QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
23.6K photos
2.69K videos
7 files
9.37K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TOMORQACHILIK AHOLI DAROMADLARINI OSHIRMOQDA

🍅So‘ngi yillarda mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanishda tomorqa yer egalarining o‘z yerlaridan oqilona foydalanib, oilasiga qo‘shimcha daromad olib kirayotgani va qishloqdagi fuqarolarning bandligi hamda farovonligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani e’tiborga molik.

Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Dilobod-Zafarabod” MFY hududida istiqomat qilayotgan Narzulla Jo‘rayev xonadonida qishloq faollari ishtirokida tamorqachilikda yuqori hosil olishning sir-asrorlari haqida suhbatlashildi. Unda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan holda xonadonlardagi tomorqa yer uchastkasida 15 ta kichik yo‘nalishni joriy etish bo‘yicha aholiga kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.

Jumladan, xonadon egalari tomorqadagi yeridan samarali foydalanish barobarida oilalar bir yilda 80-100 million so‘mgacha daromadga ega bo‘lishi iqtisodiy jihatdan bosqichma-bosqich tahlil qilindi. Bunga misol sifatida ushbu oila boshlig‘i Narzulla aka Jo‘rayevning tajriba usullari ham amalda ko‘rsatildi.

#tomorqachilik #qoshimcha_daromad #Buxoro

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DENOVDA PAXTA YIG‘IM-TERIMI AVJIDA

Ayni kunlarda yurtimizda paxta yig‘im-terim ishlari boshlangan. Hududarda zaminimizda yetishtirilgan “Oq oltin”ni o‘z vaqtida nes-nobud qilmasdan, qo‘l mehnati va terim mashinalari yordamida terib olish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, Denov tumani hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tumandagi “Baxromov Farxod” fermer xo‘jaligining paxta dalalarida, ayni paytda, paxta terimchilarning ishi qizg‘in. Misol uchun, tumanda yashovchi Momogul Mamatqulova 60 yoshda bo‘lishiga qaramasdan, joriy mavsumda kuniga 200 kilogramm paxta termoqda.
*****
В ДЕНАУСКОМ РАЙОНЕ ПОЛНЫМ ХОДОМ ИДЕТ СБОР ХЛОПКА

В эти дни в Узбекистане повсеместно началась уборка хлопка. Принимаются все необходимые меры по своевременному сбору «Белого золота» без каких-либо потерь, используя ручной труд и хлопко уборочные комбайны.

Полным ходом идет сбор хлопка-сырца в районах Сурхандарьинской области, которая по праву считается южными воротами нашей страны. В частности, как сообщили в информационной службе администрации Денауского района, сборщики заняты работой на хлопковых плантациях фермерского хозяйства «Бахромов Фарход». Интересный факт-проживающая в районе Момогуль Маматкулова, несмотря на свой 60-летний возраст, ежедневно собирает по 200 килограммов хлопка.
#paxta #yigim_terim #qoshimcha_daromad #Surxondaryo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM