QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
BALIQ EMAS-QARMOQ BERISH LOZIM

🌱Sarlavhamizdan baliqchilikka bo‘lgan yondoshuv kutmang. Biz ayni kunda xalqning boy va ma'mur yashashi uchun qilinayotgan harakatlar mana shu mezonga asoslanishini nazarda tutdik. Zero barcha ishlar tashkiliy va tizimli ravishda asoslantirilgan bo‘lsa, uning natijasi ham ijobiy bo‘ladi. Fikrimizni bir muncha vaqt avval e'lon qilgan postimiz qahramoni Angor tumanidagi “Zamin Angor klaster” MChJ misolida yana davom ettiramiz. Paxtachilik-g‘allachilikka ixtisoslashgan klaster ayni kunlarda g‘alladan bo‘shagan yerlarni basma-bas ikkilamchi ekin ekish uchun taqdim etishni boshlagan.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov aholiga dehqonchilik uchun “E-Auksion” orqali ajratilgan 11 gektar yer maydonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida navbatdagi manzilga tashrif buyurdi. Angor tumanining 3 ta yirik mahallasida istiqomat qiluvchi jami 50 nafar fuqaro yuqoridagi maydonlarga urug‘ qadash imkoniga ega bo‘lgan. Kam ta'minlangan, ayollar va yoshlar daftarlarida ro‘yxatda turuvchi ushbu hamyurtlarimizga 20 sotixdan 1 gektarga qadar ajratilgan maydon ikkilamchi ekin ekish uchun hozirlangan va bugungi kunda yerga urug‘ qadash ishlari jadallik bilan ketayapti.

Makkajo‘xori, tariq mosh, loviya kabi don va dukkakli ekinlar yuqorida yozganimizdek, ayni hamyurtlarimizga baliq tutish uchun berilgan qarmoqdir. Misol keltiramiz: 20 sotixga ekilgan makkajo‘xori hosilining o‘zidan 15-17 mln so‘m daromad keltirsa, uning poyasi ham alohida pul turadi.

#vazir #tashrif #E_Auksion #ikkilamchi_ekin #makkajoxori #klaster #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CHILLAKI CHILLADAN AVVAL PISHDI

🍇Qishloq xo‘jaligi vaziri boshchiligidagi ishchi guruhning ayni kunlarda Surxondaryo viloyatiga amalga oshirayotgan ishchi tashrifi borasida ma'lumot berib borayapmiz.

Mazkur amaliy tashrifda yana bir yangilikka duch kelindi. Termiz tumani, “Xalqobod” hududidagi aholi xonadonlarida uzumning ertapishar (chillaki) navi g‘arq pishibdi. Odatda bu hudud uchun ham uzumning bu navi bir necha kundan so‘ng hosil yig‘ishga omil bo‘lishi kerak edi. Ammo, bu yilgi ob-havoning o‘ziga hos kelganligi mazkur mevaga ijobiy ta'sir qilgan. Ayni mana shu nav bozor rastalariga va dasturxonlarga tortiq qilishga shay. Ham yetilgan, ham ayni tobida. Qishloq xo‘jaligi vaziri hududda aholi bilan muloqot qildi.

Bog‘dorchilik ko‘nikmalari borasida fikrlashdi. O‘z navbatida chillakini yetilgan boshlarini ko‘zdan kechirib, yangilik hamyurtlarimiz uchun ham o‘ziga hos xushxabar ekanligini e'tirof qildi.

#vazir #tashrif #uzum #chillaki #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
GUARA BODOMLARI ENDI SURXONDA HAM BITADI

🥜Dunyoga mashhur va eksport geografiyasida o‘ziga xos mavqe'ga ega Guara va Avijo bodom navlari mahalliylashtirilmoqda. Buning uchun Samarqand viloyatida joylashgan Invitro laboratoriyasidan birlamchi ko‘chat buyurtma qilinib, dastlabki nihollar yerga ekildi. Surxondaryo viloyatidagi ishchi tashrif doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mazkur amaliyot bilan yaqindan tanishish maqsadida Termiz tumanida bo‘ldi. “Surxon oltin mevalari” MChJ umumiy 185 gektar yerda ish yuritadi.

Shundan 32.7 gektari Termiz tumanida joylashgan bodom bog‘i hissasiga to‘g‘ri keladi. “Xalqobod” hududidagi maydonda yangi intensiv usulda bodom ekish jarayonlari bilan tanishildi. Klaster asosan uzum, o‘rik va bodom yetishtirishga ixtisoslashgan. Bu yildan bodomning dunyoga mashhur navlari sinov tariqasida ekildi. Ta'kid o‘rinli-katta maydonga! 3 yilda navnihollar bo‘yi 2 metrga yetuvchi daraxtga aylanadi. Hosildorlik to‘liq yetuklik davriga kirganida bitta daraxtdan o‘rtacha 50 kilogrammni tashkil etadi.

#vazir #tashrif #bodom #uzum #orik #klaster #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasi orasida o‘zining tirishqoqligi, mehnatsevarligi, xushmuomalaligi, ko‘plab yoshlar uchun namuna bo‘ladigan shijoati bilan alohida hurmat qozongan Nozima Mahmudova ming afsuski, oramizda endi yo‘q.

U oxirgi paytda vazirlik huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazi, Axborot-tahlil multimedia bo‘limi yetakchi mutaxassisi sifatida qisqa vaqt davomida ishlagan bo‘lishiga qaramay samimiy do‘st, fidoyi xodim, jonkuyar mutaxassis sifatida tanilgan edi. 

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasi o‘z ishining ustasi, ijodkor, mas'uliyatli jurnalist Nozima Mahmudovaning bevaqt vafoti munosabati bilan uning ota-onasi va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor qiladi
.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FAOLIYATNING 90 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGАN XALQARO ANJUMAN

🔰Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 24-25-may kunlari Toshkent shahrida “Sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohasida erishilgan ilmiy yutuqlar, muammolar va ularning yechimlari, ishlab chiqarish bilan integratsiya” mavzusida xalqaro miqyosida anjuman o‘tkazildi.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatining 90 yilligiga bag‘ishlangan ushbu anjumanni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekistonda va xorijda sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohalarida so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari, sohadagi mavjud muammolar va ularning ilmiy yechimlari hamda istiqboldagi rejalarni belgilash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

#anjuman #ilmiy_tadqiqot_instituti #kartoshkachilik #sabzavot #poliz_ekinlari

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining informatsion dasturida O‘simliklar Karantini va himoyasi agentligi tomonidan gilos pashshasi, olma mevaxo‘ri va sharq mevaxo‘ri kabi zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida e’lon qilingan dolzarb 15 kunlik tadbirlari doirasida Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar haqida lavha efirga uzatildi.

Unda keng jamoatchilik orasida targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida e’lon qilingan dolzarb 15 kunlik doirasida O‘simliklar Karantini va himoyasi viloyat boshqarmasi inspektorlari dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari, femerlar dalalarida amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
POREY PIYOZI HAQIDA BILASIZMI?

🧅Ilmiy nomi – Allium porrum, “marvarid piyoz” nomiga ega. U asli Osiyoda yetishtirilgan bo‘lib, O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga o‘tgan va hozirda dunyoning ko‘plab mintaqalarida uchratish mumkin.

Porey piyozi haqidagi faktlar:

🟢Xolesterin to‘planishiga to‘sqinlik qiladi, jismoniy va asabiy zo‘riqishda yordam beradi.

🟢Ochiq rangli poyasi inulin, kempferol, allisin va dialliltrisulfid kabi antikanserogen (saratonga qarshi) birikmalarga ega.

🟢C vitaminiga boy va o‘ziga xos xususiyatga ega: uzoq saqlangan poreyda aksorbin kislotasi miqdori 1,5 baravar ortadi.

👉Batafsil

#bu_qiziq #piyoz #porey_piyozi #faktlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ЗНАЕТЕ ЛИ ВЫ О ЛУКЕ-ПОРЕЕ?

🧅Научное название Allium porrum который также называют «жемчужным луком». Первоначально он выращивался в Азии, а затем через Средиземное море попал в Европу, и теперь его можно встретить во многих регионах мира.

Факты о луке-порее:

🟢Препятствует накоплению холестерина, помогает при физическом и нервном напряжении.

🟢Светлый стебель содержит антиканцерогенные (противораковые) соединения, такие как инулин, кемпферол, аллицин и диаллилтрисульфид.

🟢Богат витамином С и обладает уникальным свойством: в луке-порее, хранящемся длительное время, количество аскорбиновой кислоты увеличивается в 1,5 раза.

👉Подробнее

#это_интересно #лук #лук_порей #факты

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 22-27-MAY 2023

🚜ILMIY-TADQIQOT INSTITUTIGA YANGI TEXNIKALAR KELTIRILDI

🍅POMIDORCHILIK: MO‘L HOSIL E’TIBOR VA MEHR TALAB ETADI

💻“E-IJARA” AXBOROT TIZIMI FOYDALANUVCHILAR UCHUN YANADA QULAY BO‘LDI

🔰O‘ZBEKISTON-XITOY: HAMKORLIKDA YANGI EKIN NAVLARI YETISHTIRILMOQDA

🤝O‘ZBEKISTON-ERON: HAMKORLIKDA SUT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARILADI

🌿RAPS – CHORVA MOLLARI UCHUN OQSILGA BOY O‘SIMLIK

👥SHO‘RLANGAN TUPROQLARNI BOSHQARISH: XALQARO ANJUMAN GLOBAL MUAMMO YECHIMIGA BAG‘ISHLANDI

🔰XALQARO ANJUMAN “SABZAVOT, POLIZ EKINLARI VA KARTOSHKACHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI” NING 90 YILLIK FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANDI

🧅POREY PIYOZI: KAMXARJ, EKSPORTBOP MAHSULOT

🌧YOMG‘IRLARNING KO‘P YOQQANI DARAXTLARGA SHIRA TUSHISHIGA OLIB KELDIMI?

🌾“ZAMIN”DA ZAMONAVIY YONDOSHUV

🌱BALIQ EMAS-QARMOQ BERISH LOZIM

🍇
CHILLAKI CHILLADAN AVVAL PISHDI

🥜GUARA BODOMLARI ENDI SURXONDA HAM BITADI

#dayjest #hafta_yakuni #qiziqarli #yangiliklar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM