QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AYOL TOMORQASIDAN DAROMAD OLSA...

👥13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida “Aholi tomorqalarida bog‘dorchilik va uzumchilikni tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan 5 kunlik seminar-trening tashkil etildi.

#seminar_trening #bogdorchilik #uzumchilik #agrar_soha_ayollari
*****
КАК ЖЕНЩИНА МОЖЕТ ПОЛУЧАТЬ ДОХОД ОТ СВОЕГО ХОЗЯЙСТВА?

👥13 марта 2023 года в Национальном центре знаний и инноваций в сельском хозяйстве при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан был организован пятидневный семинар-тренинг на тему: "Организация садоводства и виноградарства на приусадебных участках населения".

#семинар_тренинг #женщины_в_сельскохозяйственной_сфере #садоводство #виноградарство

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR OTM TALABALARI UCHUN AMALIY MASHG‘ULOT

🧑‍🎓AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi
(USAID) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti (IAU) birinchi kurs talabalari uchun amaliy seminar-trening o‘tkazdi.

#hamkorlik #Qishloq_xojaligi_vazirligi #USAID #IAU #seminar_trening

Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA “STRESS PROFILAKTIKASI” BO‘YICHA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
🟩🟩🟩🟩
Barchamiz xoh ishda, xoh boshqa bir jarayonda bo‘lsin, hayotimiz davomida bir necha marotaba noxush, ziddiyatli holatlarga duch kelamiz. Xo‘sh, bunday vaziyatlarda nima qilish kerak? Qanday qilib, ishxonada ham, oilada ham stressga tushmasdan sog‘lom turmush tarziga rioya etishimiz lozim?

Toshkent davlat agrar universitetining "Axborot-resurs markazi"da bo‘lib o‘tgan "Stress profilaktikasi" mavzuidagi seminar-trening ham aynan ushbu salbiy oqibatlarni bartaraf etishga bir imkoniyat bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi.
🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹
В МИНИСТЕРСТВЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА ПРОШЕЛ СЕМИНАР-ТРЕНИНГ НА ТЕМУ ПРОФИЛАКТИКИ СТРЕССА

Все мы, будь то на работе или в любом другом месте несколько раз в жизни сталкиваемся с неприятными и конфликтными ситуациями. Что же нужно делать в таких ситуациях? Как нам поддерживать здоровый образ жизни и избежать стресса на работе или дома?

Семинар-тренинг на тему профилактики стресса, который был проведен в Информационно-ресурсном центре Ташкентского государственного аграрного университета, предоставил возможность устранить эти негативные последствия.

#seminar_trening #stress_profilaktikasi #TDAU #cеминар_тренинг #ТГАУ

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram,
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GLOBAL BAHOLASH TASHABBUSI (GBT) OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASINING VAKILLARI UCHUN SEMINAR-TRENING O‘TKAZDI

🔰Poytaxtimizdagi Xalqaro Vestminster universitetida “Siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun monitoring va baholash ma’lumotlaridan foydalanishning ahamiyati” mavzusida oliy bo‘g‘in (jumladan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasining) rahbarlari uchun seminar trening o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, Global baholash tashabbusining monitoring va baholash bo‘yicha ekspertlarining 18-iyundan 27-iyungacha davrdagi missiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

#seminar_trening #Strategik_islohotlar_agentligi #ISCAD #GBT #CERP

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SABZAVOT EKINLARINING SELEKSIYA USULLARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

🌱Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida “Sabzavot ekinlarining seleksiya usullari” mavzusida o‘quv seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

Treningda bir qator mavzular, xususan, seleksiya uchun birlamchi manbalar (genbank, kolleksiyalar, introduksiya, iqlimlashtirish, mahalliy materiallar), sabzavot o‘simliklarining belgilari va ularning o‘zgaruvchanligi, solanatsiya ekinlarni ko‘paytirish usullari va gullash biologiyasi (pomidor, qalampir, baqlajon, kartoshka), qovoq ekinlarini ko‘paytirish usullari va gullash biologiyasi (bodring, tarvuz, qovun, qovoq, qovoqcha), karamdosh va ildizmevali ekinlarini ko‘paytirish usullari va gullash biologiyasi borasida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi.
*****
ПРОВЕДЕН СЕМИНАР-ТРЕНИНГ ПО МЕТОДАМ СЕЛЕКЦИИ ОВОЩНЫХ КУЛЬТУР

🌱В НИИ овощебахчевых культур и картофеля прошел учебный семинар-тренинг на тему «Методы селекции овощных культур».

Обучение включало в себя ряд тематических направлений, по которым были заслушаны доклады специалистов. В частности, это первоисточники для селекции (генобанк, коллекции, интродукция, акклиматизация, местные материалы), признаки овощных растений и их изменчивость, солонационные методы размножения культур и биология цветения (томат, перец, баклажан, картофель), способы размножения тыквенных культур и биология цветения (огурец, арбуз, дыня, тыква, кабачок), способы размножения капусты и корнеплодов и биология цветения.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #seminar_trening #seleksiya #НИИ #семинар_тренинг #селекция

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHANI RAQAMLASHTIRISH BORASIDA YANGI IMKONIYATLAR BERILMOQDA

👥Joriy yilning 3-avgust kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 257-son qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar, agrar soha vakillari ishtirokidagi seminarni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi va qarorning agrar sohadagi ahamiyati, undan kelib chiqqan holda soha vakillari oldiga qo‘yiladigan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, qarorga binoan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli Masʼuliyati cheklangan jamiyatga o‘zgartirilib, agrar sohani raqamlashtirish yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi yagona integrator sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.

#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #seminar_trening #agrar_sohani_raqamlashtirish #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHANI RAQAMLASHTIRISH AFZALLIKLARI

🔰Prezidentning “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori  mazmun-mohiyati  joylarda targ‘ib qilinmoqda.

2023-yil 1-sentyabrdan “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integrasion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etilishini ko‘zda tutgan mazkur qarorning mazmun-mohiyati, unda sohaga aloqador tashkilotlar oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan tadbirlar ayni paytda  mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda. Jumladan Andijon viloyati Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti binosida tashkil etilgan seminar-trening ham aynan mana shu mavzuga bag‘ishlandi.

#seminar_trening #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HUDUDLARDA “AGROPLATFORMA” TIZIMINING TARG‘IBOTI

💻Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-257 va PQ-113-sonli qarori qabul qilingani hamda uning mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazish va bu borada qilinadigan ishlarni rejalashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan seminar-trening tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Bu kabi seminarlar hududlarda ham davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 7-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatlarida ham qarorning mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda mazkur qaror asosida qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish orqali yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekinlar holatini monitoring qilishning idoralararo axborot tizimlarini joriy etish belgilanganligi hamda “Agroplatforma” axborot tizimining imkoniyat va afzalliklari haqida to‘liq tushuntirishlar berildi.

#seminar_trening #agrar_sohani_raqamlashtirish #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI AGRAR SOHA VAKILLARI EʼTIBORIDA

🔰Joriy yilning 10-11-avgust kunlari Toshkent davlat agrar universitetida Buyuk Britaniyalik professor, xalqaro ekspert Richard Woody tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda Oziq-ovqat va Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha xalqaro ekspert tomonidan mavzuga oid quyidagi yo‘nalishlarda huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilib, savol-javoblar o‘tkaziladi:

🔴Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi / oziq-ovqat xavfsizligi (FS);
🔴Oziq-ovqat biznesi /Oziq-ovqat biznesi operatori (FBO);
🔴Oziq-ovqat mahsulotlarini bozorda joylashtirish;
🔴Oziq-ovqat zanjirida xavf tahlili.
*****
ПИЩЕВАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ ПОД ПРИСТАЛЬНЫМ ВНИМАНИЕМ ПРЕДСТАВИТЕЛЕЙ АГРАРНОГО СЕКТОРА

🔰10-11 августа этого года международный эксперт, профессор Ричард Вуди (Великобритания) проводит в Ташкентском государственном аграрном университете семинар-тренинг на тему «Безопасность продовольственной продукции».

В рамках Программы Европейского союза по поддержке сельского хозяйства и повышению знаний в агросфере (ASK) международный эксперт по продовольствию и безопасности продовольственной продукции анализирует различные вопросы отрасли, даёт правовые практические пояснения, поднимает актуальные темы и ищет адекватные ответы:

🔴Безопасность продовольственной продукции/продовольственная безопасность (FS);
🔴Продовольственный бизнес/оператор продовольственного бизнеса (FBO);
🔴Размещение продовольственной продукции на рынке;
🔴Анализ рисков в продовольственной цепочке.

#seminar_trening #oziq_ovqat #Yevropa_Ittifoqi #xalqaro_ekspert #TDAU #семинар_тренинг #продовольственная_продукция #Европейский_союз #международный_эксперт #ТГАУ

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI AGRAR SOHA VAKILLARI EʼTIBORIDA

🔰Joriy yilning 10-11-avgust kunlari
Toshkent davlat agrar universitetida Buyuk Britaniyalik professor, xalqaro ekspert Richard Woody tomonidan "Oziq ovqat mahsulotlari xavfsizligi" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, universitetning professor-o‘qituvchilari, doktorant hamda magistrlari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Maʼlumki, butun dunyoda, jumladan respublikamizda ham Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash eng muhim va dolzarb masala hisoblanadi. Bizda “Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash” deganda “daladan dasturxongacha” tamoyili tushuniladi. Aslida, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash bu o‘sha mahsulotni yerini, o‘g‘itlarini tayyorlashdan tortib, toki isteʼmolchi tanovvul qilib, uning salomatligiga ziyon yetmaganiga ishonch hosil qilingungacha jarayonni o‘z ichiga olishi lozim.

#seminar_trening #oziq_ovqat #Yevropa_Ittifoqi #xalqaro_ekspert #TDAU

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI – AGRAR SOHA VAKILLARI EʼTIBORIDA

👥Joriy yilning 22-sentyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Oziq-ovqat mahsulotlari hamda sog‘lom oziqlanish xavfsizligi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, universitetning professor-o‘qituvchilari, doktorant hamda magistrantlari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Seminarga xalqaro ekspert, Buyuk britaniyalik professor Richard Vudi taklif etildi.

Barcha insonlar faol va sog‘lom hayot kechirishlari yo‘lida o‘z oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirishlari uchun yetarli, xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqatdan jismoniy va iqtisodiy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganlaridagina oziq-ovqat va sog‘lom oziqlanish xavfsizligiga erishildi, deb bemalol aytish mumkin bo‘ladi. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), xususan, BRM 2 (ochlikka barham berish)da ushbu g‘oya o‘z aksini topgan.

Agrar universitetda o‘tkazilgan seminar-treningda bu maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, ularning O‘zbekiston sharoitiga implementatsiyasi, yurtimizda oziq-ovqat va sog‘lom oziqlanish xavfsizligi borasida erishilayotgan natijalar xususida fikr almashildi. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, tayyorlash va sotishning butun siklida “xavfsiz oziq-ovqat” tamoyiliga amal qilinishi muhimligi ta'kidlandi.

Erkin mluoqot ruhida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan ko‘plab dolzarb va qiziqarli savollar berildi va xalqaro ekspertdan to‘laqonli javoblar olindi.

#seminar_trening #oziq_ovqat

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM