QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #fakt_24

FAKT 24 | 160 TA DAVLATDA TAN OLINADIGAN TAHLIL NATIJALARI

🎥 O‘zbekiston 24 telekanali O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Tuproqsifattahlil” DUK Sinov laboratoriyasi 2019-yilda qo‘lga kiritgan Xalqaro akkreditatsiya guvohnomasi doirasida 2-marotaba Turkiya auditorlari tomonidan audit tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi haqida video reportaj tayyorladi.

WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Fakt 24 dasturida “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutini olimlarining ilmiy tadqiqot natijasi” mavzusida lavha efirga uzatildi.

Lavhada Toshkent viloyati Toshkent tumanida sarimsoqning yangi “janubiy” navi patentlangani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Fakt_24 #sabzavot #poliz_ekinlari #kartoshkachilik #sarimsoq

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” dasturida piyozning ertapishar, yangi navi haqidagi lavha efirga uzatildi.

Unda Andijonda qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha seleksioner olimlarning ko‘p yillik izlanishlari natijasida piyozning ertapishar navi yaratilgani va shu bois odatda may oyida pishib yetiladigan piyoz muddatidan 20 kun oldin tayyor bo'lishi haqida so‘z borgan. Shuningdek lavhada piyozning yangi navi yaratilishi hosildorlik va daromadning ikki barobarga oshishiga sabab bo‘lgani ham alohida ta'kidlangan.

#repost #Ozbekiston_24 #Fakt_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Fakt 24 informatsion dasturida
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi —AKIS tashabbusi bilan yurtimizda ilk bor “aqlli” qishloq xo‘jaligi loyihasi amalga oshirilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda loyihani “aqlli” qishloq xo‘jaligi texnologiyalari bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan Isroilning “Agrenos-Izrail” kompaniyasi amalga oshirayotgani, buning uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani hududidan ekin maydoni ajratib berilgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Fakt_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Fakt 24informatsion dasturida azim Samarqand shahrida ikki kun davom etgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida o‘tkazilgan “Agro oziq-ovqat investitsiya” forumida yuqori natijalar qayd etilgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda xalqaro anjumanda qatnashgan 26 ta mamlakatdan kelgan 100 dan ziyod kompaniyalar vakillari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qiziqish bildirgani va buning natijasi o‘laroq, forum yakunida 1,88 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolangani haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Fakt_24 #Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #FAO #Samarqand

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM