QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
27.1K photos
2.82K videos
7 files
10.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida xorijlik ekspertlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, bog‘bonlar ishtirokida tashkil etilgan ko‘rgazmali seminar haqida lavha efirga uzatildi.

Lavhada seminar doirasida intensiv bog‘lar yaratish texnologiyasi, hosilga kiruvchi invitro ko‘chatlarining afzalligi, yangi usulda barpo etilgan bog‘larning samaradorligi mavzulariga eʼtibor qaratilgani va mavzu bo‘yicha amaliyot o‘tkazilgani haqida so‘z boradi.

#repost #axborot_24 #seminar #xorijlik_ekspertlar #fermer_xojaliklari #invitro

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
🌾Don ekinlari — odamlar va hayvonlar uchun mos o‘simliklarni o‘z ichiga olgan umumlashtirilgan tushuncha. Barcha don ekinlari boshoqli va dukkakli ekinlarga bo‘linadi. Boshoqdoshlar orasida bug‘doy, javdar, arpa, sholi makkajo‘xori va oq jo‘xori asosiy hisoblanadi.

🟢 Xitoy va AQSh don ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanadi.

🟢Sholi, makkajo‘xori va bug‘doy dunyodagi barcha don ekinlarining 87 foizini tashkil qiladi. Ular orasida yetakchi — makkajo‘xori.

🟢Odamlar tomonidan yetishtirilgan birinchi donlardan biri bu arpadir.

🟢Suli boshqa donlarga nisbatan ko‘proq yog‘lar, oson hazm bo‘ladigan oqsillar va B vitaminlarini o‘z ichiga oladi.

🟢Eng sovuqqa chidamli boshoqli don ekini bu javdar bo‘lib, undan kraxmal, un, spirt olinadi.

Avvalroq, sizni O‘zbekistonda don ekinlari yetishtirish hajmi bilan tanishtirgan edik. Bugun biz mamlakatimizdagi don ekinlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga oid statistik ma‘lumotlarni taqdim etamiz.

#don_ekinlari #fermer_xojaliklari #statistika

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KARMANA TUMANIDAGI “DO‘RMON JAVOHIRI” FERMER XO‘JALIGIDA CHIGIT EKISH JARAYONI

🚜Navoiy viloyati Karmana tumanidagi fermer xo‘jaliklarida jadallik bilan chigit ekish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

#chigit_ekish #fermer_xojaliklari #Navoiy
*****
ПОСЕВ СЕМЯН В ФЕРМЕРСКИХ ХОЗЯЙСТВАХ НАВОИЙСКОЙ ОБЛАСТИ

🚜В хозяйствах Карманинского района Навоийской области начался процесс интенсивной высадки семенного материала.

#посев #фермерские_хозяйства #Навои

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SURUNKALI YOG‘INGARCHILIKDAN KEYIN CHIGIT EKILGAN MAYDONLARDA QANDAY ISHLAR AMALGA OSHIRILADI?

🚜Joriy yil aprel oyining dastlabki kunlarida Respublika bo‘yicha ob-havo seryog‘in kelib, ayrim hududlarda jala va do‘l ko‘rinishida bo‘lib o‘tmoqda.

Bunda chigit ekilgan maydonlarda tuproqda namlikning me’yordan oshib ketishi, natijada yerning yuza qismida qatqaloq hosil bo‘lishi va ko‘chat unib chiqqan maydonlarda nihollarga ma’lum darajada zarar yetkazishiga olib keladi.

Ayniqsa, o‘rta va og‘ir qumoqli tuproqlarda kuchli yoqqan yomg‘irdan keyin tuproq yuzasida 2-3 sm dan 4-5 sm gacha, ba’zan 6-8 sm gacha qalinlikda qatqaloq hosil bo‘lib, ekilgan chigitlarni unib chiqishiga qiyinchilik tug‘diradi.

👉Batafsil

#agromaslahat #chigit_ekish #fermer_xojaliklari

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI NAV – YUQORI HOSILDORLIK VA SIFAT GAROVI

🌾Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Bag‘dod nav sinash uchastkasida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Bag‘dod nav sinash uchastkasida ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari tomonidan yaratilgan 27 turdagi paxta hamda 28 turdagi g‘alla sinov tariqasida ekilgan.

Amaliy seminar yakunida barcha fermer va dehqon xo‘jaliklari dala maydonida sinovdan o‘tkazilayotgan paxta va bug‘doyning yangi navlari bilan tanishdi.

#seminar #qishloq_xojaligi #dehqon #fermer_xojaliklari #galla #bugdoy #paxta

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
JOMBOYDAGI INTENSIV BOG‘DA O‘ZGACHA USLUB

🌳Bog‘ barpo etish, uning hosilidan xalqni bahramand etish savobli amallardan hisoblanadi. Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda birgina bog‘ barpo etish uchun yillarni sarflash esa bog‘dorchilik uchun maqbul yechim emas. Shu bois ham respublikamizda intensiv bog‘lar barpo etish va unda yetishtiriladigan hosilni mahalliy bozorlarimizga va eksportga yo‘naltirish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bizga taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha 2023-yilda Respublika hududi bo‘ylab, aholi va dehqon xo‘jaliklarida — 89,9 ming gektar hamda fermer xo‘jaliklarida 247,4 ming gektar (shundan 70 ming gektar maydonda intensiv bog‘lar), jami 337,3 ming gektar mevali bog‘lar parvarish qilinmoqda. Mamlakatimizdagi mavjud mevali bog‘lardan 3 mln tonna hosil olish rejalashtirilgan. 70 ming gektar intensiv bog‘larda yetishtirilayotgan hosildorlik o‘rtacha 150-200 sentnerni tashkil etmoqda.

#intensiv_bog #mevali_boglar #fermer_xojaliklari #Samarqand
*****
СВОЕОБРАЗНЫЙ МЕТОД ВЫРАЩИВАНИЯ ПРОДУКЦИИ В ИНТЕНСИВНОМ САДУ В ДЖАМБАЙСКОМ РАЙОНЕ

🌳Посадить сад и дать людям насладиться его плодами — во всех отношениях достойное дело. В сегодняшнем быстро меняющемся мире тратить годы только на один сад — не лучшая идея для садоводства. Поэтому в республике создаются интенсивные сады, продукция которых поступает как на внутренний, так и на внешние рынки.

По имеющейся информации, в республике в 2023 году на приусадебных участках и дехканских хозяйствах разбиты фруктовые сады на 89,9 тыс. га и в фермерских хозяйствах — на 247,4 тыс. га (из них интенсивные сады — 70 тыс. га). Всего площадь подобных садов составляет 337,3 тыс. га. Планируется собрать 3 млн тонн плодов. Средняя урожайность 70 тыс. га интенсивных садов составляет 150-200 ц.

#интенсивные_сады #фруктовые_сады #фермерское_хозяйство #Самарканд

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
KAM TAʼMINLANGAN OILALARGA BEPUL BUG‘DOY TARQATILDI

🌾Azaldan mirishkor bobodehqonlarimiz yetishtirgan hosilning ma’lum bir qismini qo‘ni-qo‘shnilarga, o‘zlari istiqomat qiladigan mahalladagi boquvchisini yo‘qotgan insonlarga ulashib kelgan. O‘zgalar holidan xabar olish, bemor insonlardan ko‘ngil so‘rash yurtdoshlarimizning asl fazilatlaridan biri. Xalqimizning bag‘rikengligi ham shunda mujassam. Bunday xayrli an’analar rizq-ro‘zimiz bo‘lgan galla hosili yig‘ib olinayotgan bugungi kunda ham amalga oshirilmoqda.

Respublikamizning Farg‘ona viloyatida g‘alla hosilini o‘rib-yig‘ib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Joriy yilda furqatlik g‘allakorlar 6450 gektar yer maydonida mahalliy iqlimga mos, tezpishar g‘alla navlarini yetishtirib, mo‘l hosil to‘plamoqdalar. Hududdagi aksariyat fermer xo‘jaliklari g‘alla topshirish shartnomaviy rejalarini ortig‘i bilan bajarishmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash joiz, ilg‘or g‘allakorlar tomonidan yetishtirilgan hosildan kam taʼminlangan oilalarga moddiy ko‘mak berish kabi ezgu amalga ham qo‘l urildi. Fermer xo‘jaliklarining bu tashabbusini tuman hokimi Jahongir Jumanov ham qo‘llab-quvvatlab, bu ishda bosh-qosh bo‘lmoqda. Ushbu tashabbus doirasida shu kungacha tumandagi 204 ta kam taʼminlangan oilaga 40,8 tonna bug‘doy bepul tarqatildi.

G‘alla yig‘im-topshirish ishlari va bu kabi ezgu amallar davom etmoqda.

#galla #hosil #fermer_xojaliklari #bugdoy #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ILMIY-TADQIQOT INSTITUTIDA YANGI ISHLAB CHIQARISH QUVVATI TASHKIL ETILDI

🚜O‘rta Osiyoda dehqonchilik jarayonlarini mexanizatsiyalash tarixi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.

Institut mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash jarayonlarining dolzarb masalalarini hal etishga qaratilgan muhim nazariy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarish, olingan natijalarni konstruktorlik byurolari, mashinasozlik korxonalari, mashina-traktor parklari, texnik servis tashkilotlari, klasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari ishlab chiqarishiga joriy qilish bilan shug‘ullanadi.
*****
В НИИ СОЗДАН НОВЫЙ МИНИ-ЦЕХ

🚜История механизации сельскохозяйственных процессов в Средней Азии тесно связана с деятельностью НИИ механизации сельского хозяйства.

Институт проводит важные теоретические, практические и инновационные исследования, направленные на решение актуальных вопросов механизации сельского хозяйства в нашей стране, после чего занимается внедрением результатов своей научной деятельности в конструкторских бюро, машиностроительном производстве, машинно-тракторных парках, организациях технического обслуживания, кластерах, фермерских и дехканских хозяйствах.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #mexanizatsiyalash #mashinasozlik #texnik_servis #klasterlar #fermer_xojaliklari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM