QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☑️ PREZIDENT ADMINISTRATSIYASIGA TAKLIF BILDIRING!

#Taʼlim, #sud, #tadbirkorlik, #tibbiyot va #suv_taʼminoti. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin yillarda mamlakatni rivojlantirish strategiyasi etib, ana shu eng og‘riqli va asosiy yo‘nalishlarni tanladi. Ushbu sohalardagi muammolarni hal etishda Siz ham ishtirok etishingiz mumkin!

Agar Sizda ushbu sohalardagi muammolarni hal etishga qaratilgan yoki boshqa masalalarga oid takliflar bo‘lsa – biz bilan bog‘laning! Takliflaringizni taklif2023.uz sayti hamda @taklif2023_bot manzili orqali yuboring.

👍 Prezident Administratsiyasi takliflaringizni qabul qilishga tayyor! Yuborilgan takliflarning barchasi maxsus ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqiladi.

❗️Unutmang Sizning taklifingiz – O‘zbekiston uchun muhim!

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA: VAZIR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MASALASIGA TO‘XTALDI

🗣Toshkentda ish boshlagan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” xalqaro konferensiyasi dolzarb va qiziqarli chiqishlarga boy o‘tmoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, mamlakat barqaror rivojlanishida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarining salmoqli o‘rin tutishi haqida to‘xtaldi.

“Bugun qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va oldimizda turgan yangi imkoniyatlar va istiqbollar bo‘yicha suhbatlashamiz“, — dedi Aziz Voitov o‘z chiqishini boshlar ekan.

2019-yilda hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan Strategiya qabul qilingan, uni shu yerda qatnashayotgan hamkasblarimiz — xalqaro tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqqanmiz.

Strategiyamiz to‘qqizta banddan iborat bo‘lib, birinchi band aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan. Bu global ahamiyatga ega muhim vazifa. Ushbu vazifani bajarish uchun keyingi yillarda, yerdan samarali foydalanish va ekin turlarini diversifikatsiya qilish maqsadlaridan kelib chiqib, ko‘plab o‘zgarishlarga erishildi. Aytib o‘tish kerakki, g‘alla va paxta maydonlarini qisqartirish evaziga meva-sabzavotlarni ekish ko‘paydi.

Keyingi masala – bu kooperatsiyalar tizimi. Kichik dehqon xo‘jaliklarini kooperatsiya orqali yirik tadbirkorlik subyektlariga aylantirish, xarajatlarini kamaytirish va daromadini ko‘paytirish hamda moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish ustida ham birgalikda ishlamoqdamiz.

Oldimizda turgan asosiy vazifalar – bu suvdan oqilona foydalanish, nafaqat moliyaviy, balki bilim investitsiyalarini kiritish masalalarini bugun hamkasblar birgalikda muhokama qilamiz. Qishloq xo‘jaligi sohasining istiqbollari xususida maslahatlashamiz”.

#xalqaro_konferensiya #vazir #Yangi_Ozbekiston #Qishloq_xojaligi_vazirligi #oziq_ovqat_xavfsizligi #suv_taminoti

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧Irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqqan 1,1 mln gektar yerlarni oborotga kiritish Konsepsiyasi qabul qilindi.

O‘tgan davrda oborotdan chiqqan, lalmi, yaylov yerlardan qariyb 580 ming gektari foydalanishga kiritildi,

O‘zlashgan yerlarda 280 ming aholi bandligi ta`minlandi va qo‘shimcha 3,7 mln tonna mahsulot yetishtirildi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarining chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga 25 yilga ijaraga berilishi belgilandi.

Qariyb 1,4 mln gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi, 4,5 mlrd m3 suv iqtisod qilindi, 350 mlrd so‘m subsidiya berildi.

Kelgusi 5 yilda yana 500 ming gektar yerlar foydalanishga kiritiladi, 2 mln ga suv tejovchi texnologiya joriy qilinadi.

#xalqaro_konferensiya #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #suv_taminoti

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA QIZG‘IN O‘TDI

🔰“Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va
suv ta’minoti” xalqaro konferensiyasi dolzarb va qiziqarli chiqishlarga boy bo‘ldi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, mamlakat barqaror rivojlanishida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarining salmoqli o‘rin tutishi haqida to‘xtaldi.

Bugun global miqyosda kechayotgan tabiiy-iqlim jarayonlarida oziq-ovqat xavfsizligi har qachongidan ham ko‘ra muhimroq o‘rin tutmoqda. Suv resurslarining qisqarishi, suvga talabning o‘sib borishi qishloq xo‘jaligida tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishni, suv tejamkor texnologiyalarni keng tatbiq etishni taqozo qilmoqda.
*****
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ ПРОШЛА В КОНСТРУКТИВНОМ РУСЛЕ

🔰Международная конференция «Цели устойчивого развития: продовольственная безопасность и водоснабжение» вобрала в себя множество самых актуальных и интересных выступлений и точек зрения.

Министр сельского хозяйства Азиз Воитов в своем вступительном слове остановился на важной роли развития сельского хозяйства и обеспечения продовольственной безопасности в устойчивом и поступательном движении вперёд всего Узбекистана.

Сегодня тема продовольственной безопасности как никогда актуальна в природно-климатических процессах, происходящих в глобальном масштабе. Сокращение водных ресурсов и растущая потребность в воде требуют принятия соответствующих и действенных мер в плане более широкого применения водосберегающих технологий.

#xalqaro_konferensiya #suv_taminoti #Qishloq_xojaligi_vazirligi #международная_конференция #Министерство_сельского_хозяйства

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM