QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.8K photos
2.58K videos
7 files
8.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savdo_yarmarkalari #oziq_ovqat #narx_navo

6️⃣6️⃣6️⃣6️⃣
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalariga, marhamat!

💰Yangi yil oldidan poytaxt bozorlarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi.

👥Toshkent shahrining 12 ta asosiy dehqon bozorlarida har bir viloyat o‘zlariga biriktirilgan dehqon bozorlarida savdoni amalga oshirmoqda.

☝️Yarmarkada asosiy oziq-ovqat mahsulotlari mol, qo‘y, tovuq go‘shtlari, tuxum, asal, tirik baliq, guruch, sabzavot va mevalar sotilmoqda.

🍊Viloyatlar tomonidan (22.12.2022-yil holatiga) jami 748,2 tonna oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib kelindi.

📉Maʼlumot uchun: Yarmarkalardagi o‘rtacha narx quyidagicha: kartoshka 3500 so‘m, sabzi 2500 so‘m, piyoz 3500 so‘m, meva 6000-16000 so‘m, mol go‘shti 55000 so‘m, qo‘y go‘shti 60000 so‘m, tovuq go‘shti 23 ming so‘m, tuxum 1200 so‘m, baliq 28000 so‘m (karp 30000, oq do‘ngpeshona 20000, oq amur 40000, afrika laqqasi 20000 so‘m)

📆Barcha dehqon bozorlarida yarmarka savdolari 20-dekabrdan 5-yanvargacha davom etadi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PIYOZ ZAXIRASI ICHKI ISTE’MOL BOZORI UCHUN YETARLIMI?

🧅Bugungi kun holatiga ko‘ra, Hukumat qaroriga muvofiq hududlarda tashkil etilgan zaxiralarda 51 ming tn, aholi xonadonlarida 200 ming tn piyoz zaxirasi mavjud.

Ichki iste’mol bozorida piyozga bo‘lgan ehtiyojni kafolatli ta’minlash hamda narxlar o‘sishining oldini olish maqsadida, 1 aprelga qadar qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tn piyozni bozorga kiritish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Monitoring asosida piyozni bir hududdan ikkinchi hududga “yashil yo‘lak” tamoyili asosida hech qanday to‘sqinliksiz yetkazish choralari ko‘rilmoqda. Ushbu tadbirlar, natijasida, o‘tgan 25 kunda jami 5 ming tn piyoz hududlararo intervensiya qilindi.

Intervensiya qilingan mahsulotlarning barchasi arzonlashtirilgan maxsus rastalar orqali Departament organlari nazorati ostida narxlarni asossiz oshirmasdan sotilishi ta’minlanmoqda.

👉Batafsil

#piyoz #narx_navo #brifing #repost
*****
ДОСТАТОЧНО ЛИ ЗАПАСОВ ЛУКА ДЛЯ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ВНУТРЕННЕГО СПРОСА?

🧅На сегодняшний день в резервах, созданных в регионах, находится 51 000 тонн лука, в хозяйствах – 200 000 тонн лука.
В целях обеспечения потребности в луке на внутреннем потребительском рынках и недопущения повышения цен, до 1 апреля предусмотрены мероприятия по поставке на рынок 37,5 тыс. тонн лука.

На основе результатов мониторинга принимаются меры по беспрепятственной доставке лука из одного региона в другой по принципу «зеленого коридора». Так, за последние 25 дней в общей сложности перевезено 5 000 тонн лука.

Вся продукция, закупленная в целях интервенции, продавалась через специальные торговые точки со скидкой под контролем руководства Департамента без необоснованного повышения цен.

👉Подробнее

#лук #цена

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AHOLINI XAVFSIZ VA ARZON MAHSULOT BILAN TAʼMINLASH NIMAGA BOG‘LIQ?

🔰Xaridor uchun eng muhimi, bozordan xavfsiz va arzon mahsulotni sotib olishdir. Xo‘sh, dalaning o‘zida arzon sotilayotgan mahsulotning toki bozor rastasiga yetib kelgungacha narxi ko‘tarilib ketayotganining sababi nimada? Narxning bu tarzda sunʼiy oshib ketishi kimga bog‘liq? Xaridor arzon va xavfsiz mahsulot sotib olishi uchun nima qilish kerak?

👉Batafsil

#vazir #narx_navo

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BOZORLARDA NARX-NAVONING SUNʼIY OSHIB KETISHI QAYSI OMILLARGA BOG‘LIQ?

📊Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tgan “Aholini arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (piyoz, sabzi, kartoshka va hok.) bilan taʼminlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining keskin ko‘tarilishi sabablarini muhokama qilish”ga bag‘ishlangan keng qamrovli yig‘ilishda bu borada shu kungacha qilingan ishlar va kelgusida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar, uni yetkazib beruvchilar hamda iste’molchilar uchun birdek manfaatli bo‘lgan yo‘llarini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

#yigilish #narx_navo #qishloq_xojaligi_mahsulotlari
*****
КАКИЕ ФАКТОРЫ ВЛИЯЮТ НА ИСКУССТВЕННОЕ ПОВЫШЕНИЕ ЦЕН?

📊Состоялось комплексное совещание на тему: «Эффективность принимаемых мер по обеспечению населения дешевой и качественной сельскохозяйственной продукцией (луком, морковью, картофелем и др.) и резкий рост цен на сельскохозяйственную продукцию».

#совещание #цены #сельскохозяйственная_продукция

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BULG‘OR QALAMPIRINING NARXI NEGA OSHIB KETDI?

🫑
Bugungi kunda respublikada 3 ming 188 ta issiqxona xo‘jaliklari tomonidan jami 6 ming 300 gektar maydonlarda sabzavot mahsulotlari yetishtirilmoqda. Joriy yilda issiqxona xo‘jaliklarida 500 gektarga yaqin yer maydonida shirin bulg‘or qalampirlari ekilgan bo‘lib, ayni kunlarda bozorlardagi ushbu mahsulotning narxini ko‘tarilishiga yanvar oyida keskin sovuq bo‘lganligi va o‘simlikning vegetatsiya davrida yetarli darajada issiqlik bilan taʼminlay olinmaganligi sababli stressga tushgani va shuning natijasida yetishtirish davri 20-25 kunga kechikdi.

👉Batafsil

#bulgor_qalampiri #meva_sabzavotlar #issiqxona #narx_navo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📈O‘lkamizda yoz. Ma’lumki, ayni kunlarda yurtimizda meva-sabzavotlar va poliz ekinlari g‘arq pishgan. Pishiqchilik mavsumi. Dehqon bozorlarining savdo rastalaridagi meva-sabzavotlar yurtdoshlarimiz dasturxonlarini bezamoqda. Bunday paytda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hududlardagi narx-navosi barchani qiziqtirishi tabiiy. Ushbu infografikada sabzavotlar va poliz mahsulotlarining narxlari bilan tanishishingiz mumkin.

#infografika #meva_sabzavotlar #poliz_ekinlari #narx_navo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda uzum narxining oshib ketganligi bilan bog‘liq turli xabarlar tarqaldi.

🍇Aytib o‘tish joizki, Qishloq xo‘jaligi vazirligi sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan ochiq muloqotga har doim tayyor.

Lekin shunday bo‘lsada, ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi ma’lumotlar oxirigacha o‘rganib chiqilmasdan, bir yoqlama yondoshuv asosida keng ommaga taqdim etish holatlari uchramoqda. Qishloq xo‘jaligi mas’ullari Toshkent shahridagi bozorlardagi uzum narxlari o‘rganib chiqqan holda, quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mahalliy “Kishmish” navli qora uzum narxi 15-25 ming so‘m atrofida, Husayni uzumlari esa 20-40 ming so‘mgacha borligi kuzatildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘ta qimmat narxlar haqidagi xabar asossiz bo‘lib, gibridlangan yoxud navi o‘zgartirilgan yirik uzumlarning narxi oddiy mahalliy navlardan narxi yuqori. Misol uchun, “Avatar” navli uzumning 1 kilosi 35 ming so‘mdan 70-80 ming so‘mgacha, “Mersedes” navli uzumning kilodagi narxi 30 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha ekanligi aniqlandi.

Doimiy sevib iste’mol qiladiganimiz, qora kishmish va husayni uzumining narxi esa xaridorlar uchun maqbul narxda sotilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidek, barcha uzum navlari ham qimmat emas. Iste’mol uchun yaroqli, ta’mi shirin mahalliy “Kishmish”, “Ketmon sopi”, “Kelin barmoq” navli uzumlarimizning narxi esa 15 mingdan 40 ming so‘mgacha sotilmoqda. “Toyfi” navli kuzda pishib yetiladigan uzumning narxi 10-15 ming so‘m atrofida sotilmoqda.

Nashrlar tomonidan keltirilgan 200 ming so‘m turadigan uzumga kelsak, gibrid yetishtirilgan va doimiy iste’molga taqdim etilgan nav haqida so‘z ketmayapti. Kunlik iste’mol va boshqa maqsadlar uchun xarid orasidagi aniqlikni to‘g‘ri qo‘yishni so‘raymiz.

Shu bilan birga, Qishloq xo‘jaligi vazirligining axborot xizmati muloqotga ochiqligini ma’lum qilib qolamiz.

#uzum #narx_navo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BOZORLARDA UZUMLAR HAMYONBOP NARXLARDA SOTILMOQDA

🍇Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda bozor rastalarida uzum narxining keskin oshib ketgani bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Garchi Qishloq xo‘jaligi vazirligining ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarida bu haqda rasman maʼlumot taqdim etilgan bo‘lsa-da, hanuzgacha uzum narxi juda yuqori ekanligi to‘g‘risidagi gap-so‘zlar tinmayapdi.

Biz vaziyatga oydinlik kiritish hamda bu yilgi uzum hosili haqida ma’lumot olish uchun dastlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga yo‘l oldik.

Uzumchilik va mikro-vinochilik bo‘limi boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori O‘tkir Ochildiyevning taʼkidlashicha, bugungi kunda respublikada 1820 ta uzum nav kolleksiyasi mavjud bo‘lib, shulardan 200 tasi mahalliylashtirilgan, xususan 49 tasi Davlat Reestridan o‘rin olgan.

Respublikada 2021-yil holatiga ko‘ra, uzum yetishtirish bo‘yicha 157 ming gektar maydon mavjud edi. Uzumchilikda olib borilayotgan islohotlar natijasida ushbu mevaning sifatli va eksportbop navlarini ko‘paytirish uchun unga ajratiladigan maydonni kengaytirish yaʼni tokzorlar 2025-yilgacha 307 ming gektar bo‘lishi rejalashtirilgan.

O‘rganishlarimiz natijasida mahalliy “Kishmish” navli qora uzum narxi — 15-25 ming so‘m atrofida, “Husayni” uzumlari esa 20-40 ming so‘mgacha ekanligiga amin bo‘ldik. Shuningdek, “Avatar” navli uzumning 1 kilosi 35 ming so‘mdan 70-80 ming so‘mgacha, “Mersedes” navli uzumning narxi 30 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha ekanligiga guvoh bo‘ldik.

#uzumchilik #narx_navo #ilmiy_tadqiqot_instituti

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM