo‘g‘itlar va biopestitsidlarning afzal tomonlari, foydali xususiyatlari hamda ularni qo‘llashning atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha fikr almashildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #qishloq_xojaligi #bioogitlar #biopestitsidlar #Ozbekiston #Hindiston

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram