QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#seminar #ITI #tajriba

📌 Ayni vaqtda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasida mevali va manzarali ko‘chatlarni payvandlash ishlari bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

📝 Unda institutning Jizzax, Charxin, Qashqadaryo, Surxondaryo, Bandixon, Buxoro, Navoiy, Xorazm va Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyalari xodimlari bilan birga Hindiston davlatidan taklif etilgan mutaxassislar ham ishtirok etishmoqda.

🌱 Seminarda yangi payvandtaglar, onalik bog‘lardan ichki va tashqi bozor uchun xaridorgir, eksportbop navlarni tanlash hamda ularni ko‘paytirish va yetishtirish agrotexnikasiga doir masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
#tajriba_organish

YOSH OLIMLAR XORIJDAGI MARKAZLARGA TAJRIBA O‘RGANISH UCHUN YUBORILMOQDA

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining moliyaviy ko‘magi asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituning yosh olimlaridan besh nafari Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahriga tashrif buyurishdi. U yerda Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi Rossiya davlat agrar sirtqi universitetining professor o‘qituvchilari bilan xalqaro hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH AMALIYOTINING INNOVATSION YO‘NALISHLARI

🚜O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazi (AKIS) tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining 12 nafar rahbari o‘zaro tajriba almashish maqsadida uchrashdilar.

#AKIS #mexanizatsiya #tajriba_almashish #uchrashuv

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
FERMERLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

👥Shu kunlarda Toshkentda o‘tkazilayotgan fermerlar ishtirokida tajriba almashinuv haftaligi doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda respublikaning turli tumanlaridan 200 dan ziyod fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining saylovoldi dasturida ko‘rsatilgan to‘rtinchi strategik maqsaddan kelib chiqib, suv resurslari kamayishining oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi daromadlarini oshirishda fermer xo‘jaliklarining tutgan o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.
*****
СОСТОЯЛСЯ ОТКРЫТЫЙ ДИАЛОГ С ФЕРМЕРАМИ

👥В рамках недели обмена опытом с участием фермеров, которая проходит в эти дни в Ташкенте, была организована встреча с представителями Министерства сельского хозяйства.

Следует отметить, что в ходе мероприятия, на котором принимают участие более 200 глав фермерских хозяйств из разных районов республики, руководители министерств, ведомств и организаций постоянно ищут пути решения проблем фермеров. Сегодня в рамках недели обмена опытом с фермерами встретились руководство и ответственные работники министерства.

#uchrashuv #tajriba_almashinuv_haftaligi #oziq_ovqat_xavfsizligi #встреча #неделя_обмена_опытом #продовольственная_безопасность

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FUNDUK YETISHTIRISH BO‘YICHA OZARBAYJON TAJRIBASI

🔰Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan ushbu davlatda bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Prezidentning davlat tashrifi dasturi doirasida har ikki davlatning turli vazirlik va tashkilotlari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida amaliy uchrashuvlar o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Ozarbayjonning shimolida joylashgan “Agrarko” kompaniyasiga qarashli o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan obyektlarda bo‘ldi.

Maqsad esa dunyo miqyosida talab oshib borayotgan o‘rmon yong‘og‘ini aynan o‘zimizni yurtda ham o'zlashtirish. Buning uchun bu ishni puxta yo‘lga qo‘ygan ozar hamkasblarning ishlari bilan yaqindan tanishish.

Agrar soha obyektlari bilan tanishuv chog‘ida Azizi Voitovga Ozarbayjon Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Mejnun Mamedov hamrohlik qilar ekan, mamlakatda nafaqat o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish borasida, balki butun agrar sohada olib borilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Vazir Aziz Voitov korxona faoliyati bilan tanishar ekan, soha mutaxassislari bilan o‘rmon yong‘og‘ini qayta ishlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, bugungi kunda dunyo miqyosida ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj korxonaning eksport ko‘rsatkichlari haqida ham fikr almashdi.

#Ozarbayjon #funduk #tajriba

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARINI YETISHTIRISH VA PARVARISHLASHDA KORЕYA TAJRIBASI

🇺🇿 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Koreyaning Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro hamkorlik instituti bosh direktori Professor Li Dong-Jin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligida ilm-fan yutuqlarining ahamiyati va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, parvarishlashda ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.

🤝 Suhbat chog‘ida Davlatimiz rahbarining 2022-yil 14-iyuldagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Ahmad Yassaviy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazi”ning (qiymati 3,7 mln AQSH dollari) 2 qavatli bino-inshootlari to‘liq qurib bitkazilgani va zaruriy jihozlar bilan ta’minlangani haqida fikr almashildi.

🌱 Suhbatda professor Li Dong-Jin tomonidan markazda Koreyadan tashrif buyurgan olimlar ishtirokida Koreya tajribasi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, parvarishlash yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi tashkilotlar xodimlari, Ilmiy-tadqiqot va Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr, magistr hamda ilmiy izlanuvchilarini malakalarini oshirish, shu bilan bir qatorda fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda aholi tomorqalarida meva-sabzavot yetishtiruvchi aholining keng qatlamini seminar-treninglar orqali o‘qitib malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsad qilingani haqida ma’lumot berildi.

Batafsil

#hamkorlik #tajriba_almashinuv #ilmiy_muloqot

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
LOKAL O'G'ITLASH AGREGATI SINOVDAN O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi agrar soha bilan band bo‘lgan yurtdoshlarimizning mehnatlarini yengillashtirish borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan institutning “Ekish va o'simliklarni parvarishlash mashinalari” laboratoriyasi tayanch doktorantlari A.Xadjiev va B.Ramazanovlar institutning tajriba xo'jaligida poliz ekinlari ekiladigan maydonlarga organik o'g'itlarni lokal solib, ekish pushtalarini shakllantiruvchi kombinatsiyalashgan agregatni dala-tajriba sinovidan o'tkazishdi.

Shuni aytib o‘tish kerakki bugun dunyo miqyosida agrar sohadagi qo‘l mehnatini yengillashtirish, dala va bog‘larda amalga oshiriladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yaqinda Germaniyaning Gannover shahrida bo‘lib o‘tgan "Agritechnica-2023" xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida agrar soha rivojlangan davlatlarning yirik ishlab chiqaruvchilari tomonidan namoyish etilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari ham bunga misol bo‘la oladi.

Bu jihatdan olib qaraganda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining faoliyat yuritishi yuqorida aytib o‘tganimiz— dehqonu-fermerlarimizning ishlarini yengillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Tajriba sinov davomida agregatning o'g'it solish uchun egatlar ochadigan diskli va ularni ko'mib, pushtalar hosil qiladigan ag'dargichli ishchi organlari hamda organik o'g'itni uzluksiz bir me'yorda berishga xizmat qiladigan gumbazbuzgich-maydalagichning ish jarayonlari ko‘rib chiqildi.

Sinov natijasiga ko‘ra, kombinatsiyalashgan agregat belgilangan barcha texnologik jarayonlarni to'liq va ishonchli bajara olishi aniqlandi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #mexanizatsiya #tajriba_sinov #kombinatsiyalashgan_agregat #agritechnica_2023

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM