QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
AGROTARMOQNI SUG‘URTALASH VA SUBSIDIYALASH IMKONIYATLARI KO‘RIB CHIQILDI

🤝O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Mc KINSEY & COMPANY” kompaniyasining Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yurtimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport hajmini oshirish uchun marketing tadqiqotlari o‘tkazish, sohada sug‘urta va subsidiya tizimini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, “Mc KINSEY & COMPANY” kompaniyasi qishloq xo‘jaligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga turli ko‘rinishdagi yordam ko‘rsatish bo‘yicha boy tajribaga ega. Kompaniya shu kungacha turli davlatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni subsidiyalash tizimini optimallashtirish, qishloq xo‘jaligi ekotizimlarini rivojlantirish, agrotarmoqni raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport hajmini oshirish kabi yo‘nalishlarda ko‘plab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #qishloq_xojaligi #agrosugurta #eksport #subsidiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌾G‘allaning hosildor va sifatli navlarini yaratish bugunning talabi. Respublikamizdagi mavjud yerlarda sifatli g‘alla navlarini ekish va yetishtirish borasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, tajribalar bu yo‘ldagi saʼy-harakatlarning amaldagi ifodasidir.

🎥Jumladan, “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” dasturida namoyish etilgan lavhada Andijon viloyatida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan “Urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha” tashkil etilgan ko‘rgazmali seminar xususida hikoya qilinadi.

Andijon viloyatidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan uning tajriba maydonlarida ekologik toza va birlamchi bo‘lgan 30 dan ortiq yangi navlar sinovdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan 21 ta yangi navni mamlakatimizning tuproq va iqlimiga moslashtirish ishlari olib borilmoqda. O‘tkazilayotgan ko‘rgazmali seminarda aynan ushbu yangi navlar va ularni mamlakatimizning moslashtirilgan hududlariga ekish borasida mutaxasislar tomonidan muhim maʼlumotlar va tavsiyalar berildi.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
HAMKORLIK YO‘NALISHLARI ANIQLASHTIRIB OLINDI

🤝O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri hamda Vengriyaning “Bonafarm Group” kompaniyasi vakillarining onlayn-uchrashuvi o‘tkazildi.

Vazir Aziz Voitov O‘zbekiston vengriyaliklar bilan keng ko‘lamli hamkorlik uchun ochiq ekanligini, parrandachilik sohasida rejalashtirilayotgan loyiha ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini bildirdi.

Mazkur tashrif davomida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi o‘laroq, bu galgi uchrashuvda yirik investitsion loyihalar uchun O‘zbekistonda yaratilgan soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar, qishloq xo‘jaligi sohasida amal qilib kelayotgan 40 dan ziyod turdagi subsidiyalar va boshqa imkoniyatlar haqida ma'lumot almashildi, parrandachilik klasteri uchun qulay yer tanlash va hamkorlikning boshqa nuqtalari atroflicha muhokama qilindi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #video_konferensiya #qishloq_xojaligi #parrandachilik #klaster

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KOREYANING AQLLI TEXNOLOGIYALARI O‘ZBEKISTONDA HAM JORIY ETILADI

🤝Joriy yilning may oyida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining direktori Shuhrat Azizov boshchiligidagi ushbu muassasa delegatsiyasi Janubiy Koreya Respublikasining KOTRA xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “2023 K-Smart Farm” forumida ishtirok etdi.

Tadbir mobaynida Shuhrat Azizov Koreyaning INPRO kompaniyasi bosh menejeri Seung Hyeok, “Choi” hamda “FARMIN veritical greenhouse farm automation” kompaniyasi Prezidenti Park Tae-Yeul bilan O‘zbekistonda “aqlli” vertikal bog‘ va “aqlli” issiqxona tizimini tashkil qilish va uni amaliyotga keng joriy etishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

#xalqaro_hamkorlik #mexanizatsiyalash #ilmiy_tadqiqot_instituti #forum
*****
КОРЕЙСКИЕ SMART-ТЕХНОЛОГИИ ВНЕДРЯЮТСЯ В УЗБЕКИСТАНЕ

🤝В мае текущего года директор Научно-исследовательского института механизации сельского хозяйства при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан Шухрат Азизов и несколько сотрудников НИИ приняли участие в форуме «K-Smart Farm 2023», организованном международной организацией KOTRA (Республика Корея).

В ходе мероприятия Шухрат Азизов обсудил с генеральным менеджером компании «INPRO» Сеунг Хеком и президентом компании «Choi» и «Farmin vertical greenhouse farm automation» Парком Тай-Ю вопросы организации «умного» вертикального сада и системы умных теплиц в Узбекистане и договорился с ними о тесном сотрудничестве по реализации намеченных планов.

#международное_сотрудничество #механизация #НИИ #форум

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOMG‘IRLARNING KO‘P YOQQANI DARAXTLARGA SHIRA TUSHISHIGA OLIB KELDIMI

Qaysi daraxtlarga ko‘proq shira tushadi-yu, qaysilari bundan xoli?

— Mamlakatimizda namgarchilik, yog‘ingarchilik ko‘p kuzatilsa, mevali bog‘larda shiralarning ko‘payishi uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Shiralar asosan o‘simlikning o‘suvchi nuqtasidagi yosh barglarda va yosh novdalarda ko‘proq uchraydi. Shiralarning mevali bog‘larga ko‘p miqdorda tushib, zarar keltirishi o‘simlikni o‘sishdan va rivojlanishdan to‘xtatadi va hosiliga sezilarli darajada o‘z taʼsirini o‘tkazadi. Shuningdek, o‘simlikning o‘suvchi nuqtasidagi barglarni bujmayishiga va qurishiga olib keladi.

👉Batafsil

#shira #yomgir #bog #dala #koksinellid #afidiid #oltinkoz #entomofag
*****
ПРАВДА ЛИ, ЧТО ОБИЛЬНЫЕ ДОЖДИ СТАЛИ ПРИЧИНОЙ ПОКРЫТИЯ ДЕРЕВЬЕВ ТЛЁЙ?

На каких деревьях её оказалось больше, а на каких нет вообще?

— При обильных дождях и осадках создаются благоприятные условия для размножения тли в садах. Тля чаще всего встречается на молодых листьях и ветвях в точке роста растения. Причина в том, что молодые ветки и листья содержат много питательных веществ. Большое количество тли, попадающей в сады, наносит ущерб, останавливает рост и развитие растения и оказывает существенное негативное влияние на урожайность.

👉Подробнее

#тля #дожди #сады #кокцинеллид #энтомофаг #златоглазки

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KENG QAMROVLI OSMA CHIZEL-KULTIVATOR SINOVDAN O‘TKAZILDI

🚜Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan tub islohotlar sababli agrotexnikani takomillashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha bir qator ijobiy natijalarga erishilmoqda. Bu borada Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy jamoasi ham doimiy izlanishda.

Shu munosabat bilan yaqinda institutining tuproqqa ishlov berish va ekishni mexanizatsiyalash laboratoriyasi ilmiy jamoasi tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida keng qamrovli osma chizel-kultivator ishlab chiqildi.

Ishlab chiqilgan bu keng qamrovli chizel-kultivatorni amaliyotga joriy etilishi natijasida amaldagi chizel-kultivatordan foydalanishga nisbatan ish unumi kamida 1,6 martaga ortadi, mehnat sarfi va boshqa xarajatlar mos ravishda 31 va 39 foizga kamayadi.

#osma_chizel_kultivator #mexanizatsiya #ilmiy_tadqiqot_instituti
*****
ПРОШЛИ ИСПЫТАНИЯ КОМПЛЕКСНОГО ПОДВЕСНОГО ЧИЗЕЛЬНОГО КУЛЬТИВАТОРА

🚜Благодаря коренным преобразованиям последних лет в агропромышленном комплексе республики, достигнут ряд значимых результатов в совершенствовании и модернизации агротехники. В этой связи научный коллектив НИИ механизации сельского хозяйства проводит постоянные исследования и изыскания на этот счёт.

В связи с этим, научным коллективом лаборатории механизации обработки почвы и посева института, в рамках государственной научно-технической программы разработан комплексный навесной чизель-культиватор.

По оценкам специалистов, в результате внедрения этого комплексного чизель-культиватора производительность повысится не менее чем в 1,6 раза по сравнению с применением существующего агрегата, а трудозатраты и прочие расходы снизятся на 31% и 39 % соответственно.

#навесной_чизель_культиватор #механизаци #НИИ

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥В информационной программе "Новости 24" на канале "Узбекистан 24" вышел в эфир репортаж об экспериментальной деятельности на опытной станции Андижанского научно-исследовательского института зерна и зернобобовых культур.

Прошедший на полях научного центра семинар познакомил специалистов с новыми сортами зерновых и бобовых, апробация которых к почвенно-климатическим условиям Узбекистана проводится в эти дни.

#репост #Узбекистан_24 #Новости_24 #НИИ #зерно

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
“ZAMIN”DA ZAMONAVIY YONDOSHUV

🌾Surxon zaminida qadimdan yer bilan tillasha olgan mirishkor dehqonlar mehnat qilib kelgan. Bugun ham shunday. Birgina misol: Angor tumanidagi bitta klaster misolida fikrimizni davom ettiramiz. “Zamin Angor klaster” MChJ paxtachilik-g‘allachilikka ixtisoslashgan klaster hisoblanadi. Ushbu klasterga qarashli 6 500 gektar yer maydonidan 4 860 gektariga rizq-ro‘zimiz bo‘lgan bug‘doy ekilgan.

Bugun baraka urug‘lari unib, o‘sib, pishib yetildi. O‘rim avj pallada. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ayni ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Surxondaryo viloyatiga ishchi tashrif bilan keldi. Vazir ishni Angor tumanida yuqoridagi klasterga tegishli 22 gektar maydondagi g‘alla o‘rim-yig‘imi bilan tanishishdan boshladi.

Ayni kunda g‘alla o‘rimiga klaster tomonidan 19 ta kombayn jalb qilingan. 130 ta tashish texnikasi hosilni omborxonalarga eltayapti. 70 ta ishchidan iborat 10 ta otryad doimiy mehnat bilan mashg‘ul. Ma'lumotlarga ko‘ra bu yerda har bir gektaridan 100 sentnerdan hosil olishga muvaffaq bo‘lingan. Bugun bozorda bug‘doyning o‘rtacha narxi 3200-3500 so‘mni tashkil qiladi.

#vazir #tashrif #bugdoy #klaster #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram