QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTON-OZARBAYJON: AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KO‘RIB CHIQILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Ozarbayjonga davlat tashrifi dasturi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Veyselog‘lu” kompaniyasi prezidenti Aydin Tolibov bilan uchrashdi.

🔸Muloqot chog‘ida O‘zbekistondan katta miqdorda meva va quritilgan mevalar yetkazib berish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hamkorlikda yetishtirish masalalari muhokama qilindi.

🔸Ta’kidlash joizki, Ozarbayjon kompaniyasi iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi va uning faoliyati ushbu segmentdagi ta’minot zanjirlarining barcha bosqichlarini - ishlab chiqarish, tarqatish, logistika va chakana savdoni qamrab oladi.

🔸Uchrashuv yakunida tomonlar yaqin hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

#Ozarbayjon #agrarsohasi #istiqbol

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM