QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#piyoz #hosil
🧅 PIYOZ MAYDONLARI, EKSPORTI VA IXTISOSLASHTIRILGAN TUMANLAR

👩‍🌾 Respublika aholisini piyozga bo‘lgan talabini qondirish, bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash maqsadida 2022-yilda barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan jami 1 mln 897 ming tonna, shundan fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 954,1 ming tonna hamda dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida 943,2 ming tonna piyoz yetishtirish prognoz qilinmoqda.
👉 Batafsil
_____________
#лук #урожай
🧅 ЛУК: ПЛОЩАДЬ, ЭКСПОРТ И СПЕЦИАЛИЗИРОВАННЫЕ РАЙОНЫ ВЫРАЩИВАНИЯ

👩‍🌾 В целях обеспечения потребности населения республики в луке, установления ценовой стабильности на рынках в 2022 году всеми категориями хозяйств будет произведено в общей сложности 1 млн 897 тыс. тонн лука, из них 954,1 тыс. тонн фермерскими хозяйствами и сельскохозяйственными предприятиями и 943,2 тыс. тонн дехканскими хозяйствами и на приусадебных участках населения.
👉 Подробнее

WWW/FACEBOOK/YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#piyoz_sarimsoqpiyoz #ekish

🧄Bugungi kunda hududlarda avgust oyidan ekilishi boshlangan piyoz va sarimsoqpiyozni yerga qadash ishlari yakunlanmoqda.

2022-yilning 11-oktyabr holatiga ko‘ra, barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan avgust-sentyabr oylarida jami 96,1 ming gektarga (f/x va q/x korxonalarida 27,3 ming ga) piyoz va sarimsoqpiyoz ekilgan bo‘lib, shundan, 50,8 ming gektarini piyoz va 45,3 ming gektarini sarimsoqpiyoz tashkil etadi.

👉Ma’lumotlar tafsilotlari saytimizda

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
O‘ZBEKISTONDA PIYOZ ZAXIRASI MAVJUD

🧅Hozirgi kunda, mamlakatimizda nafaqat piyozning balki barcha asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining zaxirasi mavjud va o‘rnatilgan tartibda saqlanmoqda.

2022-yilda respublika bo‘yicha barcha toifa xo‘jaliklarida 91,1 ming gektar maydonga piyoz ekilib, 1,9 mln tonna shundan, avgust-sentyabr oylarida 665 ming tonna kuzgi hosil yetishtirildi.

Yetishtirilgan piyoz hosilining 1,2 mln tonnasi aholi isteʼmoliga, 203 ming tonna eksportga, 93,2 ming tonna zaxiraga, 210 ming tonna umumiy ovqatlanish va qayta ishlash korxonalariga yo‘naltirildi.

Bugungi kunda, joylardagi zaxira qilingan piyoz mahsuloti bo‘yicha holat o‘rganildi. Jumladan, hududlarda zaxira miqdori 87 ming tonna va aholi xonadonlarida 232 ming tonna, jami 319 ming tonna piyoz mahsuloti borligi viloyatlar tomonidan tasdiqlanmoqda.

👉Batafsil

#piyoz #zaxira #eksport #oziq_ovqat #qayta_ishlash
*****
ЗАПАС ЛУКА В УЗБЕКИСТАНЕ ИМЕЕТСЯ

🧅В настоящее время все основные виды сельскохозяйственной продукции, включая и репчатый лук, заготавливаются и хранятся в установленном порядке.

Данные за 2022 год по репчатому луку по всем категориям хозяйств республики:
Репчатый лук высажен на 91,1 тыс. га. Выращено более 1,9 млн тонн из них 665 тыс. тонн в августе-сентябре 2022 года.

На потребление населения направлено 1,2 млн тонн выращенного урожая лука, на экспорт – 203 тыс. тонн, заложено в резервы – 93,2 тыс. тонн, на предприятия общественного питания и перерабатывающие предприятия – 210 тыс. тонн. Естественные потери составили 228 тыс. тонн.

На сегодняшний день изучено состояние заготовленного лука в республике. В частности, регионами подтверждено, что имеется 87 тыс. тонн луковой продукции, а в хозяйствах – 232 тыс. тонн, всего 319 тыс. тонн.

#лук #запас #экспорт

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar” dasturida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining Piyoz va boshqa mahsulotlarning narxini barqarorlashtirish borasida qilinayotgan ishlar”ga bag‘ishlangan brifingi efirga uzatildi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Zafar Ortiqov respublikamiz hududlarida piyozning zaxira miqdori, aholining mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini taʼminlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot bergan.

#repost #Ozbekiston_24 #piyoz

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PIYOZ ZAXIRASI ICHKI ISTE’MOL BOZORI UCHUN YETARLIMI?

🧅Bugungi kun holatiga ko‘ra, Hukumat qaroriga muvofiq hududlarda tashkil etilgan zaxiralarda 51 ming tn, aholi xonadonlarida 200 ming tn piyoz zaxirasi mavjud.

Ichki iste’mol bozorida piyozga bo‘lgan ehtiyojni kafolatli ta’minlash hamda narxlar o‘sishining oldini olish maqsadida, 1 aprelga qadar qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tn piyozni bozorga kiritish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Monitoring asosida piyozni bir hududdan ikkinchi hududga “yashil yo‘lak” tamoyili asosida hech qanday to‘sqinliksiz yetkazish choralari ko‘rilmoqda. Ushbu tadbirlar, natijasida, o‘tgan 25 kunda jami 5 ming tn piyoz hududlararo intervensiya qilindi.

Intervensiya qilingan mahsulotlarning barchasi arzonlashtirilgan maxsus rastalar orqali Departament organlari nazorati ostida narxlarni asossiz oshirmasdan sotilishi ta’minlanmoqda.

👉Batafsil

#piyoz #narx_navo #brifing #repost
*****
ДОСТАТОЧНО ЛИ ЗАПАСОВ ЛУКА ДЛЯ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ВНУТРЕННЕГО СПРОСА?

🧅На сегодняшний день в резервах, созданных в регионах, находится 51 000 тонн лука, в хозяйствах – 200 000 тонн лука.
В целях обеспечения потребности в луке на внутреннем потребительском рынках и недопущения повышения цен, до 1 апреля предусмотрены мероприятия по поставке на рынок 37,5 тыс. тонн лука.

На основе результатов мониторинга принимаются меры по беспрепятственной доставке лука из одного региона в другой по принципу «зеленого коридора». Так, за последние 25 дней в общей сложности перевезено 5 000 тонн лука.

Вся продукция, закупленная в целях интервенции, продавалась через специальные торговые точки со скидкой под контролем руководства Департамента без необоснованного повышения цен.

👉Подробнее

#лук #цена

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON PIYOZ EKSPORTIGA KIRITGAN VAQTINCHA CHEKLOVNI BEKOR QILDI

🧅2023-yil 15-martdan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati piyoz narxi barqarorlashganligi sababli piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovni bekor qildi.

Ma’lumot uchun:
Piyoz narxining keskin o‘sishi, aholining ichki iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Hukumat topshirig‘i bilan O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning 1-apreliga qadar piyoz eksportiga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan edi.

#oziq_ovqat #zaxira #piyoz #eksport

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
🧅Surxondaryoning bir qator tumanlarida piyoz hosili pishib yetildi.

Ayni bahorgi ishlar boshlanib, yerga urug‘lar qadalayotgan bir paytda Surxondaryo viloyatining bir qator tumanlarida ertagi piyoz hosili pishib yetildi. Janubiy vohadagi mirishkor dehqonlarning yillar davomida orttirgan tajribasi hamda tinimsiz va mashaqqatli mehnatlari tufayli bu yil 27-mart holatiga ko‘ra, viloyatning Qumqo‘rg‘on tumanidagi aholi honadonlarida pishib yetilgan piyoz mahsulotlari yig‘ishtirib olinib, bozorlarga chiqarildi.

Shuningdek viloyatning Muzrabot, Sariosiyo tumanlarida istiqomat qiluvchi dehqonlar ham tomorqalarida yetishtirilgan piyoz mahsulotlarini iste’molchilarga yetkazib berishni boshlashdi.

Umumiy maydoni 425 gektarni tashkil etuvchi aholi tomorqalarida yetishtirilgan piyoz hosili 10 ming tonnadan oshishi chamalangan.

#piyoz #xosil #Surxondaryo

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Biroz avval Surxondaryoning qator tumanlaridagi aholi tomorqalarida piyoz hosili pishib yetilgani haqida xabar bergan edik.

Muzrabot tumani hokimligi axborot xizmati ijodiy guruhi tayyorlagan lavhada tomorqasida piyoz yetishtirib undan mo‘l hosil olgan mirishkor dehqonning fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

#repost #piyoz #xosil #Surxondaryo

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON ILMIY-TAJRIBA STANSIYASIDA PIYOZNING “MALLA” NAVI YARATILDI

🧅O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik” ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasining ekin maydoni 84,5 gektar bo‘lib, ushbu maydonda 17 turdagi ekinlar ekilib, urug‘lari ko‘paytirib kelinmoqda.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #yangi_nav #piyoz
*****
НА АНДИЖАНСКОЙ НАУЧНО-ОПЫТНОЙ СТАНЦИИ СОЗДАН СОРТ ЛУКА «МАЛЛА»

🧅Посевная площадь Андижанской научно-опытной станции НИИ овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан составляет 84,5 га, здесь выращивают 17 видов различных посевных культур и получают семенной материал.

#НИИ #новый_сорт #лук

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
POREY PIYOZI: KAMXARJ, EKSPORTBOP MAHSULOT

🧅Porey piyozi (luk-poriy) yoki «marvarid piyoz» piyozdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, vatani Old Osiyo hisoblanadi. Hozirgi paytda sabzavot ekini sifatida Yevropada, O‘rta Yer dengizi atrofidagi davlatlarda, Shimoliy Amerikada va ko‘proq G‘arbiy Yevropa, asosan Fransiyada yetishtirilmoqda.

Bahorgi ekinlar uchun Jomboy tumanida 3 982 gektar yer maydoni ajratilgan. Bugungi kunda dalalardagi to‘qsonbosti va bahorgi ekinlar avj pishish pallasida. Sabzavot ekinlari ekilgan maydonlarning dala chetlariga tut, tol ko‘chatlari, oshqovoq kabi ekinlar ekish ishlari to‘liq yakunlangan. Shuningdek, 3 109 gektar maydonda kartoshka yetishtirish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ularning birinchi ishlovi amalga oshirildi.

👉Batafsil

#piyoz #porey_piyozi #yetishtirish #eksport #Jomboy

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
POREY PIYOZI HAQIDA BILASIZMI?

🧅Ilmiy nomi – Allium porrum, “marvarid piyoz nomiga ega. U asli Osiyoda yetishtirilgan bo‘lib, O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga o‘tgan va hozirda dunyoning ko‘plab mintaqalarida uchratish mumkin.

Porey piyozi haqidagi faktlar:

🟢Xolesterin to‘planishiga to‘sqinlik qiladi, jismoniy va asabiy zo‘riqishda yordam beradi.

🟢Ochiq rangli poyasi inulin, kempferol, allisin va dialliltrisulfid kabi antikanserogen (saratonga qarshi) birikmalarga ega.

🟢C vitaminiga boy va o‘ziga xos xususiyatga ega: uzoq saqlangan poreyda aksorbin kislotasi miqdori 1,5 baravar ortadi.

👉Batafsil

#bu_qiziq #piyoz #porey_piyozi #faktlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XOVOSDA TO‘QSONBOSTI EKINLAR EKISHGA TAYYORGARLIK AVJIDA

🧅Shu kunlarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumaniga yo‘lingiz tushsa, dala maydonlaridagi qizg‘in ish jarayonlarining ustidan chiqasiz. Qaysi manzilga boqmang, keyingi yil hosili uchun ekin ekayotgan, joriy yildagi hosilni esa, yig‘ishtirib olayotgan mirishkorlarga ko‘zingiz tushadi.

Dalalarda kuzgi piyozni ekish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, hozirda tumanda 4 ming gektar yer maydoniga to‘qsonbosti ekin sifatida piyoz, sarimsoqpiyozlarni ekish ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan, tumandagi “Jahongir mirzo” fermer xo‘jaligining 5 gektardan ziyod yer maydonida ham piyoz ekish ishlari avjida. Buni qarangki, ayrim maydonlarda ekilgan piyozlarni dastlabki sug‘orishga ham ulgurildi. Shuni alohida keltirish joizki, ajratilgan yer maydonining 413 gektariga kuzgi piyozni ekish maqsad qilingan. Bugungacha esa, 300 gektar maydonga ushbu ekin ekib bo‘lindi.

Kuzning ikkinchi oyi yaʼni oktyabrga kelib esa tumandagi yer maydonlariga to‘qsonbosti ekinlarni ekish boshlanadi. Ushbu ekinlarni tumandagi 2000 gektardan ortiq maydonda ekish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ekin ekish uchun yerlar tayyorlanmoqda. Bu yerlarga to‘qsonbosti ekin sifatida nafaqat piyoz, sarimsoqpiyoz, balki ko‘katlar, sabzi kabilar ham ekiladi.

#fermer_xojaligi #piyoz #toqsonbosti #sarimsoqpiyoz

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

PIYOZ YETISHTIRISHDA YANGI REKORD‼️
HAR BIR GEKTARDAN 150 TONNAGACHA HOSIL OLINDI

Bugungi kunda dunyoda 4.5 million gektar maydonga piyoz ekilishi natijasida 92,1 million tonna mahsulot yetishtirilmoqda. O‘rtacha hosildorlik esa, gektaridan 19,3 tonnani tashkil etmoqda.

🌍 Dunyo miqyosida piyoz yetishtirish bo‘yicha Xitoy 🇨🇳, Hindiston 🇮🇳, AQSh 🇺🇸, Eron 🇮🇷 davlatlari yetakchi o‘rinni egallaydi.

🇺🇿 O‘zbekistonda ham piyozni yangi serhosil va turli muddatlarda yetishtirishga mos navlarini yaratish, urug‘idan, ko‘chatidan hamda no‘shidan yetishtirishda takomillashgan texnologiyalarni, xususan suv tejovchi texnologiyalar — tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish tizimini qo‘llash orqali hozirgi kunda bir qator fermerlarimiz piyozdan yaxshi hosil olishmoqda.

Birgina, Jizzax viloyati, Zomin tumani, Chorvador QFY hududidagi “Jilg‘alisoy shabadasi” fermer xo‘jaligi rahbari Baxtiyor Mirzayev joriy yilda tik quduq qazib, o‘z dalalariga tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish natijasida, fermer xo‘jaligi dalalarida o‘zi yetishtirgan mahalliy piyoz urug‘larini ekib, rekord darajada piyoz yetishtirishga erishdi. Hosil, har gektar maydondan 1️⃣5️⃣0️⃣ tonnani tashkil etib, bu borada yangi REKORD o‘rnatildi.

“Bu yilgi natija bilan to‘xtab qolish niyatimiz yo‘q, keyingi yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy tadqiqot institutlari olimlari bilan birgalikda gektaridan 1️⃣6️⃣0️⃣ tonna hosil olishni reja qilganmiz. Xudo xohlasa, keyingi 3 yilda hosilni yanada ko‘paytirib gektaridan 2️⃣0️⃣0️⃣ tonnagacha hosil olishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz” – deydi, o‘z yutug‘idan mamnun bo‘lgan fermer, Baxtiyor Mirzayev.

#piyoz #rekord

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧅 GEKTARIDAN 150 TONNAGACHA PIYOZ YETISHTIRIB OLAYOTGAN JIZZAXLIK FERMER

O‘zbekistonda piyozning yangi, serhosil va turli muddatlarda yetishtirishga mos navlarini yaratish, urug‘idan, ko‘chatidan hamda no‘shidan yetishtirishda takomillashgan texnologiyalarni, xususan suv tejovchi texnologiyalar — tomchilatib, yomg’irlatib sug’orish tizimini qo‘llash orqali hozirgi kunda bir qator fermerlarimiz piyozdan yaxshi hosil olishmoqda.

🔸 Jizzax viloyati, Zomin tumani, Chorvador QFY hududidagi "Jilg'alisoy shabadasi" fermer xo`jaligi rahbari Baxtiyor Mirzayev joriy yilda piyoz hosilidan gektaridan 24-25 tonna emas, 150 tonnaga yaqin hosil olishga erishdi. Bunday yuqori natijaning zamirida esa, tomchilatib sug’orish texnologiyalarini fermer xo’jalikda joriy etilishi yotadi.

Bundan tashqari Baxtiyor Mirzayev fermer xo’jaligida piyoz urug’ini ham o’zi yetishtirmoqda. Bunda ekspertbop, eng sifatli piyozlar saralab olinib, yerga qadaladi. Bu esa, piyoz urug’idan yuqori hosil olishga zamin yaratadi.

Chorvador QFY hududidagi mahalliy aholi ham fermer xo’jaligidan mamnun. Boisi, mavsumiy ishchilar piyoz yig’ish jarayonida kunlik 150 mingdan 200 ming so’mgacha pul ishlashmoqda.

📈 So‘nggi yillarda piyoz navlarini ekish va parvarishlashda innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, yaʼni yuqori hosildor navlarni ekish, yomg‘irlatib, tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish orqali mineral o‘g‘itlar sarfini kamaytirish, kasallik va zararkunandalarga o‘z vaqtida ishlov berish kabi agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish orqali yuqori hosildorlikka erishilmoqda.

#piyoz #Jizzax

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM