KUZGI DARAXT EKISH MAVSUMI DAVOM ETMOQDA
📆 2021-yil noyabr oyida “Yashil makon” umummilliy loyihasi va Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi”ning e’lon qilinishi “yashil” yo‘nalish O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi.
🌳 Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi uzumchilik, bog‘dorchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ezgu maqsad yo‘lida, tabiatni asrab qolishga oz bo‘lsada o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishmoqda. Umumiy hisobda 350 dan ortiq manzarali daraxtlar xodimlar tomonidan o'tqazilmoqda.
🌲 Institut xodimlari ekayotgan mojjevelnik, kipares navli, manzarali daraxt ko'chatlari o'zidan yuqori darajada kislorod chiqaribgina qolmay, atrof muhit go'zalliga ham o'z hissasini qo'shadi.
✅ Ta’kidlash kerak, loyiha doirasida belgilangan maydonlarga manzarali, mevali ko‘chatlarini har bir hududning tuproq-iqlim, suv ta’minotidan kelib chiqib ekish va agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha seminarlar tashkil etilib, tavsiyalar va takliflar berilmoqda.
#yashil_makon #daraxt_ekish #kuz
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
#yashil_makon #daraxt_ekish #kuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM