QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGI OLIY TA`LIM MUASSASALARI: SALOHIYAT, USTUVOR VAZIFALAR VA KELAJAK UCHUN REJALAR

Zamonaviy agrar taʼlimning maqsad va vazifalari tubdan o‘zgarmoqda. Konseptual o‘zgarishlar nafaqat akademik sohani qamrab olmoqda, balki odatiy taʼlim jarayoni o‘rnini taʼlimga qaratilgan innovatsion yondashuv egallamoqda.

Mehnat bozori dolzarb muammolarni “noodatiy” usullar yordamida hal eta oladigan, vaziyatga tez moslashuvchan va samarali qarorlar qabul qiladigan mutaxassislarga muhtoj.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida agrar yo‘nalishda beshta OTM lar va bitta Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti faoliyat yuritmoqda.

2022-yil yakuniga ko‘ra, universitetlarning har biri muayyan natijalarga erishdi.

O‘quv muassasalarining har biriga oid tahliliy maʼlumotlarni bizda o‘qing.

#OTM #universitet #institut #filial #TDAU #Termiz #Samarqand #Andijon #Qoraqalpogiston
*****
АГРАРНЫЕ ВУЗЫ: ПОТЕНЦИАЛ, ПРИОРИТЕТЫ И ПЛАНЫ НА БУДУЩЕЕ

Цели и задачи современного аграрного образования претерпевают кардинальные изменения. Концептуальные перемены затрагивают не только академическую сферу. Инновационные подходы к обучению заменяют рутинный обучающий процесс.

Рынок труда нуждается в специалистах, способных решать актуальные проблемы «нестандартными» способами, быстро ориентироваться в пространстве и принимать эффективное решение.

Под ведомством Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан находятся пять аграрных государственных ВУЗов и один Международный сельскохозяйственный университет.

По итогам 2022 года каждый из ВУЗ добился определенных результатов.

Обзорные данные по каждому учебному заведению читайте здесь

#ВУЗ #университет #институт #филиал #ТГАУ #Термез #Самарканд #Андижан #Каракалпакстан

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Koʻchat ekish — azaliy qadriyat

🌳Koʻchat ekib, bogʻ yaratish — xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri boʼlib, shu kunlarda hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt koʻchatlari, butalar ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

✍️Taʼkidlash joizki, mamlakatda ekologik xavfsizlikni taʼminlash, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni izchillik bilan hal etishga qaratilgan bu kabi ezgu niyat barcha vazirlik va idora xodimlarini birdek ruhlantirib, ish joyilari hamda yashash xonadonlarini obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlariga befarq boʼlmaslikka undayotgani bor gap.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasida jonbozlik koʻrsatmoqda.

🌳Mazkur tadbirda qariyb, 80 dan ziyod olimlari va xodimlari ishtirok etgan mazkur tadbirda 2000 ga yaqin mevali, tok, manzarali daraxt va buta koʻchatlari ekildi.

📌Aytish kerakki, yurtboshimizning ana shu tashabbusidan ruh olib, atrof-muhit sofligi va barqarorligini saqlashga intilib keladigan koʻp millatli xalqimizni, butun el-yurtimizni “Yangi Oʻzbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan olijanob gʻoya ostida birlashishga chaqirmoqda. Zero, atrof-muhitni muhofaza qilish, kelajak avlodga tabiiy boyliklarni bus-butun yetkazish, ekologik muammolarni birgalikda bartaraf etish oldimizda turgan muhim vazifalardan sanaladi.

#yashil_makon #agrar #institut

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangilikka intiluvchan Surxon vohasi

📝Ilm-fan barcha yerda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining eng asosiy tayanchi hisoblanadi. Shuning uchun sohaga kadrlar tayyorlash, zamonaviy fikrlaydigan yoshlarning intilishini rag‘batlantirish har qachongidan muhim. Dunyoda rivoj topgan davlat borki, bilimga suyanadi. Sinash va tajriba o‘tkazishdan charchash yo‘q. Bizda ham mana shu tamoyil ustivor bo‘lmog‘i darkor.

🌍Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida Surxondaryoga kelgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ham dastlabki uchrashuvni ayni Termiz agrotexnologiyalar va innovatsiyalar institutidan boshlagani bejiz emas.

🌳Agrotarmoq bugungi kunda yangilikka intiluvchan, dunyoda bo‘layotgan o‘zgarishlarga doim tayyor hamda o‘zi ham yangilik yarata oladigan mutaxassislarga ehtiyoji har qachongidan yuqori. Ko‘pgina mamlakatlarda hosil yetishtirishdagi munosabat o‘zgargani rost. An'anaviy usullar chetga chiqib, bir yerdan bir nechta hosil ola bilgan mirishkor izzatda bugun. Sentnerndan karrasiga hirmon uyayotgan dehqonning mehnati qadr topmoqda.

I.Abdurahmonov ayni jihatlarga to‘xtalar ekan, dastavval institut professor-o‘qituvchilari bilan muloqot o‘tkazdi. Shundan so‘ng Surxondaryo viloyat qishloq xo’jaligi boshqarmasida 16 nafar paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

📌Vazir Ibrohim Abdurahmonov klasterlar faoliyatiga muammoli masalalarni hal etishda, yuqori hosil olishda vazirlik, tizimdagi barcha tashkilotlar, hududiy boshqarmalar va tuman bo‘limlari ko‘makchi ekanligi va ular bilan uzviy hamkorlikda ish tashkil etishi zarur ekanligini ta’kidladi.

#agrar #surxondaryo #uchrashuv #institut

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Yaponiya: hamkorlikning yangi bosqichlari

Joriy yilning 13-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Yaponiya Qishloq xo‘jaligi milliy ilmiy markazi (NARO) O‘simliklar genetik resurslari Genbanki direktori o‘rinbosari doktor Komoto Natuo o‘rtasida qishloq xo‘jaligidagi hamkorlikning yangi bosqichi hamda sabzavotchilik sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌Aytish kerakki, keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida zamonaviy ilg‘or tendensiyalarni amalga oshirish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilgan bugungi uchrashuv ham so‘zimiz ayni isboti.

Unda, O‘zbekistonda sabzavot, poliz va kartoshka yetishtirishning ilmiy asoslangan zamonaviy, yanada samarali resurs tejamkor agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda eksportbop elita nav va duragaylarni yaratish, shuningdek, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish orqali ishlab chiqarishga joriy qilish, o‘simliklar genetik resurslarini ekspeditsiyalar asosida yig‘ib olish, saqlash va seleksiya uchun kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida fikrlar almashildi.

📝Ma’lumot o‘rnida, Yaponiyaning NARO tashkiloti O‘simliklar genetik resurslari Genbanki Dunyoning top 10 ta eng yirik genbanlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, u yerda 230 mingdan ziyod o‘simlik navi namunalari saqlanadi.

🔗Muzokaralar yakunida tomonlar samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib olishdi. Bu esa, sabzavotchilik sohasining rivojlanishida tub burilish yasalishiga turtki bo‘ladi, shubhasiz.

#agrar #hamkorlik #NARO #institut

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM