QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#repost #gazeta #Raqamli_iqtisodiyot

📘“Yangi O‘zbekiston”
gazetasining 2022-yil 2-dekabrdagi 246-sonida iqtisodiy sharhlovchi Abdurauf Qorjovovning “Aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari zaminu huquq, mulku meros, dehqonu daromad masalalarini hal etishda qanday o‘rin tutadi” mavzusiga bag‘ishlangan maqolasi chop etildi.

Mazkur maqolada Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishda keng ko‘lamli amalga oshirilayotgan islohotlar yoritilgan. Xususan, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashevning “E-ijara” elektron axborot tizimi va “E-auksion” elektron savdo platformasi sarlavhasi ostida qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishda yaratilayotgan imkoniyatlarga oid materiallari keltirilgan.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Izzatilla Ikramovning 24 million gektar yerning doimiy monitoringi, geoportaldan foydalanish, ochiqligini taʼminlashga oid hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Mahkamovning subsidiyalash, suv resurslarini boshqarish va boshqa innovatsion yechimlar yuzasidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar batafsil yoritib berilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
AGRAR SOHASIGA OID GAZETA VA JURNALLARNING ELEKTRON VARIANTINI VAZIRLIKNING RASMIY SAYTIDAN YUKLAB OLING

📖 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy sayti - AGRO.UZ da agrar sohada olib borilayotgan ishlar, qishloq xo‘jaligiga joriy etilayotgan innovatsion ishlanmalar, soha mutaxassislarining dolzarb fikrlarini chop etib kelayotgan gazeta va jurnallarning elektron variantini joylab borishni yo‘lga qo‘ydik.

🔰Vazirlik huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining “Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy jurnali 2022 yildan buyon chop etib kelinmoqda.

🖊Ushbu jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan milliy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

💻Endilikda yurtimiz agrar sohasini yoritishga ixtisoslashgan barcha nashrlar bilan Vazirlikning rasmiy veb-sahifalarida tanishishingiz mumkin.

#jurnal #gazeta #tuproqshunoslik #agrokimyo #qishloq_xojaligi #maqola

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖“Shirin meva” agrobiznes jurnalida Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan “Green week 2023” yirik xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida mamlakatimizning ishtiroki haqida maqola chop etildi.

🔰Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur xalqaro ko‘rgazmadagi ishtiroki, shuningdek, qator xorijiy davlatlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralarda erishilgan natijalar haqida so‘z boradi.

💻Quyidagi havola orqali jurnalnig elektron varianti bilan tanishishingiz mumkin.

#jurnal #gazeta #tuproqshunoslik #shirin_meva #qishloq_xojaligi #maqola

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti muassisligida chop etilayotgan “O‘zbekiston zamini” jurnali vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan soha vakillarining ilmiy, amaliy va ijodiy izlanishlarini namoyish etish va ishlab chiqarish jarayonidagi yutuqlarni targ‘ib etishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

🔰Jurnalda qishloq xo‘jaligi ekinlarining sifatli, yuqori hosildor navlarini yaratish va ishlab chiqarishga tatbiq etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash kabi dolzarb mavzular yoritiladi.

💻Quyidagi havola orqali jurnalnig elektron varianti bilan tanishishingiz mumkin.

#jurnal #gazeta #maqola #Ozdavyerloyiha #Ozbekiston_zamini #qishloq_xojaligi

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰Respublikamizning nufuzli nashrlaridan hisoblangan "Yangi O‘zbekiston" ijtimoiy-siyosiy gazetasida “Oziq-ovqat yetishtirishning muhim manbai” sarlavhali maqola chop etildi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamda "Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi" DUK tomonidan bugungi kunda mamlakatimizdagi tuproqlarning holati va so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi tizimining aynan tuproq unumdorligi pasayishining oldini olish va muhofaza qilish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar xususida so‘z boradi.

Shuningdek, maqolada tuproqshunoslik yo‘nalishida olib borilayotgan tadqiqotlar qanchalik natija berayotgani, tuproqning o‘z “xaritasi” borligi haqida ham mualliflarning maʼlumotlarga asoslangan fikr-mulohazalari bayon etilgan. Tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish esa nafaqat bugun, balki kelajak avlod farovonligini taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanligi to‘g‘risidagi maqola sizni ham befarq qoldirmaydi deb o‘ylaymiz.

#repost #Yangi_O'zbekiston #gazeta #tuproqshunoslik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM