QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DALA UYLARI – FERMERLAR UCHUN QO‘SHIMCHA QULAYLIK

🏡2023-yilda Respublikada paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarida kichik, yengil konstruksiyali, barcha sharoitlarga ega bo‘lgan “dala uylari” tashkil etiladi. Jumladan, Jizzax viloyatining Paxtakor va Sharof Rashidov tumanlarida namuna tariqasida quriladigan “dala uylari” uchun talabgorlarning ro‘yxati tuzildi.

“Dala uylari” Jahon banki mablag‘lari hisobidan 15 yillik ipoteka krediti asosida quriladi. Kredit 2 yillik imtiyozli davr bilan xorijiy valyutada, yillik 6 foiz stavkada ajratiladi. Bunda fermer loyiha qiymatining 20 foiz miqdorida to‘lovni oldindan amalga oshiradi. Loyihaning umumiy qiymati 280 mln so‘mni tashkil qiladi.

👉Batafsil

#dala_uylari #fermer #dehqon #kredit

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💧🌱Qish faslining chillasida ekinlarga yaxob, ya’ni chilla suvi beriladi. Yaxob suvining mevali daraxtlar uchun foydasi katta. U bog‘lar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan agrotexnik tadbirdir. Aksariyat ekinlarga yaxob suvi yanvar oyida beriladi. Yanvar oyida ekinlarga yaxob suvi berilmagan bo‘lsa, fevral oyida 1-2 marta bog‘ va tokzorlar uchun berish zarur.

#yaxob_sugorish #sugorish #bog #tokzor #daraxt #qish #fermer #dehqon #agronom
*****
💧🌱В «чиллю» зимой наши фермеры и дехкане начинают поливать свои сады водой по специальным арычкам в садах. Такой полив приносит большую пользу для фруктовых деревьев. Это важное агротехническое мероприятие для садов. Большинство культур поливают такой водой в январе. Если в январе посевы не поливали, то в феврале необходимо 1-2 раза подкормить сад и виноградники удобрением.

#полив #сады #зима #деревья #фермер #дехканин #агроном

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MIRISHKORDA MIRISHKOR DEHQONLAR VA FERMERLAR UCHUN MANFAATLI SEMINAR O‘TKAZILDI

Joriy yil 24-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif davomida davlat rahbari mahallalar hayoti, ta’lim muassasalari va sanoat korxonalari faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Ushbu tashrifdan soʻng Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyati tumanlarida sohadagi islohotlar izchilligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda. Vazir boshchiligidagi guruh dastlab, Mirishkor tumanida boʻlib, bu yerdagi klasterlar va fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mirishkor dehqonlar bilan uchrashdi.

#tashrif #vazir #Qashqadaryo #dehqon #fermer #klasterlar
*****
В МИРИШКОРСКОМ РАЙОНЕ КАШКАДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ ПРОШЕЛ СЕМИНАР ДЛЯ ФЕРМЕРОВ

Как мы сообщали ранее, Президент Шавкат Мирзиёев 24 февраля отбыл в Кашкадарьинскую область для ознакомления с ходом социально-экономических реформ.

После этого визита министр сельского хозяйства Азиз Воитов ознакомился с проводимой работой в районах Кашкадарьинской области по обеспечению системности реформ в сфере.

В первую очередь, группа во главе с министром посетила Миришкорский район и встретилась с руководителями местных кластеров и фермерских хозяйств.

#визит #министр #Кашкадарья #фермеры #кластеры

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XAYRLI AN’ANALAR DAVOM ETMOQDA

🔰Bugun biz yurtimizning barcha viloyatlaridagi dehqon bozorlari va yirik savdo markazlarida tashkil etilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalaridagi haqiqiy holat bilan yaqindan tanishish maqsadida poytaxtimizning Yunusobod dehqon bozorida bo‘ldik.

#yarmarka #dehqon_bozori

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
INGICHKA TOLALI PAXTA YETISHTIRISHGA E’TIBOR QARATILMOQDA

🪡Vohaning issiq iqlimi, unumdor tuprog‘i ingichka tolali g‘o‘za yetishtirish uchun ayni muddao. Nega aynan ingichka tolali paxta? Chunki, bu navli paxta juda issiq ob-havo sharoiti, suvsizlik, garmsel va zararkunanda hasharotlarga chidamlidir. Shu bilan birga, uzun tolaligi, pishiq-puxtaligi hamda to‘qimachilik sanoatida nafis sifati bilan ajralib turadi. Ingichka tolali paxta yetishtirish samaradorligi boshqa navlarga nisbatan 60 foiz yuqoridir.

👉Batafsil

#ingichka_tolali_paxta #Surxondaryo #dehqon #eksport #ilmiy_tadqiqot_instituti

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
😄O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy saytida "Prezident topshirig‘i amalda: Farg‘onada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ortadi" sarlavhali maqola chop etildi.

Maqolada keltirilishicha, joriy yilda viloyatda jami 355 ming gektar maydonda qishloq xo‘jaligi ekinlari turma-tur joylashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu maydonlarda 4,1 million tonna mahsulot yetishtiriladi.

Shuningdek, farg‘onalik tomorqa yer egasi Tursunali Qo‘ziyevning auksionda yutib olgan 45 sotixli yeri va unda ertagi va takroriy ekinlar ekish evaziga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygani hamda olayotgan daromadlari haqida maqolada batafsil tanishishingiz mumkin.

#repost #UzA #oziq_ovqat #tadbirkor #dehqon #fermer

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SURXON DALALARIDA ISH QIZG‘IN

🧑‍🌾Surxondaryo bugun qaynab turgan doshqozonga o‘xshaydi. Bir tomonda g‘alla ko‘zni quvnatsa, bir tomonda paxta ekilmoqda. Issiqdan naf olgan poliz mahsulotlari esa allaqachon dalada bo‘y ko‘rsatgan. Bog‘-u rog‘lar esa ko‘kka burkangan. Dehqon va fermerlar daladan beri kelmaydi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasi agrar sohadagi qizg‘in ish jarayoni bilan tanishish maqsadida Surxon dalalarida bo‘lib, fermer xo‘jaliklari va klasterlardagi ish jarayonlari bilan tanishdi.

#qishloq_xojaligi #fermerlar #klasterlar #boglar #dehqon

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
😄 O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy saytida "Ekin maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali uzoq muddatga ijaraga berilmoqda" sarlavhali maqola chop etildi.

Maqolada keltirilishicha, Toshkent viloyati bo‘yicha 9 ming 88 gektar yer maydonini dehqon xo‘jaliklari uchun ajratish rejalashtirilgan. Ushbu yerlar 22 mingta lotga bo‘linib, auksionga chiqarilgan bo‘lsa, bugunga qadar 19 ming 400 nafar fuqaroga yer ajratib berilgani bayon etilgan.

Shuningdek, bugungi kunda ajratilgan maydonlarda urug‘ qadash ishlari amalga oshirilayotgani, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashabbusi bilan hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda lozim bo‘ladigan zamonaviy mini-agrotexnikalar imtiyozli kredit shartlari asosida yetkazib berilayotgani keltirilgan.

📝Maqolani to‘liq bu yerda o‘qishingiz mumkin.

#repost #UzA #qishloq_xojaligi #dehqon_xojaliklari #elektron_tanlov

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SARA URUG‘— MO‘L HOSIL GAROVI

🌾Fermerning yerga qadaydigan urug‘i qanchalik sifatli, mahsuldor bo‘lsa, undan yetishtiriladigan hosil ham shunga yarasha mo‘l va barakali bo‘ladi. Sifatli urug‘ yetishtirish va uni fermer va dehqon xo‘jaliklariga yetkazib berish esa respublikamizdagi urug‘chilik markazlari tomonidan namunali tarzda olib borilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyatidagi “Namangan elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ ham bugun nafaqat viloyatdagi, balki respublikaning boshqa hududlaridagi yer maydonlariga ekiladigan don va chigit urug‘larini yetkazib berishda yetakchilik qilmoqda.

👉Batafsil

#urugchilik #fermer_xojaligi #dehqon #Namangan

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI NAV – YUQORI HOSILDORLIK VA SIFAT GAROVI

🌾Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Bag‘dod nav sinash uchastkasida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Bag‘dod nav sinash uchastkasida ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari tomonidan yaratilgan 27 turdagi paxta hamda 28 turdagi g‘alla sinov tariqasida ekilgan.

Amaliy seminar yakunida barcha fermer va dehqon xo‘jaliklari dala maydonida sinovdan o‘tkazilayotgan paxta va bug‘doyning yangi navlari bilan tanishdi.

#seminar #qishloq_xojaligi #dehqon #fermer_xojaliklari #galla #bugdoy #paxta

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TOMORQA YER EGALARIGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLAR BISYOR

🌱Bugun mamlakatimizda yerga mehr bergan mehnatkash dehqonga, xususan tomorqa yer egalariga ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hududlarda tashkil etilgan tomorqa xo‘jaliklari kichikroq maydondagi yerdan ham topayotgan daromadlari evaziga nafaqat o‘z oilalarining, balki xalqimizning ham dasturxonini to‘kin qilishga, aholi bandligini taʼminlashga erishmoqda.

Zahmatkash dehqonlar maskani Andijonda ham 563 ming 992 ta xonadonda 25 ming 575 gektarli tomorqa yerlari mavjud. Jumladan, 11,6 ming gektar maydonlarga ertagi ekinlar, 18,5 ming gektarga takroriy va 20,3 ming gektarga to‘qsonbosti ekinlar ekilishi rejalashtirilgan.

Oltinko‘l tumanidagi “Oltinko‘l tomorqa xizmatlari” va Asaka tumanidagi “Obod diyor tomorqa xizmati” MChJlar negizida klaster korxonalari faoliyati to‘laqonli yo‘lga qo‘yildi.

#qishloq_xojaligi #dehqon #fermer #ertagi_ekinlar #toqsonbosti_ekinlar #Andijon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Yoshlar” telekanalining informatsion dasturida “Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi” hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan agronomlar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda o‘quv kursi tinlovchilari poytaxtimizdagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida bo‘lishgani va xorijlik professor o‘qituvchilar tomonida tashkil etilgan mahorat darslarida ishtirok etiishgani haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Yoshlar #fermer_xojaligi #dehqon_xojaligi #agronom #IAU

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DAROMADINI OSHIRAYOTGAN TOMORQA EGALARI

🍅Yurtimizda tomorqadan unumli foydalanish, har bir hududni maʼlum bir turdagi mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Namangan viloyati Namangan tumanida 1 378 gektar yer maydoni dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ajratib berilgan bo’lib, bugungi kunda dehqon xo‘jaliklari soni 1 196 tani tashkil etadi. Bu tumanda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ekinlar yetishtirishga e'tibor berilgan. Chunonchi, ushbu tashabbus asosida 15 gektar yer maydonida 150 ta dehqon xo‘jaligi tashkil etilgan.

Habibullo Mirzaabdullayevga
qarashli 7 sotixli issiqxonaga yanvar oyida 2 200 dona pomidor ko‘chatlari ekilgan. Pishib yetilgan pomidorlar Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinadi. Bundan tashqari mahalliy bozorlarimizga ham issiqxonadan chiqqan pomidorlar yetkazib beriladi.

#qishloq_xojaligi #dehqon_xojaligi #takroriy_ekin #issiqxona #pomidor #eksport #Namangan

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YERDAN BARAKA TOPAYOTGAN FERMER

🌱Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Nurmonova Xurshida” fermer xo‘jaligi a’zolari ezgu maqsadni diliga tugib, yerga urug‘ qadaganlardan. Tashkil etilganiga unchalik ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, fermer xo‘jaligi hozirda yetishtirgan mahsuloti bilan nafaqat qishloq xo‘jaligining rivojiga, balki mahalliy bozorlarning to‘kinligiga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

“Nurmonova Xurshida” fermer xo‘jaligi 2019-yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Hozirda fermer xo‘jaligining 18 gektar yer maydonida turli sabzavot ekinlari ekilmoqda. Xususan, 3 gektar yer maydoniga ertapishar piyoz ekildi. Shuningdek, 3 gektar maydonga ekilgan sarimsoqdan mo‘l hosil olinib, eksportga yuborish arafasida.

Ishning ko‘zini bilgan fermerning bir qarich yeri ham bo‘sh qolmayapdi. 5 gektarlik maydon “Lajain” navli pomidorga ajratildi. Ushbu nav suvsizlikka chidamli, yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, fermer xo‘jaligi Gollandiyaning “Evolyushn”, “Arizona” navli kartoshkalarini ham sinov tariqasida ekdi. Ushbu kartoshka navi mamlakatimizning tuproq iqlim sharoitiga mosligi va yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi.

#fermer #dehqon #sabzavot_ekinlari #ertapishar_piyoz #pomidor #kartoshka #eksport

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VAZIR FARG‘ONALIK GULCHILAR BILAN UCHRASHDI

🌹Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosini ko‘zdan kechirish, yangi tashabbuslar bilan tanishish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qilinayotgan amaliy ishlarga ko‘maklashishdan iborat.

Dastlab Aziz Voitov Farg‘ona shahridagi 101 gektarda tashkil etilgan atirgulchilik kooperatsiyasi bilan tanishdi.

Loyiha qiymati 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan kooperatsiyaga 150 nafar dehqon doimiy asosda biriktirilgan bo‘lsa, 500 nafar ishchi mavsumiy faoliyat yuritadi. Hududda 85 ta oila tomonidan atirgulning 400 xildan ortiq navi ekilib parvarishlanmoqda. Albatta, daromad ham shunga yarasha. Yil davomida 30 million dona atirgul ko‘chatlari ekilib, eksport va mahalliy bozorga yo‘naltiriladi.

#vazir #tashrif #atirgulchilik #kooperatsiya #dehqon #eksport #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zamonamiz qahramoni – mirishkor dehqon

#kun_fotosi #dehqon

Герой нашего времени - умелый фермер

#фото_дня #фермер

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM