QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Prezident #videoselektor #energiya_manbalari

Prezident raisligida
joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika majmuasi rahbariyati oldida viloyat hokimlari bilan birga yoz mavsumida hududlarda elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qoplash, elektr tarmoqlarining yuqori yuklama sharoitida uzluksiz ishlashini ta’minlash, tarmoq va hududlarda energiyani tejash vazifalari turganligini ko‘rsatib o‘tdi.

Shuningdek, prezident mamlakatimizda aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kilovatti uchun 1 ming so‘mdan to‘lanishi e’lon qilinganini, ular "Quyoshli xonadon" tizimiga ulanib, tegishli to‘lovlarni olishlari mumkinligini alohida ta'kidladi.

Prezident ushbu dastur qamrovini oshirish va yanada keng joriy qilish bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab berdi.
Jumladan:

— Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit to‘lovlarining 4 foizi qoplab beriladi;

— xalqaro moliya tashkilotlaridan 100 million dollar jalb qilinib, so‘mda, maqbul shartlarda aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi. Aholiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil" kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3105