QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #fakt_24

FAKT 24 | 160 TA DAVLATDA TAN OLINADIGAN TAHLIL NATIJALARI

🎥 O‘zbekiston 24 telekanali O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Tuproqsifattahlil” DUK Sinov laboratoriyasi 2019-yilda qo‘lga kiritgan Xalqaro akkreditatsiya guvohnomasi doirasida 2-marotaba Turkiya auditorlari tomonidan audit tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi haqida video reportaj tayyorladi.

WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining Fakt 24” dasturida “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutini olimlarining ilmiy tadqiqot natijasi” mavzusida lavha efirga uzatildi.

Lavhada Toshkent viloyati Toshkent tumanida sarimsoqning yangi “janubiy” navi patentlangani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Fakt_24 #sabzavot #poliz_ekinlari #kartoshkachilik #sarimsoq

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
KARTOSHKA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR:

🟢Kartoshkaning vatani Janubiy va Markaziy Amerika mamlakatlari hisoblanadi, uni birinchi marta 1536-1537-yillarda ispan dengizchilari kashf etgan.
🟢XVI asr oxiri va XVII asr davomida kartoshka butun Yevropa qit‘asiga tarqaldi.
🟢O‘zbekistonda kartoshka ilk bor 1855-1856-yillarda paydo bo‘lgan. Uni Toshkent yaqinidagi Noʻgʻay-Qoʻrgʻon va Burch-mulla qishloqlariga Gʻarbiy Sibirdan qochoq tatarlar olib kelishgan.
🟢1995-yilda kartoshka kosmosda yetishtirilgan birinchi sabzavotga aylandi.
🟢Kartoshkada ko‘p miqdorda C vitamini, PP vitamini, B vitamin guruhlari hamda temir, fosfor, kaliy, magniy, marganes, rux, ftor, mis minerallari mavjud.
🟢Kartoshkadagi barcha mineral moddalarning 70% ni kaliy tuzlari tashkil etadi. Kaliy tanadan suv va osh tuzini ketkazishga yordam beradi.
🟢Uning kaloriyaviy miqdori ancha yuqori: 100 gr. - 83 kkal. Bu boshqa sabzavotlarga qaraganda 2-3 barobar ko‘p.
🟢Diyetologlarning fikricha, yoshi kattalar uchun kartoshkaning kunlik normasi 250 gr.dan oshmaydi.

Infografikada ushbu ekinni yetishtirish bo‘yicha ulushi eng ko‘p bo‘lgan respublikamizning hududlarini taqdim etamiz.

#infografika #kartoshka #foydali #fakt

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
GILOS HAQIDA 10 TA QIZIQARLI FAKT

🍒Ayni kunlarda respublikamizning turli hududlaridagi bog‘larda pishib yetilgan gilos hosilini yig‘ish ishlari boshlab yuborilgan. Bugun ushbu mevani bozorlar va savdo do‘konlarining rastalarida ham ko‘rish mumkin. Nega gilosni qadrlaymiz? Bugun biz sizga gilos va ularning qiymati haqida qiziqarli ma’lumotlarni ulashamiz.

🔴Gilos qancha qoraygan bo‘lsa, shunchalik pishgan bo‘ladi, qancha pishgan bo‘lsa, tarkibidagi shakar miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi.
🔴Gilos oziq-ovqat bo‘yoqlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lib, aynan gilosdan qizil emas, balki yashil rang olinadi.
🔴Gilosning norasmiy nomlaridan biri "qush gilos" dir. Shubhasiz, bu qushlarning ularni sevib yeyishi bilan bog‘liq.
🔴Gilos olchadan ko‘ra ko‘proq termofiltr.
🔴Zamonaviy tadqiqotchilar gilos olchadan paydo bo‘lgan deb emas, balki aksincha, olcha gilosdan paydo bo‘lgan deb hisoblashadi. Gilos insonlarga taxminan o‘n ming yil oldin ma’lum bo‘lgan, bu esa uning chinakam qadimiy rezavorligidan darakdir.
🔴Gilos mevalarining diametri ikki santimetrga yetishi mumkin.
🔴Asalarilar bir gektar yer maydonidagi gilos daraxtlaridan 35 kilogrammgacha gulchang yig‘ishi mumkin.
🔴Bir vaqtlar gilos daraxtining qatroni o‘ziga xos saqich sifatida ishlatilgan.
🔴Gilosning ko‘plab navlari mavjud, ammo ulardan faqat o‘nga yaqini faol ravishda yetishtiriladi.
🔴Umuman olganda, gilos daraxti 10 metrgacha o‘sadi, biroq kamdan-kam hollarda 30 metrli gilos daraxtlarini ham uchratish mumkin.

#bu_qiziq #gilos #fakt

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” dasturida piyozning ertapishar, yangi navi haqidagi lavha efirga uzatildi.

Unda Andijonda qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha seleksioner olimlarning ko‘p yillik izlanishlari natijasida piyozning ertapishar navi yaratilgani va shu bois odatda may oyida pishib yetiladigan piyoz muddatidan 20 kun oldin tayyor bo'lishi haqida so‘z borgan. Shuningdek lavhada piyozning yangi navi yaratilishi hosildorlik va daromadning ikki barobarga oshishiga sabab bo‘lgani ham alohida ta'kidlangan.

#repost #Ozbekiston_24 #Fakt_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
O‘ZINGIZNI SINAB KO‘RING!

Quyidagi fakt qaysi jonivor haqida deb o‘ylaysiz:

“... tuproq tuzilishini yaxshilaydi. Ular tuproqni yumshatadi va uning qatlamlari orqali o‘tib, shamollatadi hamda yengillashtiradi. Ularning uyasi yaqinidagi yer osti yo‘llari bir necha kilometrga teng bo‘lishi mumkin. Binobarin, ular yashaydigan hududda tuproq o‘ta zich bo‘lmaydi”.

#sorov #fakt
📝O‘tgan haftada quyidagi ta'rif qaysi jonivorga tegishli ekanligini topishni so‘ragan edik: “... tuproq tuzilishini yaxshilaydi. Ular tuproqni yumshatadi va uning qatlamlari orqali o‘tib, shamollatadi hamda yengillashtiradi. Ularning uyasi yaqinidagi yer osti yo‘llari bir necha kilometrga teng bo‘lishi mumkin. Binobarin, ular yashaydigan hududda tuproq o‘ta zich bo‘lmaydi”.

So‘rovda jami 140 kishi qatnashdi. Shulardan 11 kishi javobni to‘g‘ri topa olgan – yuqoridagi matnda gap chumolilar haqida borgandi.

🐜Chumolilarning qishloq xo‘jaligiga keltiradigan foydasi va zarari haqida saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.

👥So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorov #fakt

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining Fakt 24” informatsion dasturida
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi —AKIS tashabbusi bilan yurtimizda ilk bor “aqlli” qishloq xo‘jaligi loyihasi amalga oshirilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda loyihani “aqlli” qishloq xo‘jaligi texnologiyalari bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan Isroilning “Agrenos-Izrail” kompaniyasi amalga oshirayotgani, buning uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani hududidan ekin maydoni ajratib berilgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Fakt_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining Fakt 24” informatsion dasturida azim Samarqand shahrida ikki kun davom etgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida o‘tkazilgan “Agro oziq-ovqat investitsiya” forumida yuqori natijalar qayd etilgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda xalqaro anjumanda qatnashgan 26 ta mamlakatdan kelgan 100 dan ziyod kompaniyalar vakillari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qiziqish bildirgani va buning natijasi o‘laroq, forum yakunida 1,88 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolangani haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Fakt_24 #Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #FAO #Samarqand

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM