QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Qadrli yurtdoshlar, qishloq xo‘jaligi sohasi fidoyilari!

🌙Barchangizni muborak ayyom – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Ushbu bayramga xos shukronalik, sabru-qanoat va xayru-saxovat xalqimizning azaliy qadriyatlariga hamohangdir. Bu qadriyatlar yurtimiz aholisining totuvlikda, o‘zaro mehr-muruvvat ko‘rsatgan holda hamjihatlikda yashab, mehnat qilayotganida aks etadi.

Ramazon hayiti mana shu insoniy fazilatlar yana bir bor ulug‘lanib, qalblarga chuqur kirib boradigan shodiyonadir. Ushbu qutlug‘ bayram kunlarida yana bir bor barchangizga o‘zimning chuqur ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman. Oilaviy totuvlik, ishlaringizda muvaffaqiyat doim hamrohingiz bo‘lsin!

✨️Hayit muborak!✨️

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Aziz Voitov

#Hayit #bayram #ramazon

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM