QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI YETISHTIRUVCHI FERMER XO‘JALIKLARIGA XIZMAT KO‘RSATISH UCHUN MO‘LJALLANGAN “AGROPLATFORMA” AXBOROT TIZIMI SINOV TARIQASIDA JORIY ETILMOQDA

💻Raqamli texnologiyalar respublika iqtisodiyotining turli sohalariga jadal sur’atlarda joriy etilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ulligida yaratilayotgan yana bir muhim raqamlashtirish loyihalaridan biri bu Agroplatforma axborot tizimi hisoblanadi.

Sinov davrida 1 830 ta fermer tizimda elektron raqamli imzo kalitlar yordamida ro‘yxatdan o‘tkazildi, ular foydalanayotgan 50 607 gektar yer uchastkalarining amaldagi maydonlari va yerga oid ma’lumotlarini tizim yordamida aniqlashtirish, paxta va g‘alla ekinlarini joylashtirish va bo‘lajak hosil uchun fyuchers shartnomalarini elektron rasmiylashtirish jarayonlari ko‘rib chiqilmoqda.

#qishloq_xojaligi #raqamlashtirish #texnologiya #Agroplatforma

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
EKINLAR TO‘G‘RISIDAGI RAQAMLASHGAN MA'LUMOTLARDAN FERMERLARGA MOLIYAVIY XIZMATLAR KO‘RSATISHDA FOYDALANILADI

💻Yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta'minlanganligi va hududning ixtisoslashuvi ekinlarni joylashtirish, ya'ni kelgusi yil hosili uchun rejalashtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilsa, mazkur ma'lumotlarni shakllantirish davlat tomonidan mahsulot yetishiruvchilarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun foydalidir.

Avval xabar berganimizdek, paxta, boshoqli don ekinlari va meva-sabzavotchilikni moliyalashtirish uchun Agroplatforma axborot tizimi ishlab chiqilmoqda. Vazirlik huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilayotgan ushbu platforma kompleks moliya xizmatlarni taqdim etishga mo‘ljallangan.

Vazirlik mazkur platformani amaliyotga joriy etish doirasida yana bitta raqamlashtirish loyihasini joriy etmoqda. Mazkur tizim “CropAgro” AT nomini olgan bo‘lib, undan yerdan foydalanuvchilarning ekin yerlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarning aniqligi va dolzarbligini oshirish bilan birga, ularning ochiqligini ta'minlash, fermer va klasterlarning ekinlarni joylashtirish bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqishni tashkil etishga xizmat qilish maqsadida foydalanish ko‘zda tutilgan.

#qishloq_xojaligi #Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #agroplatforma #CropAgro #raqamlashtirish #raqamli_texnologiyalar

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGROPLATFORMA” AXBOROT TIZIMI JORIY ETILADI

💻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–257-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-sentyabrdan “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi tarkibidaAgroplatforma axborot tizimi joriy etiladi.

Bunda mahsulot yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” ATdagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

2023-yil yakunigacha:
🟢Geoaxborot texnologiyalari va kosmik tasvirlarni tahlil qiladigan xizmatlarni ko‘rsatish platformasi joriy etiladi;
🟢qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning amaldagi mexanizmlari raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtiriladi.

#agroplatforma #raqamli_qishloq_xojaligi #geoaxborot_texnologiyalari #CropAgro

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHANI RAQAMLASHTIRISH BORASIDA YANGI IMKONIYATLAR BERILMOQDA

👥Joriy yilning 3-avgust kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 257-son qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar, agrar soha vakillari ishtirokidagi seminarni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi va qarorning agrar sohadagi ahamiyati, undan kelib chiqqan holda soha vakillari oldiga qo‘yiladigan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, qarorga binoan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli Masʼuliyati cheklangan jamiyatga o‘zgartirilib, agrar sohani raqamlashtirish yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi yagona integrator sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.

#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #seminar_trening #agrar_sohani_raqamlashtirish #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHANI RAQAMLASHTIRISH AFZALLIKLARI

🔰Prezidentning “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori  mazmun-mohiyati  joylarda targ‘ib qilinmoqda.

2023-yil 1-sentyabrdan “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integrasion platformasi tarkibida Agroplatforma axborot tizimi joriy etilishini ko‘zda tutgan mazkur qarorning mazmun-mohiyati, unda sohaga aloqador tashkilotlar oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan tadbirlar ayni paytda  mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda. Jumladan Andijon viloyati Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti binosida tashkil etilgan seminar-trening ham aynan mana shu mavzuga bag‘ishlandi.

#seminar_trening #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–257-sonli qarori qabul qilingani to‘g‘risida xabar bergan edik. Ushbu qaror va unda belgilangan vazifalar bo‘yicha “Mening yurtim” telekanalining “Hudud” informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.

LavhadaAgroplatforma axborot tizimining joriy etilishi va bu orqali agrar soha vakillariga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligining mutasaddi xodimlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishgan.

Shuningdek, lavhadan 2024-yil hosilidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlari tijorat banklarining Agroplatforma” AT orqali elektron tarzda shakllantirilgan buyurtmanomalari asosida moliyalashtirilishi haqida ham bilib olishingiz mumkin.

#repost #Mening_yurtim #Hudud #Agroplatforma

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
HUDUDLARDA “AGROPLATFORMA” TIZIMINING TARG‘IBOTI

💻Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-257 va PQ-113-sonli qarori qabul qilingani hamda uning mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazish va bu borada qilinadigan ishlarni rejalashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan seminar-trening tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Bu kabi seminarlar hududlarda ham davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 7-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatlarida ham qarorning mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda mazkur qaror asosida qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish orqali yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekinlar holatini monitoring qilishning idoralararo axborot tizimlarini joriy etish belgilanganligi hamdaAgroplatforma” axborot tizimining imkoniyat va afzalliklari haqida to‘liq tushuntirishlar berildi.

#seminar_trening #agrar_sohani_raqamlashtirish #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM