QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KO‘KDALADA TARVUZ PISHISH ARAFASIDA

🍉Ko‘kdala tumani “USMON OTA” fermer xo‘jaligiga tegishli 48 gektarlik lalmi yer maydonining 3 gektariga issiqxona sharoitida ilk bor plyonka tagiga ertapishar tarvuz urug‘lari ekilib parvarish qilinmoqda.

Bu tarvuz ekishning yangi turi o‘tgan yili 15 sotix tomorqa yer maydonida ekib sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, mo‘l hosilga erishilgani aytilmoqda. Shu bois bu yil fermer xo‘jaligi lalmi yerda yer osti suvini chiqarib, eng ertagi pishadigan tarvuzlarni 3 gektarlik issiqxona sharoitida parvarishlamoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu usulda yetishtirilayotgan tarvuzlar joriy yil aprel oyining oxirgi kunlarida ichki bozorlarimizga iste’mol uchun yetkazib beriladi.

#tarvuz #yetishtirish #issiqxona

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
POLIZ MAHSULOTLARI EKSPORTI DAVOM ETMOQDA

🍉Bugungi kunda O‘zbekistonning meva-sabzavot va poliz mahsulotlariga xorijda o‘ziga xos talab shakllanib ulgurdi. Yangi bozorlarda esa ayni mahsulotlarga bo‘lgan qiziqish tobora o‘sib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi tashrif doirasida Surxon zaminining qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari bilan tanishuvini davom ettirdi. Sohadagi rivoj va taraqqiyot omillariga diqqatini qaratdi.

Termiz tumani misolida fikrimiz davom etadi. Tadbirkor Azamat Musurmonov umumiy maydoni 7 gektarlik yerni ijaraga olib, tarvuz va qovun urug‘larini qadagan. 5 gektar yerga ekilgan “Dolbi” navli tarvuz 70 kunda pishib yetilgan. Gektaridan 50 tonnaga yaqin hosil olish mo‘ljali bor. Shunday chiqayapti ham. 1 ta ko‘chat o‘rtacha 18-20 kilogramm mahsulot bermoqda. Bozordagi narxdan hisob-kitob qilsak, gektaridan 500 million so‘mga yaqin daromad ko‘rish mumkin.

#vazir #tashrif #tarvuz #qovun #Surxondaryo #eksport
*****
ПРОДОЛЖАЕТСЯ ЭКСПОРТ БАХЧЕВОЙ ПРОДУКЦИИ

🍈В рамках рабочего визита министра сельского хозяйства Азиза Воитова продолжилось знакомство с сельскохозяйственным потенциалом Сурхандарьинской области. Руководитель профильного министерства обратил особое внимание на факторы развития и прогресса в сфере.

Предприниматель Азамат Мусурманов арендовал 7 гектаров земли и высадил семена арбузов и дынь. Арбуз сорта «Долби», размещенный на 5 гектарах земли, созрел за 70 дней. Планируется собрать по 50 тонн с гектара. Один саженец дает в среднем 18-20 килограммов продукции. Если просто посчитать по рыночной цене, то прибыль должна составить около 500 миллионов сумов с гектара.

#министр #визит #арбуз #дыня #Сурхандарья #экспорт

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
O‘ZBEKISTON 14 TA DAVLATGA TARVUZ EKSPORT QILGAN

📈2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston 14 ta davlatga 6,5 ming tonna tarvuz eksport qilgan. Jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qariyb 1000 tonna tarvuz yetkazib berilgan.

🍉Tarvuz eksportining umumiy qiymati 3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi ma'lum qiladi.

O‘tgan yilning shu davriga solishtirganda, tarvuz eksporti hajmi 1,8 ming tonnaga oshgan.

O‘zbek dehqonlari yetishtirgan poliz mahsulotiga asosan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyada talab yuqori – Qozog‘iston va Qirg‘izistonga 2 ming tonnadan tarvuz eksport qilingan bo‘lsa, Rossiya 1,5 ming tonna sotib olgan. Shuningdek, bu yil eng ko‘p tarvuz eksport qilingan mamlakatlar sirasiga Latviya (500 tonna), Litva (135 tonna), Germaniya (115 tonna) va Belarus (34 tonna) ham kiradi.

#statistika #tarvuz #eksport

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PISHGAN TARVUZNI QANDAY TO‘G‘RI TANLASH KERAK: DEHQONLARNING TAVSIYALARI

Bugun butun dunyoda 3-avgust — Xalqaro tarvuz kuni nishonlanadi.

🍉Ilk tarvuz — kichik hajmli bo‘lib, taxminan 2–3 sm, achchiq ta’mli, yovvoyi mahsulot sifatida bir necha ming yil oldin Janubiy Afrikada paydo boʻlgan. Tarvuzning bugungi zamonaviy ko‘rinishi esa, uzoq seleksiya natijasidir.

Tabiiyki, pishgan, suvli va mazali tarvuzni tanlash unchalik oson emas — bunda ko‘plab omillarni masalan, po‘stining ko‘rinishi, yon tomonidagi dog‘larning kattaligi, chertganda qanday ovoz chiqarishi va sotish mavsumi kabilarni hisobga olish kerak. Eng shirin va suvli tarvuzlar iyul oyining oxiri va avgust oyining boshlarida pishib yetiladi. Shuning uchun yozning oxirida bu poliz ekinini avj sotish mavsumi hisoblanadi.
*****
КАК ВЫБРАТЬ СПЕЛЫЙ АРБУЗ? РЕКОМЕНДАЦИИ ДЕХКАН

Ежегодно 3 августа празднуют международный день арбуза.

🍉Первый арбуз - горьковатая на вкус дикая ягода небольшого размера, примерно 2-3 сантиметра, - появился несколько тысяч лет назад в Южной Африке.

Выбрать спелый, сочный и вкусный арбуз не так просто — необходимо учитывать многие факторы, например, внешний вид кожуры, размер пятна на боку, звук при постукивании, цвет, структуру мякоти и сезон продажи. Самые сладкие и сочные арбузы поспевают в конце июля-начале августа, поэтому как раз в конце лета начинается сезон активных продаж этих ягод.

#tarvuz #poliz_ekinlari #арбуз

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada qaysi davlat istalgan ko‘rinishda, masalan, kub shaklida tarvuz yetishtirishni o‘rganib olgani haqida so‘rov o‘tkazilgandi.

So‘rovda jami 633 kishi ishtirok etdi. Shundan 227 kishi savolga to‘g‘ri javob bergan. To‘g‘ri javob — Yaponiya.

🍉Tarvuzda kub shaklini yaratish uchun maxsus qoliplar qo‘llaniladi. Bu ish tashqaridan oddiy tuyuladi, lekin aslida, o‘ta jiddiy yondashuvni talab qiladi. Har bir tarvuz dehqonlar tomonidan kuniga bir necha marta tekshiriladi, chunki tayyor mahsulot o‘z vaqtida qolipdan tozalanmasa, unda yorilish yoki naqshning buzilishi kabi turli nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin.

📝So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma #tarvuz #Yaponiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YERDAN UNUMLI FOYDALANISH UCHUN POLIZ EKINLARI EKILMOQDA

🍈Navoiy viloyatining Nurota tumanida qishloq xo‘jaligining asosiy yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan bog‘dorchilik, sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishi hamda mahsulotni qayta ishlash va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni jorish etish borasida zaruriy tavsiyalar berilmoqda.

Tumanda joriy mavsumda asosiy maydonlarga 192 gektar hamda bog‘-tok qator oralariga 93 gektar qovun, tarvuz va qovoq mahsulotlari ekish belgilangan. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirayotgan dehqonlarimiz 3 gektar maydonga kartoshkaning “Gala” navini ekib, gektaridan 35-40 tonna hosil olib, bozordagi narxlar barqarorligiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Jumladan, tumanda faoliyat olib borayotgan “Sayfiddin To‘xtayev” fermer xo‘jaligi rahbari Sayfiddin aka ham mana besh yildirki, dehqonchilikning hadisini olib, daromad topayotganlardan. Bir qarich yerni ham qarovsiz qoldirmasdan, undan oqilona foydalanish maqsadida fermer xo‘jaligida asosiy ekin maydonlaridan tashqari 1 gektarga yaqin yerda yeryong‘oq, 3 gektarda esa tarvuz, qovun, 4 gektarda makkajo‘xori, 2 gektargan ziyod yer maydonida esa kungaboqar ekildi.

#dehqonchilik #oziq_ovqat #yeryongoq #tarvuz #qovun #kungaboqar #Navoiy

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida necha tonna qovun-tarvuz eksport qilgani haqida fikringiz bilan qiziqqandik.

So‘rovda 361 kishi qatnashdi. Ulardan 183 nafari to‘g‘ri javob berdi – bu davrda 114,9 ming tonna qovun-tarvuz eksport qilingan.

📊O‘zbekiston mirishkorlari yetishtirgan poliz mahsulotlariga eng ko‘p talab Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyada kuzatildi.

📝So‘rovlarimizda faol qatnashing. Bu orqali yangi ma’lumotga ega bo‘lasiz yoki qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlaridan yaxshigina xabardor ekaningizga ishonch hosil qilasiz.

#sorovnoma #eksport #tarvuz

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM