QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20K photos
2.55K videos
6 files
8.5K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
BIOPESTITSIDLAR: ATROF-MUHITGA ZARAR KELTIRMAY, CHIGIRTKAGA QARSHI KURASH

🦗Aprel oyi oxirida FAO tomonidan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Karantin va o‘simliklar himoyasi agentligi bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida namunaviy sinovlar o‘tkazildi.

Tadbir “Kavkaz va Markaziy Osiyoda chigirtkaga qarshi milliy va mintaqaviy miqyosda kurashni yaxshilash bo‘yicha FAO dasturi” doirasida, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) moliyalaydigan loyihalar qo‘llab-quvvatlashida o‘tkazildi.

#tadbir #biopestitsidlar #FAO #JICA #USAID
*****
БИОПЕСТИЦИДЫ: БОРЬБА С САРАНЧОЙ БЕЗ ВРЕДА ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЕ

🦗В конце апреля в Джизакской области прошли демонстрационные испытания биопестицидов, которые были организованны ФАО в сотрудничестве с Агентством по карантину и защите растений при Министерстве сельского хозяйства Узбекистана.

Мероприятие прошло в рамках «Программы ФАО по улучшению национальной и региональной борьбы с саранчой на Кавказе и в Центральной Азии» и при поддержке проектов, финансируемых Японским агентством международного сотрудничества (JICA) и Агентством США по международному развитию (USAID).

#мероприятие #биопестициды #ФАО

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QO‘SHMA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Hindistonning “IPL Biologicals Limited” kompaniyasi Xalqaro biznes boshlig'i Dipak Singal o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “O‘zbekiston Respublikasi hududida bioo‘g‘itlar va biopestitsidlarni ishlab chiqarish va tarqatish zavodini qurish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish”ni amalga oshirish hamda sohada qo‘shma hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Aziz Voitov hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu qo‘shma loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, suhbat davomida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtirilayotgan mahsulotlar uchun bioo‘g‘itlar va biopestitsidlarning afzal tomonlari, foydali xususiyatlari hamda ularni qo‘llashning atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha fikr almashildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #qishloq_xojaligi #bioogitlar #biopestitsidlar #Ozbekiston #Hindiston

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram