QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
ЎзР Қишлоқ хўжалиги вазирлигида вазир Жамшид Ходжаевнинг Латвия деҳқончилик вазири Каспарс Герхардс билан учрашуви бўлиб ўтди.

🇺🇿👉🏻БАТАФСИЛ
_______________

В Минсельхозе РУ прошла встреча министра сельского хозяйства Жамшида Ходжаева с министром земледелия Латвии Каспарсом Герхардсом.

🇷🇺👉🏻ПОДРОБНО


#qishloqxojaligivazirligi #Latviya #hamkorlik #eksport #dehqonchilikvaziri

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Web l
Facebook l Instagram| Telegram
«Жамшид Ходжаев билан бугунги учрашувда биз кейинги ҳамкорликни батафсил муҳокама қилдик, — деди Каспарс Герхардс. — Латвия аҳли Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ва сизнинг бошқа маҳсулотларингизни ҳам жуда яхши билади, аммо табиийки, мамлакатингиз салоҳияти анча баланд. Биз ўзбекистонлик ишлаб чиқарувчиларнинг Европа бозорига киришига бажонидил ёрдам берамиз».
__________________

«Во время сегодняшней встречи с министром Жамшидом Ходжаевым мы подробно обсудили наше дальнейшее сотрудничество, – сказал Каспарс Герхардс. – Народ в Латвии очень хорошо знает продукцию сельского хозяйства Узбекистана, в наших магазинах есть дыни и другие ваши продукты, но естественно потенциал вашей страны намного шире. Мы с удовольствием помогли бы узбекским производителям выйти на европейский рынок».

#qishloqxojaligivazirligi #Latviya #hamkorlik #eksport #dehqonchilikvaziri

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Web l
Facebook l Instagram| Telegram
18-sentabr, Toshkent. Ayni paytda qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev Toshkent davlat agrar universiteti rektori sifatida mazkur oliy o‘quv yurtining professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Tadbirda 500 dan ziyod o‘qituvchilar, fan doktorlari va professorlar hamda universitetning boshqa xodimlari ishtirok etmoqda. TDAUning Samarqand va Termizdagi filiallari, Andijon va Nukusdagi Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutlari xodimlari uchrashuvga onlayn formatda qo‘shilishdi. (Ta’kidlash kerakki, tadbirning aksariyat ishtirokchilari vaksinatsiyadan o‘tgan, qolganlar esa niqob rejimiga amal qilmoqda).

TDAUdagi yig‘ilish ishtirokchilari muammoli masalalarni ko‘tarishmoqda, shuningdek muassasani rivojlantirish, o‘qituvchilarning malakasi va zamonaviy bilimlarini oshirish, amaliyot o‘tash hamda universitet faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini bildirmoqdalar.

Uchrashuv doirasida Jamshid Xodjayev talabalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini maksimal darajada kuchaytirish hamda yangi namunadagi agro-mutaxassislarni tayyorlashning ahamiyati singari masalalarga alohida e’tibor qaratdi.

#TDAU #qishloqxojaligivazirligi #talim #muloqot #muammolaryechimi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat agrar universitetining (TDAU) yangi rektori sifatida qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev ishchi guruh bilan universitet hududini ko‘rikdan o‘tkazdi.

Markaziy Osiyoning eng yirik agrar universiteti - 11 ming nafardan ziyod talabalar tahsil oladigan TDAU hududi 30 gektar maydonni qamrab oladi.

Bu yerda 20 ta bino va inshootlar, shu jumladan 8 ta yotoqxona (5 ta amaldagi va 3 ta ekspluatatsiyadan chiqqan), shuningdek o‘quv, laboratoriya va ma’muriyat binolari, oshxona va yirik sport majmuasi joylashgan.

Universitetning yotoqxona, ta’lim, sport va boshqa binolarini ko‘zdan kechirish, shuningdek, talabalar bilan muloqot natijasiga ko‘ra oliygoh hududida o‘qish va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

TDAUda kutilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi.

#TDAU #talabalar #agrotalim #qishloqxojaligivazirligi

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Web l Facebook l Instagram| Telegram