QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARINI SINASH VA TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIK

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi vakillari Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif buyurib, hamkorlik Memorandumini imzolashdi.

Tomonlar kelishuviga ko‘ra, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida tahsil olayotgan talabalar Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazida amaliyot o‘tab, tajriba o‘rganishi va ishga joylashishlari mumkin.

👉Uchrashuv tafsilotlarini saytimizda kuzating

#hamkorlik #agrotexnologiya #Memorandum #Qishloq_xojaligi_texnikasi

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JIZZAXDAGI ANJUMAN LALMIKOR DEHQONCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTINING 110 YILLIGIGA BAG‘ISHLANDI

👥2023-yilning 19-may kuni Jizzax viloyatida «Lalmikor dehqonchilikning ahamiyati, ilmiy asoslari va uni rivojlantirishning innovatsion agrotexnologiyalari» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining 110 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ushbu anjuman Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) va Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #Qishloq_xojaligi_vazirligi #FAO #ISCAD #ICARDA #qishloq_xojaligi #Lalmikor_dehqonchilik #seleksiya #innovatsiya #agrotexnologiya
*****
В ДЖИЗАКЕ СОСТОЯЛАСЬ КОНФЕРЕНЦИЯ, ПОСВЯЩЕННАЯ 110-ЛЕТИЮ НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКОГО ИНСТИТУТА БОГАРНОГО ЗЕМЛЕДЕЛИЯ

👥19 мая 2023 года в Джизакской области прошла научно-практическая конференция на тему «Значимость и научные основы инновационных агротехнологий в развитии богарного земледелия».

Конференция, приуроченная к 110-летию Научно-исследовательского института богарного земледелия при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан, была организована Продовольственной и сельскохозяйственной организацией ООН (ФАО) и Международным центром стратегического развития и исследований в сфере продовольствия и сельского хозяйства в сотрудничестве с Международным центром сельскохозяйственных исследований в засушливых регионах (ИКАРДА).

#НИИ #Министерство_сельского_хозяйства #ФАО #сельское_хозяйство #инноывции #агротехнологии

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UZUMCHILIK: OLTIARIQ TAJRIBASI – YANGIQO‘RG‘ONDA

Respublika Prezidenti
Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida iqlimi uzumchilikka mos tumanlarda Oltiariq tajribasini joriy qilishni tavsiya qilgandi.

Bu tashabbusni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani mirishkorlari ko‘tarinkilik bilan qo‘llab-quvvatladilar.
Tumandagi "O‘n bir tol" massivining 100 gektar yer maydonida Oltiariq usulida tashabbuskorlar  tomonidan uzumzor tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borildi.

Amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish va tajriba almashish maqsadlarida hududda uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha viloyat o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida In vitro sharoitida uzum ko‘chatlari va payvandtaglarni ko‘paytirish, mayizbop va xo‘raki uzum navlarini yetishtirish agrotexnologiyalari, uzumzorlarda uchraydigan kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali ko‘rash choralari keng yoritib berildi.

#uzumchilik #oltiariq #seminar #agrotexnologiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM