QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Infografika.png
3.1 MB
20-MAY — BUTUNJAHON ASALARILAR KUNI

🐝Asalarilar sayyoramizning biologik xilma-xilligini saqlashda katta rol o‘ynaydi. Ularning o‘simliklarni changlatishdagi mashaqqatli mehnati tufayli har xil turdagi gullar meva berib, ko‘paya oladi. Asalarilarga bag‘ishlab har yili 20-mayda nishonlanadigan Butunjahon asalarilar kuni xalqaro bayram sifatida nishonlanishi ajablanarli emas.

Butunjahon asalarilar kuni 2018-yildan beri Sloveniya hukumati va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti – FAOning saʼy-harakatlari tufayli, Apimondia koʻmagida nishonlab kelinmoqda. Bayram BMT Bosh Assambleyasining 2017-yil dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan tashkil etilgan.

Ushbu sana zamonaviy asalarichilikning kashshofi Anton Yansha aynan mana shu kunda tug‘ilganligi sabab tanlangan. U qadimiy an'anaga ega asalarichilik muhim qishloq xo'jaligi faoliyati bo'lgan Sloveniyada, asalarichilar oilasidan chiqqan.

Bayramdan maqsad odamlarning e'tiborini changlatuvchilarning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi ahamiyatiga qaratish va asalarichilikning ahamiyatini ko‘rsatishshdir. Asalarilar kunida bu hasharotlarning sayyora ekotizimidagi o‘rni haqida aholining xabardorligini oshirish maqsadida turli tadbirlar o‘tkaziladi.

Asalarilar hasharotlar orasida ijtimoiy uyushganlikning eng yuqori darajasiga ega. Ular katta oilalarda yashaydilar, oilaning har bir a’zosi qat’iy belgilangan vazifalarni bajaradi. Asalarilar oilasidagi barcha a’zolarning muvofiqlashtirilgan mehnati tufayli uyada nasl yetishtirish va odamlar foydalanadigan qimmatbaho mahsulot – asal to‘plash uchun maqbul sharoitlar yaratilgan.

Hozirgi kunda asalarichilik qishloq xoʻjaligining rivojlangan tarmogʻi hisoblanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda asalarilar asal, mum, propolis, ari zahari va boshqa foydali moddalarni ishlab chiqarish uchun odamlar tomonidan faol ravishda o‘zlashtiriladi va ko‘paytiriladi.

#asalarichilik #asal #ari #20_may

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM