QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.3K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
AHOLINING IJTIMOIY MUHOFAZASINI KO‘ZLAGAN LOYIHALAR

🌱Seminar doirasida Sirdaryo viloyatdagi Boyovut tumanida joylashgan Ijtimoiy issiqxonalar” faoliyati bilan ham tanishildi.

Prezident tashabbusi bilan respublikada foydalanilmay bo‘sh turgan dala chetlarida hamda kollektor-drenajlar atroflarida ixcham Ijtimoiy issiqxonalar tashkil qilinib, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga tayyor holda ajratilishi belgilangan.

Boyovut tumanida ham “Boyovut limonchlik klasteri” MChJning 148 gektar maydonida jami 1600 ta quyosh nuridan isitiladigan “Ijtimoiy issiqxonalar” tayyor holda qurib, aholiga topshiriladi. Bu esa 3200 dan ortiq aholi bandligi ta`minlanishi demakdir. Ijtimoiy issiqxonalarni qurib, ishga turishishga xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 15 mln dollar yo‘naltiriladi.

E`tiborlisi, tumanda 2,5 sotixli issiqxona tayyor holda qurib, aholiga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan kredit hisobidan topshiriladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, issiqxonalardan yiliga 2-3 marta hosil olinib, 5-6 ming dollar daromad ko‘riladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir loyiha bilan tanishish maqsadida seminar qatnashchilari tumandagi "Hasanboy-Husanboy" fermer xo‘jaligida bo‘ldilar. Bu yerda ular takroriy ekinlar ekish hamda ehtiyojmand oilalarga 1 gektardan yer maydoni ajratish jarayoni bilan tanishishdi.

Fermer xo‘jaligida g‘alladan bo‘shagan 10 gektar yer maydonlariga mosh kabi dukkakli ekinlar ekilib, “S.Ayniy” MFY da istiqomat qilayotgan 10 nafar ehtiyojmand oilalarning har biriga 1 gektardan ajratib berildi. Agar 1 gektardan 2 tonnadan mosh hosili olinadigan bo‘lsa, har bir oila o‘rtacha 20 mln so‘mdan sof daromadga ega bo‘ladi. Mana sizga imkoniyat, mana sizga daromad.

#seminar #Ijtimoiy_issiqxona #takroriy_ekin #Sirdaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ILG‘OR TASHABBUSLARNI QO‘LLASHDA SIRDARYO TAJRIBASI O‘RGANILDI

🔰Avval xabar berganimizdek, Sirdaryoda agrar sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev, Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tumanlar hokimlari va soha vakillari qatnashdi.

Seminarning nazariy qismida qishloq xo‘jaligiga jahon tajribasini, zamonaviy agrotexnika va texnologiyalarni mahalliy sharoitga moslashtirgan holda joriy qilish, bu boradagi e’tiborga molik jihatlar xususida fikr almashildi.

Tadbirning amaliy qismida viloyatdagi agrar soha obektlarga tashrif buyurilib, ular faoliyati bilan atroflicha tanishildi.
*****
СЫРДАРЬИНСКИЙ ОПЫТ ПРИМЕНЕНИЯ ПРОГРЕССИВНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

🔰Как мы уже сообщали, в Сырдарьинской области прошел семинар, посвященный изучению и внедрению передового опыта в агропромышленном комплексе.

В мероприятии приняли участие советник Президента Республики Узбекистан Шухрат Ганиев, министр сельского хозяйства Азиз Воитов, министр водного хозяйства Шавкат Хамраев, хоким Сырдарьинской области Акмалджон Махмудалиев, а также хокимы районов и представители агросферы. Сегодня в аграрном секторе области реализуются крупные инновационные проекты, выдвигаются новые идеи и инициативы.

Цель семинара заключалась в том, чтобы поближе познакомить специалистов со всех регионов с прогрессивными тенденциями и в дальнейшем распространить полученный опыт по всей республике. Соответственно, практическая часть мероприятия состояла из визитов на различные сельскохозяйственные объекты области с подробным знакомством с их деятельностью.

#seminar #qishloq_xojaligi #suv_xojaligi #paxta #tomchilatib_sugorish #hosildorlik #uzumzor #Ijtimoiy_issiqxona #takroriy_ekin #Sirdaryo #семианр #сельскохозяйственные_объекты #капельное_орошение #урожай #виноградарство #Сырдарья

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM