O‘ZBEKISTON-XITOY BIZNES FORUMI KUNDALIGI
🇺🇿 🤝 🇨🇳
Kunning muhim voqe'ligi bu shubhasiz XXRning Shansi provinsiyasi Sian shahri mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston-Xitoy biznes forumidir.
Bejiz bunga urg‘u qaratmadik. Muhit o‘zgacha. Shiddat va tezkorlik har qadamda ustuvor. Shoshganlik uchun emas. Bilaks, O‘zbekistonlik hamkorlar bilan muzokara stoliga o‘tirishga oshiqish. Shinjon Xualin Indastri end treyd bosh direktori Guo Siangyang bilan muloqot ayni shu tarzda boshlandi. Vaqt ritmi, zamon shiddati va mamlakatimiz bilan hamkorlik o‘rnatishga bo‘lgan qiziqish birin ketin hamkorlarni turli formatda muloqot qilishga chaqirdi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kompaniya bosh direktori bilan G2B formatida dastlabki kelishuvni imzoladi.
Ko‘p tarmoqli kompaniya Xitoyda qoramol yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Shinjon okrugida joylashgan bosh ofisi ma'lumotlariga ko‘ra go‘sht mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlash yo‘nalishida yaxshigina tajribaga ega. Ayni chog‘da 120 ming bosh qoramol parvarish qilinayotgan fermalarda, uning sonini 300 minga yetkazish shu yilning rejasi. O‘zbekistonda Xualin Indastri chorvachilik sohasiga asos solmoqchi. Bu go‘sht yetishtirish va uni qayta ishlash majmualarini o‘z ichiga olgan klaster ko‘rinishida bo‘lishi rejaga olingan.
Aziz Voitov bu borada amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha atroflicha ma'lumot almashib, bosh direktor Guo Siangyangni yurtimizga tashrif buyurib texnik asoslarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga taklif qildi.
👉Batafsil
#xalqaro_hamkorlik #vazir #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #chorvachilik #Xualin_Indastri #Ozbekiston #XXR
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM