QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
XALQARO YER KUNIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR

👥2023-yil 18-aprel kuni Samarqand viloyati Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti (DILI) bilan hamkorlikda Yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish va davlat kadastrlari munosabatlarini takomillashtirishda ilm-fan yutuqlari hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

#Ozdavyerloyiha #raqamlashtirish #yer_resurslari #innovatsion_texnologiyalar #anjuman
*****
СЕМИНАР, ПОСВЯЩЕННЫЙ МЕЖДУНАРОДНОМУ ДНЮ ЗЕМЛИ

👥18 апреля 2023 года Самаркандским государственным архитектурно-строительном университетом имени Мирзо-Улугбека совместно с Государственным научно-проектным институтом «Уздаверлойиха» (ГНИПИ) при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан была организована международная научно-практическая конференция на тему «Цифровизация использования земельных ресурсов и актуальные проблемы внедрения научных достижений, а также инновационных технологий в совершенствование отношений государственного кадастра».

#Уздаверлойиха #цифровизация #инновационные_технологии #конференция

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer munosabatlarini rivojlantirishda xorij tajribasi

Bu yil Konstitutsiya qabul qilinganiga 31 yil to‘ladi. Xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib kelayotgan asosiy qonunimizning milliy taraqqiyotimizdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda ham Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati xususida so‘z bordi.

Xususan, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq, respublikamizda qishloq xo‘jaligi yerlarida yer islohotlarni rivojlantirish, yerlar bozorini shakllantirish va qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror boshqarish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning yer tuzish va huquqshunoslik yo‘nalishidagi xalqaro konsultantlari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Adliya vazirligining ushbu yo‘nalishdagi masʼul xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.

Seminar doirasida amalga oshirilgan ishlar ham har tomonlama tahlil qilinib, bu bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish va salohiyatni rivojlantirish orqali mintaqaviy hamkorlikning yaxshi ishlaydigan mexanizmi yaratilgani ham qayd etildi.

#yer_resurslari #rivojlantirish

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM