QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.4K photos
2.66K videos
7 files
9.15K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
VAZIR FARG‘ONALIK GULCHILAR BILAN UCHRASHDI

🌹Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosini ko‘zdan kechirish, yangi tashabbuslar bilan tanishish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qilinayotgan amaliy ishlarga ko‘maklashishdan iborat.

Dastlab Aziz Voitov Farg‘ona shahridagi 101 gektarda tashkil etilgan atirgulchilik kooperatsiyasi bilan tanishdi.

Loyiha qiymati 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan kooperatsiyaga 150 nafar dehqon doimiy asosda biriktirilgan bo‘lsa, 500 nafar ishchi mavsumiy faoliyat yuritadi. Hududda 85 ta oila tomonidan atirgulning 400 xildan ortiq navi ekilib parvarishlanmoqda. Albatta, daromad ham shunga yarasha. Yil davomida 30 million dona atirgul ko‘chatlari ekilib, eksport va mahalliy bozorga yo‘naltiriladi.

#vazir #tashrif #atirgulchilik #kooperatsiya #dehqon #eksport #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM