BIOMOLEKULALAR – QURG‘OQCHILIKKA QARSHI YECHIM...MI?
💧Qurg‘oqchilikning salbiy oqibatlari allaqachon ko‘rina boshlagan. Tog‘lardagi o‘simlik qoplamining qisqarishi, dehqonchilik mavsumida suvning keskin cheklanishi, yer osti suvlarining chekinishi... Bu ketish bo‘lsa, cho‘llashuv keng quloch yozishi hech gap emas.
Yechim bormi❓
🔬 Ilmiy asoslangan yechimlari ko‘p. Bir emas, bir necha. O‘zbekiston mikrobiologlari ana shunday yechimlardan birini taklif etmoqda. Mikrobiolog olim, O‘zbekiston FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Mikrob biotexnologiyasi laboratoriya mudiri, fan doktori Baxtiyor Rasulovga ko‘ra, bu kuz, qish va erta bahorgi yog‘inning uzoq vaqt tuproqda saqlanish imkonini beradigan biotexnologiya bo‘lib, tabiiy, ekologik maqbul va arzon yechim sanaladi.
🧬Gap shundaki, tuproq bakteriyalari ko‘plab biomolekulalarni hosil qiladi. Ular orasida ekzopolisaxarid degan toifasi bor. Bir xususiyati – suvni yaxshi ushlaydi. Tuproqqa solinsa, namini uzoq muddat saqlab turadi: 1 grammi 120 gramm atrofida suvni biriktirib oladi. “Qo‘lga tushgan” suv 2-3 oy davomida tuproqda saqlanadi. Bu muddatda o‘simlik bemalol rivojlanadi. Taklif etayotgan usul uchun sug‘orish kerak emas. Kuz, qish va erta bahorning yomg‘ir-suvi yetadi.
👉Batafsil
#bu_qiziq #biomolekulalar #mikrobiologiya #genetika_va_osimliklar #biotexnologiya #ekzopolisaxarid
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
💧Qurg‘oqchilikning salbiy oqibatlari allaqachon ko‘rina boshlagan. Tog‘lardagi o‘simlik qoplamining qisqarishi, dehqonchilik mavsumida suvning keskin cheklanishi, yer osti suvlarining chekinishi... Bu ketish bo‘lsa, cho‘llashuv keng quloch yozishi hech gap emas.
Yechim bormi
🧬Gap shundaki, tuproq bakteriyalari ko‘plab biomolekulalarni hosil qiladi. Ular orasida ekzopolisaxarid degan toifasi bor. Bir xususiyati – suvni yaxshi ushlaydi. Tuproqqa solinsa, namini uzoq muddat saqlab turadi: 1 grammi 120 gramm atrofida suvni biriktirib oladi. “Qo‘lga tushgan” suv 2-3 oy davomida tuproqda saqlanadi. Bu muddatda o‘simlik bemalol rivojlanadi. Taklif etayotgan usul uchun sug‘orish kerak emas. Kuz, qish va erta bahorning yomg‘ir-suvi yetadi.
👉Batafsil
#bu_qiziq #biomolekulalar #mikrobiologiya #genetika_va_osimliklar #biotexnologiya #ekzopolisaxarid
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM