QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
27.1K photos
2.82K videos
7 files
10.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
YOSH OLIMLAR O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI BO‘LIB O‘TDI

📚Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida Yoshlar kuniga bag‘ishlab “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda iqtidorli yosh doktorantlardan tashkil topgan 5 ta guruh o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar hakamlar tomonidan taqdim etilgan savollarga belgilangan vaqt ichida aniq javoblar berishga harakat qildilar.

Bellashuv yakuni bo‘yicha Abdurahmon Rasuljonov sardorligidagi 1-guruh jamoasi 1-o’rinni egallab, tashkilotchilar tomonidan sertifikat va sovrinlar bilan taqdirlandi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #zakovat #yoshlar_kuni #agrar_soha_yoshlari
*****
СРЕДИ ЮНЫХ УЧЁНЫХ ПРОШЛА ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНАЯ ИГРА «ЗАКОВАТ»

📚В научно-исследовательском институте механизации сельского хозяйства прошла интеллектуальная игра «Заковат».

В находчивости и интеллектуальном развитии соревновались пять групп талантливых молодых докторантов. Участники старались давать точные ответы на поставленные жюри вопросы в отведенное время.

По итогам соревнований команда 1-й группы под руководством Абдурахмана Расулджанова заняла 1-е место и была награждена грамотой и призами от организаторов.

#НИИ #заковат #день_молодёжи #молодежь_аграрной_сферы

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHA YOSHLARI” RESPUBLIKA FORUMI BO‘LIB O‘TDI

📚Bugun 24-iyun kuni Toshkent shahrida Agrar soha yoshlari respublika forumi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

30-iyun — Yoshlar kuniga bag‘ishlab, vazirlik va "Zakovat intellektual klubi" NNT hamkorligida tashkil etilgan o‘yinda Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boʻlinmalari, vazirlik tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, agentlik va qoʻmitalarning yosh davlat xizmatchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

👥Intellektual o‘yinda 36 ta jamoa tarkibida 216 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Forumga Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham tashrif buyurib, yoshlarni bayram bilan tabriklab, ularga samimiy tilaklarini bildirdi:
"Hurmatli forum ishtirokchilari! Sir emas, qishloq xo‘jaligida yoshlarimiz juda faol, aqlli va dono. Men buni bir necha bor taʼkidlab o‘tganman. Хususan agrar sohaning 40 foizi siz aziz yoshlardan iborat. Bugun yuz-ko‘zingizdagi qatʼiyatdan, ishonchdan ko‘rinib turibdiki, sizlar bilan hali ko‘p yangi maqsadlarni, rejalarni birgalikda amalga oshiramiz!"

Shundan so‘ng forumning kulminatsion nuqtasiga yetib kelindi. Yaʼni bahslarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, g‘oliblik shohsupasiga yetib kelgan jamoalarni Aziz Voitov va vazir maslahatchisi Eshmirza Abdualimov qutlashdi.

🥇1-o‘rin — “Termiz forever” jamoasi;
🥈2-o‘rin — “ISKAD” jamoasi;
🥉3-o‘rin — “Sigma” jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

#vazir #agrar_soha_yoshlari #zakovat #intellektual_oyin

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM