🏆GINNESNING REKORDLAR KITOBIDAN JOY OLGAN DUNYODAGI UCHTA ENG YIRIK SABZAVOT
🟢 Karam – 34 kg. Dunyodagi eng katta karamni Amerikaning Alyaska shtatida yashovchi oila yetishtirgan. Bu hudud sabzavotlar yetishtirish uchun unchalik bop bo‘lmasa ham, Evanslar oilasi buning uddasidan chiqdi. 1997-yilda jahondagi eng yirik bosh karam yetishtirildi va darhol Ginnesning rekordlar kitobiga tushdi. Uning vazni 34 kilogrammdan ziyodroq chiqdi.
Taqqoslash uchun: bu 8 yoshli bolaning o‘rtacha og‘irligidir. Shu paytgacha Evanslar rekordini takrorlashga hech kim muvaffaq bo‘la olmadi, alyaskalik mirishkorlar esa, muvaffaqiyat sirini oshkor etishmayapti.
🟠 Qovoqcha (kabachok) – 54 kg. Piter Gleyzbrk sabzavotlar yetishtirish borasida bir qancha rekordlar muallifi sanaladi. Bu ingliz fermeri Ginnesning rekordlar kitobi talqiniga ko‘ra, dunyodagi eng katta qovoqcha (kabachok) yetishtira olgan. Sabzavotning vazni 54 kilogramm, bo‘yi esa 67 santimetr bo‘lgan. Gigantni festivalga olib kelish uchun Piter o‘z tanishi – mashhur sportchi Jonatan Uokerdan yordam so‘raydi. Bugungi kungacha inglizning rekordini yangilay oladigan odam topilmadi.
🔴 Bosh piyoz – 9 kg. Yana o‘sha angliyalik Piter Gleyzbrk dunyodagi eng katta piyozni 2015-yilda yetishtirdi. Piyozning kattaligi inson boshiga 2 baravar kelardi. Vazni esa, 9 kilogramm chiqdi. Bu g‘aroyibotni yetishtirishga atigi ikki yarim oy vaqt ketgan. Bu ingliz mirishkorining Ginnesning rekordlar kitobiga tushgan uchinchi rekordi bo‘ldi.
❓ Bilarmidingiz? Qishloq xo‘jaligiga oid barcha voqealardan xabardor bo‘lish uchun postlarimizni kuzatib boring.
#bu_qiziq #sabzavot #rekord
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Taqqoslash uchun: bu 8 yoshli bolaning o‘rtacha og‘irligidir. Shu paytgacha Evanslar rekordini takrorlashga hech kim muvaffaq bo‘la olmadi, alyaskalik mirishkorlar esa, muvaffaqiyat sirini oshkor etishmayapti.
#bu_qiziq #sabzavot #rekord
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PIYOZ YETISHTIRISHDA YANGI REKORD‼️
HAR BIR GEKTARDAN 150 TONNAGACHA HOSIL OLINDI
Bugungi kunda dunyoda 4.5 million gektar maydonga piyoz ekilishi natijasida 92,1 million tonna mahsulot yetishtirilmoqda. O‘rtacha hosildorlik esa, gektaridan 19,3 tonnani tashkil etmoqda.
Birgina, Jizzax viloyati, Zomin tumani, Chorvador QFY hududidagi “Jilg‘alisoy shabadasi” fermer xo‘jaligi rahbari Baxtiyor Mirzayev joriy yilda tik quduq qazib, o‘z dalalariga tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish natijasida, fermer xo‘jaligi dalalarida o‘zi yetishtirgan mahalliy piyoz urug‘larini ekib, rekord darajada piyoz yetishtirishga erishdi. Hosil, har gektar maydondan
#piyoz #rekord
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM