QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.4K photos
2.66K videos
7 files
9.14K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌺Navro‘z - hayot, iliqlik, farovonlik va salomatlik ramzi hisoblanadi.
Bu ezgulik va mehr-oqibat, to‘kinlik va unumdorlik bahor bayramidir.

Har bir oilada hamisha to‘kin-sochin dasturxon bo‘lsin, bolalarning kulgusi yangrasin, har bir xonadon quvonchga to‘lsin.

Barchamiz uchun baxtli yil bo‘lsin!

#Navroz #bayram #21_mart #bahor

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌾Navro‘z umumxalq bayramida barcha dasturxonlarni bosh taom – sumalaksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bugun biz sizga uning organizm uchun qanday foydali xususiyatlari borligi haqida ma’lumot beramiz.

🟢Ma’lumotlarga ko‘ra, bir qoshiq sumalak vitamin va minerallar jihatidan ikki kilogramm meva o‘rnini bosa oladi.

🟢Asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi va stressni yengishga yordam beradi. Asabni mustahkamlaydi hamda uyquni yaxshilaydi.

🟢Ichak mikroflorasini yaxshilab, ovqat hazm qilishni rag‘batlantiradi.

🟢Qon aylanishini normallashtiradi.

🟢Tananing himoya funksiyalarini va turli infeksiyalarga qarshi turish xususiyatini oshiradi.

🟢Ortiqcha vaznga qarshi kurashda yordam beradi. Chunki, u lipidlar va uglevodlarning so‘rilishini sekinlashtiradi.

🟢Jigarni himoya qiladi va uning ish faoliyatitini yaxshilaydi.

🟢Organizmni 19 dan ortiq aminokislotalar bilan to‘yintiradi.

#bu_qiziq #Navroz #sumalak #bahor

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA NAVRO‘Z SHODIYONASI

🌼Yurtimizning har bir go‘shasi, korxona-yu tashkilotlarida milliy bayramimiz keng miqyosda nishonlanmoqda. Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida ham ushbi qadimiy bayramimiz ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Unda yurtimizda akrreditatsiyadan o‘tgan xorijiy tashkilotlar vakillari Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarining ishchi xodimlari ishtirok etishdi.

#Navroz #21_mart #bayram #milliy_bayram
*****
ПРАЗДНОВАНИЕ НАВРУЗА В МИНИСТЕРСТВЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

🌼По уже сложившейся доброй традиции, торжество весны, пробуждения природы и равноденствия широко отмечают по всему Узбекистану, во всех городах, районах, в самых отдаленных селениях, на предприятиях и организациях. В министерстве сельского хозяйства Навруз встречают и тем более празднуют по особенному, ярко, с присутствием символов изобилия, национального колорита и многовековых ценностей.

Также, по традиции, пригласили представителей международных и зарубежных организаций, аккредитованных в нашей стране, сотрудников различных ведомств, научных центров, образовательных учреждений, входящих в структуру министерства и общественных деятелей.

#Навруз #21_марта #праздник #национальный_праздник

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NAVRO‘ZDA MILLIY TAOMLAR TORTIG‘I

🥧Xalqimizning milliy va sevimli bayrami bo‘lmish Navro‘zni barchamiz intiqib kutamiz. Sababi, ushbu bayramda qozonda sumalak pishirilishi bilan birgalikda dasturxonlarimizga turli tuman milliy taomlarimiz ham tortiladi.

Navro‘z bayramida xalqimizning dasturxonidagi ko‘k somsa, ko‘k chuchvara taomlarini barchamiz birdek sevib isteʼmol qilamiz. Ammo har bir viloyat aholisining o‘ziga xos urf-odatlari, anʼanalari bo‘lganidek, ularning milliy taomlari ham bir-biridan farqlanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tayyorlanadigan ushbu milliy taomlarni eʼtiboringizga havola etamiz.

#Navroz #21_mart #bayram #milliy_bayram #milliy_taomlar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM