QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
24.4K photos
2.72K videos
7 files
9.54K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣
Ertaga, 6-iyul kuni “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Tadbir shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma'rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida tashkil etiladi. Haftalikda 60 dan ziyod mamlakatdan 450 dan ortiq davlat arboblari, siyosatchilar, yirik biznes vakillari va ekspertlar, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etyapti.

Xalqaro konferensiyada Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tizim tashkilotlari rahbariyati va mutaxassislari bilan bir qatorda, ko‘zga ko‘ringan xalqaro ekspertlar, xorijiy mehmonlar ham qatnashadi.

Unda Yangi O‘zbekistonda 2030-yilgacha qishloq xo‘jaligining rivojlanish strategiyasi: imkoniyatlar va istiqbollar” va “Suv resurslarini tejash zarurati – zamon talabi” seksiyalarida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ma'ruza qiladilar.

📍Tadbir 2023-yil 6-iyulda Toshkentdagi “Event-hall” majumuasida o‘tkaziladi.

Boshlanishi – soat 14.00 da.

#elon #tadbir #xalqaro_konferensiya #Yangi_Ozbekiston

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI: IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR

🔰Shu lahzalarda, Toshkentda “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Eslatib o‘tamiz, tadbir 3-iyulda boshlangan Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma'rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida tashkil etildi.

Xalqaro konferensiyada Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tizim tashkilotlari rahbariyati va mutaxassislari bilan bir qatorda, ko‘zga ko‘ringan xalqaro ekspertlar, xorijiy mehmonlar – jami yuzga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda.

Konferensiya moderatorlari – to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis, “FDI Magazine” va “Investment monitor” jurnali nashrlarining sobiq bosh muharriri Kortni Finger hamda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Alisher Shukurov.

Anjuman ikki seksiyadan iborat: Yangi O‘zbekistonda 2030-yilgacha qishloq xo‘jaligining rivojlanish strategiyasi: imkoniyatlar va istiqbollar” va “Suv resurslarini tejash zarurati – zamon talabi”. Konferensiyani qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda, shuningdek, Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Vedat Mirmahmudogullari, Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazi direktori Szolt Polgar, “Swiss NeWater Holding” kompaniyasi (Shveysariya) asoschisi Klod Begl va boshqa martabali mehmonlar va ko‘zga ko‘ringan xalqaro ekspertlarning chiqishlari ko‘zda tutilgan.

#xalqaro_konferensiya #Yangi_Ozbekiston #Qishloq_xojaligi_vazirligi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA: VAZIR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MASALASIGA TO‘XTALDI

🗣Toshkentda ish boshlagan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” xalqaro konferensiyasi dolzarb va qiziqarli chiqishlarga boy o‘tmoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, mamlakat barqaror rivojlanishida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarining salmoqli o‘rin tutishi haqida to‘xtaldi.

“Bugun qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va oldimizda turgan yangi imkoniyatlar va istiqbollar bo‘yicha suhbatlashamiz“, — dedi Aziz Voitov o‘z chiqishini boshlar ekan.

2019-yilda hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan Strategiya qabul qilingan, uni shu yerda qatnashayotgan hamkasblarimiz — xalqaro tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqqanmiz.

Strategiyamiz to‘qqizta banddan iborat bo‘lib, birinchi band aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan. Bu global ahamiyatga ega muhim vazifa. Ushbu vazifani bajarish uchun keyingi yillarda, yerdan samarali foydalanish va ekin turlarini diversifikatsiya qilish maqsadlaridan kelib chiqib, ko‘plab o‘zgarishlarga erishildi. Aytib o‘tish kerakki, g‘alla va paxta maydonlarini qisqartirish evaziga meva-sabzavotlarni ekish ko‘paydi.

Keyingi masala – bu kooperatsiyalar tizimi. Kichik dehqon xo‘jaliklarini kooperatsiya orqali yirik tadbirkorlik subyektlariga aylantirish, xarajatlarini kamaytirish va daromadini ko‘paytirish hamda moliyalashtirish uchun
yangi imkoniyatlarni yaratish ustida ham birgalikda ishlamoqdamiz.

Oldimizda turgan asosiy vazifalar – bu suvdan oqilona foydalanish, nafaqat moliyaviy, balki bilim investitsiyalarini kiritish masalalarini bugun hamkasblar birgalikda muhokama qilamiz. Qishloq xo‘jaligi sohasining istiqbollari xususida maslahatlashamiz”.

#xalqaro_konferensiya #vazir #Yangi_Ozbekiston #Qishloq_xojaligi_vazirligi #oziq_ovqat_xavfsizligi #suv_taminoti

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM