QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI IMTIYOZLARDAN XABARDORMISIZ?

📝Davlatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligida mehnat qilayotgan fermer-dehqonlar, agrofirmalar uchun qator imtiyozlar berilgan. Afsuski, hamma ham ulardan xabardor emas. Bugungi jamlanmamizni bilmaganga – yangilik, bilganga eslatma o‘laroq taqdim etamiz.

🍋Limonchilik. Yangi limonzorlar barpo etish va ko‘chatlar xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming so‘mgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi. Subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasining ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga taqdim etilgandan so‘ng 1 oy muddatda ajratiladi.

🚜Paxtachilik. Qonunchilikka ko‘ra, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning paxta terish orqali topgan daromadiga soliq solinmaydi. Shuningdek, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar ijtimoiy soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

🐄Chorvachilik. Yaqinda qabul qilingan Prezident qaroriga ko‘ra, chorvachilik klasterlariga:

🟢60 million AQSh dollari miqdorida kreditlar ajratiladi;
🟢paxta va g‘alla ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga har bir tumanda kamida 100–150 gektar maydon ozuqabop ekinlar ekish uchun ajratiladi.

👉Batafsil

#qonunchilik #subsidiya #kreditlar #agrobiznes #limonchilik #paxtachilik #chorvachilik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM