QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#buqiziq #ekinlar

BAQLAJON HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR

🍆 To‘yimli, mazali va foydali mahsulot bo‘lgan baqlajon mamlakatimizda va butun dunyoda turli taomlar tayyorlash va konservalashda foydalaniladi. Sizga baqlajon haqida ba’zi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishishni taklif qilamiz:

🔰 Baqlajonlar turli ranglarda bo‘ladi: oq, sariq, yo‘l-yo‘l, binafsha va deyarli qora tusda.

🔰Ko‘pchilik uchun baqlajon sabzavot hisoblanadi, lekin botanika nuqtai nazaridan u rezavorlar safiga kiradi.

🔰 Baqlajon birinchi marta zamonaviy Hindiston hududida paydo bo‘lgan va u yerdan butun dunyo bo‘ylab tarqala boshlagan.

🔰Baqlajondan nafaqat oziq-ovqat, balki kosmetik preparatlar ham tayyorlanadi.

🔰Eng foydalisi deyarli qora rangga ega bo‘lgan uzun cho‘zinchoq shakldagisi hisoblanadi.

🔰Tarkibida mis ko‘p bo‘lgani tufayli homilador ayollar va kamqonlikdan aziyat chekadigan insonlar uchun foydali, gemoglobin miqdorini oshiruvchi mahsulotlardan biridir.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#buqiziq #agrartexnologiya #top10
👨🏻‍💻 O‘g‘itni qayerga va qancha miqdorda solish kerak? Kelgusi yil hosili qanday bo‘ladi? Hozir texnika qayerda? Fermerlarning shu va boshqa ko‘plab savollariga gadjetlar va yangi texnologiyalar javob bermoqda.

🤖 Bugun ruknimizda qishloq xo‘jaligini tez orada o‘zgartiradigan 10 ta innovatsion texnologiya bilan tanishishni taklif qilamiz.
————
#этоинтересно #агротехнологии #топ10
👨🏻‍💻 Куда и сколько внести удобрений? Какая урожайность будет в следующем году? Где сейчас находится техника? На эти и многие другие вопросы аграриев уже помогают ответить гаджеты и новые технологии.

🤖 Сегодня в нашей рубрике предлагаем познакомиться с 10-ю инновационными технологиями, которые в скором времени изменят сельское хозяйство.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#buqiziq

🌳 Yong‘oq terish mavsumi boshlanmoqda. O‘rim-yig‘im mintaqaga bog‘liq, ammo odatda avgust oyining oxiri - sentyabr oyining oxirida amalga oshiriladi. Kimdir yashil qobig‘idaligida yong‘oqni daraxtdan yig‘ib oladi, boshqalar u to‘liq pishguncha kutadi, bunda yashil qobiq o‘z-o‘zidan ajrala boshlaydi va yong‘oq yerga to‘kiladi, shundan so‘ng yig‘ish boshlanadi.

🚜 Bugungi ruknimizda sanoat bog‘ida yong‘oq yig‘ish va daraxtlarni kesishda maxsus qishloq xo‘jaligi mashinalari qanday yordam berishini tomosha qilishga taklif qilamiz.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#этоинтересно

🌳 Начинается сезон сбора грецкого ореха. Сбор урожая зависит от региона, но обычно он приходится на конец августа – конец сентября. Кто-то срывает орех с дерева в зеленом околоплоднике, другие ждут, пока орех полностью созреет, зеленая кожура начинает сама отделяться и орех падает, после чего и приступают к уборке урожая.

🚜 Сегодня в нашей рубрике предлагаем вам посмотреть, как в сборе грецкого ореха и обрезке деревьев в промышленном саду помогают специальные сельскохозяйственные машины.

https://t.me/uzagroministry/7382
#buqiziq

🍂 Anor mavsumi ayni qizg‘in pallada. Bugun #buqiziq ruknimizda u haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

♦️ Anor qadimgi Misrda bo‘lgani haqida maʼlumotlar bor. Jang oldidan anor yeyish jangchini kuchli va yengilmas qiladi, deb ishonishgan.

♦️ Turk qahvaxonalarida anor sharbati kuchli afrodiziak sifatida beriladi. Kleopatra lablarini anor sharbati bilan bo‘yagan degan afsona mavjud.

♦️ Anorni tanlashda shuni bilish kerakki, po‘stlog‘i quribroq qolgan va donalari biroz bo‘rtib chiqqan bo‘lsa, u pishgan bo‘ladi.

♦️Anor juda kuchli antioksidantlarga ega, shu sababli, u qizil sharob yoki ko‘k choyga qaraganda uch baravar foydalidir.

♦️ Anorni quritsa bo‘ladi, bunda foydalilik xususiyati yo‘qolmaydi.
#buqiziq

💧Kuniga sakkiz stakan suv ichish kerak, degan ma’lum va mashhur qoida bor. Ammo ko‘pchiligimiz suvni nafaqat ichish, balki "eyish" ham mumkinligi haqida unutib qo‘yamiz. Kundalik H2O ning tahminan 20 foizi qattiq yeguliklardan, ayniqsa meva va sabzavotlardan kelib tushadi.

🥒 Bizning bugungi #buqiziq ruknimizda tarkibida suv miqdori eng ko‘p bo‘lgan top sabzavotlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishing.

Obuna bo'ling:
WWW / TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#buqiziq #sarimsoqpiyoz

Sarimsoqning asosiy turlari, ularning ta’mi va bir-biridan farqi haqida

🧄SARIMSOQ TURLARI:

Chinni tusli
- yorqin oq rangda, piyozboshlari katta, 5-7 ta tishi bor. Hidi keskir, ta’mi achchiq.

Qizil - o‘lchamli o‘rtacha, uzoq muddatli saqlash uchun mos. Bir oz shirin, qovurilgan piyoz kabi is taraladi.

Filnusxa - porey piyozining bir turi. Piyozboshlari yarim kilogrammga yetishi mumkin, har birida 5-7 ta tish bor.

Vyetnamcha - tarkibida shakar miqdori yuqori. Yumshoq o‘tkir, yoqimli ta’m ga ega.

Siyohrang gleyzer- chiroyli binafsha rang. Barqaror ta’mga ega, juda o‘tkir emas. Oson tozalanadi.

Italyancha - to‘q qizil rangga ega. Juda keskin ta’mli. Tishlari baquvvat va katta, tozalash oson.

👉O‘zbekistondagi sarimsoq navlari haqida esa bu yerda yozgan edik

WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
#buqiziq

Oʻzbekiston Respublikasida umumiy yer maydoni 44892,4 ming gektarni tashkil etadi, ammo qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar maydoni atigi 20236,1 ming gektar.

Tuproq haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar:

🥄 Bir osh qoshiq tuproqda tirik organizmlar soni yer yuzidagi odamlarga qaraganda koʻproq

🥗 Oziq-ovqatimizning 95 foizi yer ostida va ustida o'sadi

💧Tuproq tarkibidagi uglerod hajmi boʻyicha sayyoramizda okeanlardan keyin ikkinchi oʻrinda turadi va Yerdagi eng yirik suv filtridir.

💨Tuproq iqlimni tartibga solishga yordam beradi. Sayyoramiz isib bormoqda va toʻgʻri foydalaniladigan tuproqlar uglerodni saqlash va parnik gazlari chiqindilarini kamaytirish orqali iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatishga qodir.

🐾 Tuproq – bu uy. Hisob-kitoblarga koʻra, yer yuzidagi barcha hayvonlarning toʻrtdan bir qismidan oʻrtig'i hayotining kamida bir qismini tuproqda oʻtkazadi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#buqiziq

"Ob-havo" va "iqlim" tushunchalari nimasi bilan farq qiladi?

👆 Mark Tven juda topib aytganidek: "Iqlim – biz kutadiganimiz, ob-havo – alal-oqibat chekkamizga tushadigani". Derazadan tashqariga qarab iqlimni kuzatib bo‘lmaydi.

☔️ Ob-havo - atmosferaning muayyan vaqtda yoki cheklangan vaqtda (masalan, bir sutkada yoki oyda) ma’lum bir nuqtadagi holati. Ya’ni ob-havo - bu ba’zi meteorologik elementlar: havo harorati va namligi, atmosfera bosimi, bulutlilik va boshqalarning holati. Shuning uchun, yozda kun bo‘yi to‘satdan yomg‘ir yog‘sa, bu yomon ob-havodan darak beradi.

🌅 Iqlim - ma’lum bir nuqtadagi ob-havoning uzoq vaqt davomidagi (bir necha o‘n yilliklar) o‘rtacha qiymati. Masalan, yoz odatda issiq va quruq, qishi salqin va yomg‘irli, qor tekis hududlarga kamdan-kam hollarda yog‘adi. O‘zbekistonning keskin kontinental iqlimini qisqacha mana shunday ta’riflash mumkin.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🪡 Bugun #buqiziq ruknimizda Yaponiyadagi maxsus zavodda eng yuqori sifatli ipak iplar qanday ishlab chiqarilishini tomosha qilishni taklif etamiz. Zavodda tayyorlov jarayonining butun sikli qamrab olingan bo‘lib, bu yerda xodimlar ishni ipak qurti yetishtirishdan boshlashadi va eng oxirgi bosqich - tayyor iplar sotish uchun qadoqlanishi bilan tugallanadi.

💮 Zavoddagi deyarli har bir bosqich avtomatlashtirilgan, barcha konveyerlar va xonalar doimo toza va steril holatda saqlanadi. Bu nafaqat zavod ishchilarining o‘zi, balki eng yuqori sifatli ipak ip olishda ham muhim ahamiyatga ega.
———————-

🪡 Сегодня в нашей рубрике #этоинтересно предлагаем вам посмотреть, как на специальном заводе в Японии получают шелковые нити высшего качества. Процесс на заводе налажен с самого начала, где сотрудники завода начинают взращивание тутового шелкопряда с самой ранней стадии и до завершения последней стадии, когда нити в готовом виде упаковывают для продажи.

💮 Почти каждый этап на заводе автоматизирован, а все конвейеры и помещения поддерживаются в постоянной чистоте и стерильности. Это важно не только для самих работников завода, но и для получения шелковой нити наивысшего качества.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM