ZAMIN NEʼMATLARI – AHOLI DASTURXONIGA
🔰Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanidagi “Yangiqo'rg'on agro invest” MCHJ faoliyati serhosil zaminimiz neʼmatlarini qayta ishlab, ichki va tashqi bozorga yetkazib berishdan iborat.
Jamiyatga qarashli jami 110 gektar yer maydonida bogʻdorchilik tashkil etilgan. Klasterga aylanitirilgach, Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 641 ta fermer xoʻjaliklariga qarashli 6 647 gektar yer maydonlari ham biriktirib berildi.
Raqamlarga qaraydigan boʻlsak, 2020-2021-yillarda korxona tomonidan jami 30 ming tonna, shundan 20 ming tonna olma, 1,5 ming tonna oʻrik, 1,5 ming tonna shaftoli, 2 ming tonna olcha, 3 ming tonna pomidor, 1 000 tonna anor, 500 tonna qulupnay, 300 tonna limon, 200 tonna malina mahsulotlari qayta ishlangan.
#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #klaster #qayta_ishlash #Namangan
*****
ДАРЫ ПРИРОДЫ НА ДАСТАРХАНАХ УЗБЕКИСТАНЦЕВ
🔰Деятельность ООО «Янгикурган Агро Инвест» в Янгикурганском районе Наманганской области заключается в переработке даров нашей плодородной земли и поставке их на внутренний и внешний рынки.
Садовое хозяйство было создано на 110 гектарах. После внедрения кластерной системы за обществом было закреплено 6 647 гектар площадей 641 фермерского хозяйства Янгикурганского района.
Статистика такова - в 2020-2021 годы предприятие переработало 30 тысяч тонн сельхозпродукции, в том числе 20 тысяч тонн яблок, 1,5 тысячи тонн абрикосов, 1,5 тысячи тонн персиков, 2 тысячи тонн черешни, 3 тысячи тонн томатов, 1 тысяча тонн гранатов, 500 тонн клубники, 300 тонн лимонов и 200 тонн малины.
#сельское_хозяйство #министр #визит #кластер #переработка #Наманган
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram

HAMKORLIK YO‘NALISHLARI ANIQLASHTIRIB OLINDI
🤝 O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri hamda Vengriyaning “Bonafarm Group” kompaniyasi vakillarining onlayn-uchrashuvi o‘tkazildi.
Vazir Aziz Voitov O‘zbekiston vengriyaliklar bilan keng ko‘lamli hamkorlik uchun ochiq ekanligini, parrandachilik sohasida rejalashtirilayotgan loyiha ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini bildirdi.
Mazkur tashrif davomida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi o‘laroq, bu galgi uchrashuvda yirik investitsion loyihalar uchun O‘zbekistonda yaratilgan soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar, qishloq xo‘jaligi sohasida amal qilib kelayotgan 40 dan ziyod turdagi subsidiyalar va boshqa imkoniyatlar haqida ma'lumot almashildi, parrandachilik klasteri uchun qulay yer tanlash va hamkorlikning boshqa nuqtalari atroflicha muhokama qilindi.
#xalqaro_hamkorlik #vazir #video_konferensiya #qishloq_xojaligi #parrandachilik #klaster

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“ZAMIN”DA ZAMONAVIY YONDOSHUV
🌾Surxon zaminida qadimdan yer bilan tillasha olgan mirishkor dehqonlar mehnat qilib kelgan. Bugun ham shunday. Birgina misol: Angor tumanidagi bitta klaster misolida fikrimizni davom ettiramiz. “Zamin Angor klaster” MChJ paxtachilik-g‘allachilikka ixtisoslashgan klaster hisoblanadi. Ushbu klasterga qarashli 6 500 gektar yer maydonidan 4 860 gektariga rizq-ro‘zimiz bo‘lgan bug‘doy ekilgan.
Bugun baraka urug‘lari unib, o‘sib, pishib yetildi. O‘rim avj pallada. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ayni ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Surxondaryo viloyatiga ishchi tashrif bilan keldi. Vazir ishni Angor tumanida yuqoridagi klasterga tegishli 22 gektar maydondagi g‘alla o‘rim-yig‘imi bilan tanishishdan boshladi.
Ayni kunda g‘alla o‘rimiga klaster tomonidan 19 ta kombayn jalb qilingan. 130 ta tashish texnikasi hosilni omborxonalarga eltayapti. 70 ta ishchidan iborat 10 ta otryad doimiy mehnat bilan mashg‘ul. Ma'lumotlarga ko‘ra bu yerda har bir gektaridan 100 sentnerdan hosil olishga muvaffaq bo‘lingan. Bugun bozorda bug‘doyning o‘rtacha narxi 3200-3500 so‘mni tashkil qiladi.
#vazir #tashrif #bugdoy #klaster #Surxondaryo

BALIQ EMAS-QARMOQ BERISH LOZIM
🌱 Sarlavhamizdan baliqchilikka bo‘lgan yondoshuv kutmang. Biz ayni kunda xalqning boy va ma'mur yashashi uchun qilinayotgan harakatlar mana shu mezonga asoslanishini nazarda tutdik. Zero barcha ishlar tashkiliy va tizimli ravishda asoslantirilgan bo‘lsa, uning natijasi ham ijobiy bo‘ladi. Fikrimizni bir muncha vaqt avval e'lon qilgan postimiz qahramoni Angor tumanidagi “Zamin Angor klaster” MChJ misolida yana davom ettiramiz. Paxtachilik-g‘allachilikka ixtisoslashgan klaster ayni kunlarda g‘alladan bo‘shagan yerlarni basma-bas ikkilamchi ekin ekish uchun taqdim etishni boshlagan.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov aholiga dehqonchilik uchun “E-Auksion” orqali ajratilgan 11 gektar yer maydonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida navbatdagi manzilga tashrif buyurdi. Angor tumanining 3 ta yirik mahallasida istiqomat qiluvchi jami 50 nafar fuqaro yuqoridagi maydonlarga urug‘ qadash imkoniga ega bo‘lgan. Kam ta'minlangan, ayollar va yoshlar daftarlarida ro‘yxatda turuvchi ushbu hamyurtlarimizga 20 sotixdan 1 gektarga qadar ajratilgan maydon ikkilamchi ekin ekish uchun hozirlangan va bugungi kunda yerga urug‘ qadash ishlari jadallik bilan ketayapti.
Makkajo‘xori, tariq mosh, loviya kabi don va dukkakli ekinlar yuqorida yozganimizdek, ayni hamyurtlarimizga baliq tutish uchun berilgan qarmoqdir. Misol keltiramiz: 20 sotixga ekilgan makkajo‘xori hosilining o‘zidan 15-17 mln so‘m daromad keltirsa, uning poyasi ham alohida pul turadi.
#vazir #tashrif #E_Auksion #ikkilamchi_ekin #makkajoxori #klaster #Surxondaryo

GUARA BODOMLARI ENDI SURXONDA HAM BITADI
🥜Dunyoga mashhur va eksport geografiyasida o‘ziga xos mavqe'ga ega Guara va Avijo bodom navlari mahalliylashtirilmoqda. Buning uchun Samarqand viloyatida joylashgan Invitro laboratoriyasidan birlamchi ko‘chat buyurtma qilinib, dastlabki nihollar yerga ekildi. Surxondaryo viloyatidagi ishchi tashrif doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mazkur amaliyot bilan yaqindan tanishish maqsadida Termiz tumanida bo‘ldi. “Surxon oltin mevalari” MChJ umumiy 185 gektar yerda ish yuritadi.
Shundan 32.7 gektari Termiz tumanida joylashgan bodom bog‘i hissasiga to‘g‘ri keladi. “Xalqobod” hududidagi maydonda yangi intensiv usulda bodom ekish jarayonlari bilan tanishildi. Klaster asosan uzum, o‘rik va bodom yetishtirishga ixtisoslashgan. Bu yildan bodomning dunyoga mashhur navlari sinov tariqasida ekildi. Ta'kid o‘rinli-katta maydonga! 3 yilda navnihollar bo‘yi 2 metrga yetuvchi daraxtga aylanadi. Hosildorlik to‘liq yetuklik davriga kirganida bitta daraxtdan o‘rtacha 50 kilogrammni tashkil etadi.
#vazir #tashrif #bodom #uzum #orik #klaster #Surxondaryo

MINTAQADA EKINLAR HOSILDORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI TAHLIL QILINDI
🔰O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning ishchi tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik.
Tashrif doirasida vazir Xo‘jayli tumanidagi sholi ekishga mo‘ljallangan yer maydonlarini ham ko‘zdan kechirdi. Aytish mumkinki, sholi aynan ball boniteti to‘g‘ri keladigan yerlarga ekilishi maqsadga muvofiqdir.
Aziz Voitov ishchi tashrif doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida ham bo‘ldi. Bu yerda zamonaviy issiqxona majmuasi bilan tanishuvni davom ettirdi. 10 gektar yer maydonidagi issiqxonada gidroponika usulida tashqi bozor talablaridan kelib chiqqan holda mahsulot yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.
Aynan mana shu kunlar mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlari parvarishiga juda katta e’tibor qaratiladigan oy desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Issiqning boshlanishi barcha ekin turlaridan yuqori hosil olish uchun har tomonlama maqbul yetishtirish uslubiyatiga o‘tishni talab qiladi. Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi tashrif lokatsiyasi – Kegeyli tumanidagi paxta dalasida bunga e’tibor bilan yondashildi.
#vazir #tashrif #klaster #issiqxona #sholi #Qoraqalpogiston

INNOVATSIYA, STARTAP VA YANGILANISHLAR OG‘USHIDAGI QORAQALPOG‘ISTON
🔰Qoraqalpoq zamini tarixan qishloq xo‘jaligi uchun maqbul hudud sifatida qayd etilgan. Ayni davrda ham shunday. Mintaqa uchun o‘ziga xos agrar tarmoq yo‘nalishlari bor. Bu paxtachilik, don-dukkakli o‘simliklar, sholichilik, chorvachilik, baliqchilik va bog‘dorchilik.
Mazkur ko‘rsatkichlar Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazgan amaliy uchrashuvlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Nukus tumani “Biogumus farm” startapini olib ko‘raylik. 60 gektar yerga pomidorning Italiyadan olib kelingan “Sanmarsano” navi ekilgan.
Organika yetishtirish uslubiga xos navlar 30 gektarga joylangan. Usuli shunday. Kasallikka va tuproq sho‘rlanishiga chidamli. Har tupidan 280 kilogrammga qadar meva beradi, qoyilmisiz? Hosili uzunchoq, bizni bozorlarda ko‘zga tashlanmaydigan nav. Ko‘zimiz o‘rganmagan-da. Ammo Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan xaridor bisyor. Yillik eksport 310 ming dollar. Loyiha qiymati – 3,07 mlrd so‘m. Korxonada 90 ta doimiy, mavsumda qo‘shimcha 110 nafar ishchi mehnat bilan ta'minlangan. Hali bu hammasi emas. Uning biznes rejalari bor. Pomidorga yog‘ aralashmasida ishlov berib, qo‘shimcha qiymat yaratish niyatida. Shunda 1 dollarlik mahsulot, tayyor 7-10 dollarlik qiymat hosil qiluvchi mahsulotga aylanadi.
#vazir #tashrif #klaster #startap #sholichilik #chorvachilik #baliqchilik #Qoraqalpogiston

SURXONDARYOLIK G‘ALLAKORLAR MAMLAKATIMIZDA BIRINCHI BO‘LISHDI
🌾89,3 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar g‘alla navlarini parvarishlagan surxondaryolik g‘allakorlar shu kungacha qabul punktlariga 209 ming 185 tonna sara don topshirib, shartnomaviy rejani 101,1 foizga bajardilar.
Jumladan, Angor, Termiz, Denov, Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi bir qator fermer xo‘jaliklari 95-100 sentnerdan hosil olib, viloyat xirmoniga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdi.
Viloyat g‘allachiligidagi bu muvaffaqiyat qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning jadallashganligi, klasterlar faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi, fermerlarning moddiy manfaatdorligi, yerga, mulkka egalik hissining oshganligi, zamonaviy usullarning izchillik bilan joriy etilganligi samarasidir.
Joriy yilda Surxondaryo g‘allakorlari gektarlar hosildorligini o‘rtacha 76,6 sentnerga yetkazib, mavjud maydonlardan 695 ming 500 tonna sara don ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda. Viloyatda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda.
#G'alla #Surxondaryo #o'rim_yig'im #klaster

TOSHKENT VILOYATI: DALADA – G‘ALLA, ZOVUR CHETLARIDA – SABZAVOTLAR PISHIB YETILDI
🌾Ayni damda yurtimiz dalalarida g‘alla o‘rim-yig‘imi avj pallada. Bu yil Toshkent viloyatida 14 ta g‘allachilik klasteri hamda 2 ming 529 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 106 ming gektar maydonda g‘alla yetishtirildi.
Viloyatda g‘alla o‘rish 5-iyundan boshlangan bo‘lib, 20-iyun holatiga ko‘ra, jami 205 ming 52 tonna g‘alla sotildi. Bu rejaning 76,8 foizi demakdir.
Viloyat miqyosida olganda, 6 721 ta fermer xo‘jaligining 5 510 gektar dala chetlari o‘zlashtirilib, 14 mln 387 ming dona ko‘chat ekildi. Bundan tashqari, 569 gektar yerga poliz, sabzavot va boshqa ekinlar ekildi. Qolaversa, dala shiyponlarida asalari uyalari saqlash, parrandalar parvarishlash urfga aylandi.
#G'alla #o'rim_yig'im #klaster #sabzavot #dala_chetlari

“BONAFARM GROUP” PARRANDACHILIK KLASTERINI TASHKIL ETISH INVESTITSIYA LOYIHASINI BOSHLADI
🤝 Joriy yilning 6-iyul kuni Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov va Vengriyaning “Bonafarm Group” kompaniyasi bosh direktori Attila Chanyi oʻrtasida onlayn muloqot boʻlib oʻtdi.
Samimiy va do‘stona ruhda oʻtgan muloqot avvalida vengriyalik hamkorlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi bugungi jadal yig‘im-terim ishlariga qiziqishlarini bildirdilar.
Shundan so‘ng kompaniya vazirlikka mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasiga sarmoya kiritish shartlari, qiymati va ular ko‘rsatilgan yozma taklifni yaqin kunlarda kiritish niyatida ekanligini bildirdi.
Muloqot chog‘ida, avgust oyi oxiriga qadar loyiha doirasida ishchi guruh shakllantirilib, har ikki tomondan aniq vakillar biriktirilishi kerakligi ham ta’kidlandi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, “Bonafarm Group” kompaniyasi 2009-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Vengriyadagi chorvachilik, sut, vinochilik va parrandachilik sohalarida faoliyat yurituvchi eng yirik agro-oziq-ovqat guruhidir.
Ushbu yirik kompaniyaning savdo aylanmasi 1,9 milliard dollarni tashkil etadi. Bugungi kunda kompaniyada 8400 dan ortiq xodim va mutaxassislar mehnat qilishmoqda.
#xalqaro_hamkorlik #vazir #klaster #parrandachilik #video_konferensiya
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram