QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik #Tadbir #Konstitutsiya

MEHNATINGIZ QADR TOPAVERSIN

🎖2022-yil 7-dekabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ochib, mamlakatimizda agrar sohani transformatsiya qilish va qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishdagi siyosiy, huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlar, mamlakatimiz Qomusining taraqqiyot va mamlakat kelajagidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

“Barchangizni o‘zim va butun jamoa nomidan bayram bilan tabriklayman. Bilamizki, keyingi yillarda yurtimizda Konstitutsiya asosida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga jamiyatimiz taraqqiy etishida, hayotimiz farovon bo‘lishida siz aziz hamkasblarning ham hissangiz beqiyos. O‘ylaymanki, siz kabi fidoyi insonlar qishloq xo‘jaligi rivojiga munosib hissa qo‘shadi”, – deb ta'kidlab o‘tdi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov.

Shundan so‘ng vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari va hududiy bo‘linmalarda soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan rahbar va xodimlar "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Prezident #Konstitutsiya #Tabrik #30yil

Bugun vatanimiz tarixidagi eng muhim tarixiy sana —O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANINING 30 YILLIK BAYRAMI keng nishonlanmoqda.

Mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev bayram munosabati bilan xalqimizga tabrik yo‘lladi.

Bayram tabrigida xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib kelayotgan Asosiy Qonunimizning milliy taraqqiyotimizdagi o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanligi taʼkidlangan.

Davlat rahbarining bayram tabrik matni bilan batafsil tanishing.

t.me/shmirziyoyev
#Tabrik #Vazir #Konstitutsiya #30yil #Bayram #8_dekabr

🇺🇿Qishloq xo‘jaligi sohasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularning eksportini ko‘paytirish, hosil sifatini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan kompleks islohotlar muntazam amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi mamlakatimizning mehnatkash xalqi tufayli amalga oshirilmoqda vа bu mehnatni Konstitutsiyamiz himoya qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi erkinligimiz va farovonligimizning huquqiy kafolati bo‘lib, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soladi. Shuni esda tutish kerakki, u xalqimizning boy, tarixiy va huquqiy merosining ko‘p asrlik tajribasi va maʼnaviy qadriyatlari asosida yaratilgan.

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimga tinchlik va farovonlik tilayman. Xalqimiz amalga oshirayotgan har bir amal O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan doimo himoya qilinsin.

Hurmat bilan,
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri
Aziz Voitov.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya #30yil #Bayram #8_dekabr

🇺🇿Har bir inson baxtli yashashga haqli. Shunday ekan, Konstitutsiyamizning bosh maqsadi farovon hayot kechirishimiz uchun munosib sharoit yaratishdan iborat.

Erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib o‘rin egallashda Asosiy Qomusimiz mustahkam zamin bo‘laversin.

*****
#Конституция #30лет #Праздник #8_декабря

🇺🇿Каждый имеет право жить достойно. Поэтому главная цель нашей Конституции – создать нам подходящие условия для комфортной жизни.

Пусть наш Основной Закон будет прочной основой для построения экономики, основанной на свободных рыночных отношениях и занимающей достойное место на международной арене.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir #Konstitutsiya #30_yil #taqdirlash

QISHLOQ XO‘JALIGIDA SOHA FIDOYILARI TAQDIRLANDI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan respublikamizda bayram tantanalari va yurtdoshlarimizni taqdirlash tadbirlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida ham agrar soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh rahbar va xodimlar "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi.

👉Batafsil
*****
#Министр #Контститутция #30_лет #Награждение

НАГРАЖДЕНЫ ПРЕДСТАВИТЕЛИ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ ОТРАСЛИ

🇺🇿По случаю 30-летия принятия Конституции Республики Узбекистан в республике продолжаются торжественные мероприятия и церемонии награждения соотечественников.

В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан группа руководителей и сотрудников, внесших вклад в развитие аграрной отрасли, награждены памятным значком «30 лет Конституции Узбекистана».

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHA XODIMLARI REFERENDUMDA FAOL ISHTIROK ETADI

🔰Toshkent Davlat Agrar universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun va mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

#tadbir #TDAU #Konstitutsiya #referendum
*****
РАБОТНИКИ АГРАРНОЙ СФЕРЫ ПРИМУТ АКТИВНОЕ УЧАСТИЕ В РЕФЕРЕНДУМЕ

🔰В Ташкентском государственном аграрном университете прошло мероприятие по разъяснению сути и значения проекта конституционного закона.

#мероприятие #ТГАУ #Конституция #референдум

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Sizning ovozingiz – muhim ovoz"
30-aprel
– O‘zbekiston Respublikasining referendumida ishtirok eting!

#referendum #30_aprel #konstitutsiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #Konstitutsiya #referendum

Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament a’zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Unda davlatimiz rahbari o‘z nutqining avvalida Konstitutsiya bo‘yicha referendum yakunlariga to‘xtaldi.

“Xabaringiz bor, shu yil 30-aprel kuni mamlakatimiz hayotida hech shubhasiz tom ma’nodagi ulkan tarixiy voqea bo‘lib o‘tdi. Birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik” – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari xalq bilan muloqot qilib, uning fikrini olib, Asosiy qonunimizni takomillashtirishga o‘z hissasini qo‘shgan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolariga, barcha deputat va senatorlar, siyosiy partiyalar vakillariga, qonun loyihasini xalqaro standartlar asosida ishlab chiqishda faol ishtirok etgan olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarga, referendum jarayonlarini haqqoniy yoritib, o‘zining xolis fikrlarini bildirgan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlariga, xalqaro kuzatuvchilarga alohida tashakkurlar aytdi.

Shuningdek, Yangilangan Konstitutsiyamizning birinchi moddasida O‘zbekiston – suveren demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat, deb qat’iy belgilab qo‘yilgani tarixiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Mamlakatimiz suverenitetini yanada mustahkamlashda global iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat, energetika, logistika bilan bog‘liq xavf-xatarlar, suv taqchilligining salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha yangi tashabbus va dasturlar ishlab chiqilishi va hamkorlarimiz bilan birga faol ish olib borilishi ta’kidlab o‘tildi.

Batafsil

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI O‘TKAZILDI

👥Yurtimiz bo‘ylab yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan turli targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Huddi shunday tadbirlardan biri bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbarining 2023-yil 8-maydagi PF-67-sonli "Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv-seminarida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda tizim tashkilotlaridan jami 4150 nafar xodimlar onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishdi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishdan iborat. Zero, boshqaruvda konstitutsiyaviy normalarning ijrosini to‘liq ta’minlash, ularni davlat xizmatchisining har kunlik faoliyatiga tatbiq etish, pirovardida "Inson qadri" tamoyili asosida xalqqa xizmat ko‘rsatishning sifat darajasini oshirishga xizmat qiladi.

#Seminar #konstitutsiya #Inson_qadri

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI

👥O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kirdi. Yangilangan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirildi, shuningdek konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar doirasi kengaydi.

O‘quv-seminarlarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimiz Prezidentining 2023-yil 8-maydagi 67-sonli “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan chora-tadbirlar bilan kengroq tanishishdan iborat.

Farmonda uchta ustuvor vazifa belgilab berilgan. Birinchi ustuvor vazifa – bu barcha yo‘nalishlardagi tashkilotlarda Konstitutsiya normalarini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlarni Konstitutsiyaga moslashtirish. Ikkinchi ustuvor vazifaKonstitutsiya normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotda qo‘llashni joriy etish. Uchinchi ustuvor vazifa esa, Konstitutsiya normalarini amaliyotda qo‘llashda joriy qonunlarni yoki muayyan bir yo‘nalishlar bo‘yicha qonunlarni ijro etish mexanizmi belgilanmagan degan vajlarni mutlaqo olib tashlash bilan bog‘liq.

#Seminar #konstitutsiya #Inson_qadri

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiya – kelajagimizning ishonchli kafolati

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yillgi 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Shu aziz Vatan barchamizniki” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, Toshkent davlat agrar universiteti professor o‘qituvchilari, talabalar hamda tadbirga taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishdi.

Bayram tadbirini Qishloq xo‘jaligi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning huquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi madhiyasiga ham alohida to‘xtalib, madhiyamizning qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi, yurtga mehr uyg‘otishini hamda bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘ylari mujassam ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Toshkent davlat agrar universiteti talabalari tomonidan tashkil etilgan badiiy chiqishlar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

#konstitutsiya #bayram_tadbiri

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM