QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.4K photos
2.66K videos
7 files
9.15K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Yoshlar_forumi #Yoshlar_siyosati #Yoshlar_yili

"O'zdavyerloyiha" DILI 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan 25-27 iyun kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi Mo`ynoq tumanida bo`lib o`tadigan Yoshlar forumi ishirokchilari Nukus shahriga yetib keldi.

Ishtirokchilarni "O'zdavyerloyiha" institutining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`linmasi direktori Yerejepov Jenisbay kutib oldi.

Yoshlar forumi haqida ma`lumotlar batafsil keyingi lavhalarimizda...
YURTIMIZ YOSHLARI SURXONDARYODA JAM BO‘LISHDI

👥Boysun. Temir yo‘l vokzali. Bir tomonda karnay surnay sadosi, bir tomonda chanqovuzning kishini bepoyon kengliklar sari chorlovchi mayin ovozi yangramoqda. Milliy kiyinib olgan jajji bolajonlar tomonidan ijro etilayotgan raqs kishi ko‘zini quvnatadi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan 15-16-17-iyun kunlari o‘tkazilayotgan “III Yoshlar forumi ishtirokchilari hozirgina kelib to‘xtagan poezddan tushib kelmoqda.

Viqorli tog‘lar, daraga tarovati taralgan gullar, pishqirib oqayotgan daryo. Forum ishtirokchilari Darband darasi tomon avtobuslarda borarkan yurtimizning betakror go‘zalligi o‘z nashidasini kuylayotgandek bo‘ladi. Forum ishtirokchilarining navbatdagi manzili so‘lim maskan “Xo‘jaimayxon ota” bo‘ldi.

Ushbu ziyoratgoh o‘zining bulog‘i bilan mashhur. Buloqdan bir soniyada bir necha kub metr suv yer ostidan qaynab chiqadi. Muzdek, tanga rohat beruvchi suv Boysun hamda Sherobod tumanlarini chuchuk suv bilan ta’minlaydi.

#Yoshlar_forumi #Yoshlar_kuni #forum #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O'zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanaliga Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan 15-16-17-iyun kunlari Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK” shiori ostida “III Yoshlar forumi haqida videorolik joylashtirildi.

Unda Surxondaryo viloyatida “III Yoshlar forumi ishtirokchilari tantanali kutib olingani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan yoshlar viloyatning diqqatga sazovor joylari bilan tanishgani, forum doirasida tashkil etilgan turli tadbirlar aks ettirilgan.

#Ozdavyerloyiha #yoshlar_kuni #yoshlar_forumi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Mamlakatimizda 2017-yildan buyon 30-iyun — “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanmoqda. Barcha sohadagi kabi qishloq xo‘jaligi vazirligining yoshlari ham ilm-fan, intellektual salohiyat, vatanparvarlik va tashabbuskorlik bo‘yicha dunyo yoshlari bilan raqobatlasha oladigan darajada bilimli, kuchli, uddaburondirlar.

O'tayotgan haftada 30-iyun — "Yoshlar kuni" respublikamizda keng miqyosda nishonlandi. Ushbu bayram yoshlar uchun alohida sana bayram sifatida belgilanishining o‘ziyoq  davlatimiz rahbari tomonidan o‘sib kelayotgan avlod taqdiri masalasiga qaratilgan alohida e’tiborning yaqqol namunasidir.

Statistikaga qaraydigan bo'lsak, qishloq xo‘jaligi tizimidagi xodimlarning 40 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Yaʼni vazirlik markaziy apparati va uning tizim tashkilotlari hamda hududiy bo‘linmalari boshqaruv apparatlarida faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan 3 152 nafar yoshlardan iborat.

Ularning 110 nafari vazirlik markaziy apparati, 1 441 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda hududiy boshqarmalarda, 1 081 nafari tizim tashkilotlari hamda 520 nafari oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat yuritishmoqda.

Mana shunday katta va kuchli jamoa orasidan o‘z mehnati va iqtidori bilan eʼtiborga tushgan va eʼtirofga sazovor bo‘lgan yoshlar bizning filmimiz qahramonlariga aylanishdi.

Maroqli tomosha tilaymiz!

#yoshlar_kuni #yoshlar_forumi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM