QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.48K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA MALAKA OSHIRISH O‘QUV KURSLARI O‘TKAZILDI

👥Joriy yilning 12-sentyabridan 20-sentyabrigacha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 9 ta oliy taʼlim muassasalarining jami 94 nafar ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ul xodimlari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, t.f.d., professor A.Mavrulov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari U.G‘ofurov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, yu.f.d., professor B.Narimanov, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori, f.f.d. O.Davlatovlar “Adolat va qonun ustuvorligi — halqparvar davlat poydevori”, “Ijtimoiy ahloq va yangilanayotgan jamiyat”, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati”, “Yoshlarga vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirishda badiiy adabiyotning o‘rni”, “Axborotlashgan jamiyatda inson ma’naviyati muammolari”, kabi mavzularda ma’ruza qilishdi.

#tadbir #oquv_kurslari #malaka_oshirish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM