QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.3K photos
2.76K videos
7 files
9.74K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #zamon

ZAMON | HOSIL TAQDIRI KO‘PROQ TUPROQQA BOG‘LIQ

🎥 Sevimli telekanali O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” DUK tomonidan Andijon viloyatining Andijon tumanida tuproqlarning ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash hamda fermer va boshqa yerdan foydalanuvchilarga to‘g‘ri tavsiyalar berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida reportaj tayyorladi.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Repost #zamon

ZAMON | QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI YETISHTIRISH KO‘PAYADI

🎥 Sevimli telekanali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-373-son “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq belgilangan ishlar haqida reportaj tayyorladi.

📌Lavhada vazirlik huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” DILI mutaxassislari Qaror bo‘yicha tushuntirish berib o‘tishdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #zamon #IFAD #Xalqaro_hamkorlik #COSOP

ZAMON | QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISH MAVZUSIDA MINTAQAVIY KONFERENSIYA

🎥Sevimli telekanalining Zamon informatsion dasturida Toshkent shahrida O‘zbekiston hukumati, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida “Yevropa-Markaziy Osiyo mintaqasida oziq-ovqat tizimini transformatsiya qilishni moliyalashtirishning umumiy yo‘li” mavzusida o‘tkazilgan mintaqaviy konferensiya haqida lavha tayyorlandi.

Lavhada konferensiya doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi namoyish etildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #degradatsiyaga_uchragan_yaylovlar #zamon #Ozdavyerloyiha

YAYLOVLARNING HOSILDORLIGINI YAXSHILASHGA ILMIY YONDASHUV

🎥“Sevimli”
telekanaliningZamon informatsion dasturida yaylov yerlardan to‘g‘ri foydalanmaslik natijasida yildan-yilga uning degradsiyaga uchragan maydonlari ko‘payib borayotgani to‘g‘risidagi reportaj efirga uzatildi.

‼️Unda yaylov yerlardan samarasiz foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishida muammolar kelib chiqishiga asos bo‘lishi mumkinligi taʼkidlab o‘tilgan.

Lavhada O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” DILI tomonidan Toshkent viloyatining tabiiy yaylov yer maydonlarida o‘tkazilgan geobotanik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, hududdagi yaylovlarning degradatsiyaga uchrash holati mavjud yaylovlarning 11, 7 foizini tashkil etganligi va bu muammolarni faqatgina ilmiy yondashuv bilan bartaraf etish mumkinligi institut mutaxassislarining asosli fikrlari orqali yoritib berilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“Sevimli” telekanalining Zamon informatsion dasturida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqsifattahlil davlat unitar korxonasi tomonidan mobil laboratoriya tashkil etilgani to‘g‘risida lavha efirga uzatildi.

🔬“Tuproqsifattahlil” DUK sinov laboratoriyasi 2019-yilda Turkiya bilan hamkorlikda Xalqaro akkreditatsiya guvohnomasini qo‘lga kiritgan. Unda amalga oshiriladigan tuproq tahlillari dunyoning 160 ta davlatida tan olinadi. Farg‘ona viloyatida o‘z ish faoliyatini boshlagan ushbu laboratoriyada 20 turdagi tuproq, 11 turdagi suvdan aniq sifat tahlillari olish imkoniyati mavjud.

Lavhada “Tuproqsifattahlil” DUK xodimlari tomonidan respublikamizdagi dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga hamda klasterlarga tuproqning agrokimyoviy tarkibini to‘liq o‘rganib o‘g‘itlash, yer maydonlariga ilmiy asoslangan holda ishlov berish tartibini yo‘lga qo‘yish, tuproq unumdorligini oshirish, saqlash va qayta tiklash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini taqdim etayotgani bayon etiladi.

#repost #Sevimli #Zamon #Tuproqsifattahlil #mobil_laboratoriya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“Sevimli” telekanalining ZAMON informatsion dasturida Toshkent shahrida O‘ZBEKISTON-ERON o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 15- yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda yig‘ilish kun tartibi doirasida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport logistika, shuningdek qishloq xo‘jaligi sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgani va ushbu masalalar yuzasidan ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilangani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Sevimli #Zamon #xalqaro_hamkorlik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“Sevimli” telekanalining ZAMON informatsion dasturida AOKAda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas'ullari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va unda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi hamda zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani ko‘rib chiqish jarayonlarini soddalashtirish orqali davlat organlari rahbarlarining mas'uliyatini oshirish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishi haqida so‘z yuritilgan.

#repost #zamon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram