QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“TOSHKENT XALQARO INVESTITSIYA FORUMI”: AGRAR SOHAGA QARATILAYOTGAN E’TIBOR

2023-yilning 27-28-aprel kunlari
poytaxtimizda “Toshkent xalqaro investitsiya forumi” bo‘lib o‘tdi. Bu yerda vazirlik va nufuzli tashkilot rahbarlari, investorlar, ekspertlar mamlakatimizning investitsiya salohiyati uchun foydali bo‘lgan bitimlarni imzolashdi, ko‘pgina kelishuvlarga erishildi.

“Hozirgi kunda 800 dan ortiq paxta, meva-sabzavotchilik va boshqa yo‘nalishlardagi agroklasterlar mavjud. Kichik xo‘jaliklarni 200 dan ortiq kooperativlarga birlashishi ham qishloq xo‘jaligidagi islohotlardan biri hisoblanadi. Yana bir muhim masala, diversifikatsiya jarayoni bo‘lib, oxirgi besh yilda 400 ming gektar paxta va g‘alla yer maydonlari qisqartirilib, fermer-dehqon xo‘jaliklariga boshqa mahsulotlarni ekish va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ajratildi. Hududlarda 1,1 mln gektar yerlarni oborotga kiritish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan 10 yillik
Konsepsiya qabul qilindi. Bugungi kunga qadar, qariyb 600 ming gektar yerlar qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritildi”, — dedi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘z nutqida.

#xalqaro_forum #vazir #qishloq_xojaligi #oziq_ovqat #paxta #Konsepsiya #meva_sabzavotchilik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram