QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🔰Xo‘jalik yurtishning yangi mexanizmi – klaster va kooperatsiyalar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi va ularda “amaliyot-ilm-innovatsiya” tizimi uyg‘unlashdi. Bugungi kunda 833 ta agroklasterlar va 200 dan ortiq kooperativlar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yildi.

Paxtachilik klasterlariga jami 5,3 mlrd dollar, shundan qishloq xo‘jaligiga 1,2 mlrd dollar investitsiyalar kiritildi.

Innovatsiyalar va zamonaviy texnikalar joriy qilish hisobiga hosildorlik 29 sentnerdan 2022-yilda 34 sentnerga oshdi. Paxta yetishtirishda majburiy va bolalar mehnatiga barham berildi, BCI sertifikatlash tizimi joriy qilinmoqda.

Paxta xom ashyosi 100 foiz chuqur qayta ishlanmoqda, Cotton Campaign tashkiloti boykotni bekor qildi (2022-yil mart).

#xalqaro_konferensiya #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #agroklasterlar #investitsiya #kooperativlar_faoliyati

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimini rivojlantirishda agrar va oziq-ovqat sohasini boshqarishda QXV yagona siyosat yuritishga o‘tdi.

2 ta qo‘mita, 1 agroinspeksiya
va 2 ta agentlik vazirlik bo‘ysuniviga o‘tkazildi. Ularning faoliyati qishloq xo‘jaligi strategiyasidagi vazifalarga muvofiqlashtirildi.

2023-2024-yillarda vazirlik tizimidagi idoralarni funksional baholash asosida Oziq-ovqat xavfsizligini muvofiqlashtirish tizimi joriy qilinadi.

#xalqaro_konferensiya #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #agroklasterlar #investitsiya #kooperativlar_faoliyati

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM